Bugundan rasman to'liq Beeline abonentiga aylandim))
Xabaringiz bo'lsa kerak, salkam 5 yildan beri internet uchun uzmobayl ishlatar edim. Lekin kompaniya xizmatidan doim norozi bo'lib kelgandim, shunchaki trafik arzonligi uchun ishlatardim. Lekin 5 yil davomida internet paketlar narxi umuman arzonlamadi😑. Oldinlari qimmatchi bo'lgan Bilaynni narxlari arzonlab, uzmobayldan salkam o'tib ketti ham. Undan tashqari chegirma paketlari odamni ko'zini o'ynatyapti))
Shuningdek, Uzmobaylda o'z-o'zidan qaysidir xizmatga ulab qo'yib, pul yechib soqqa qilishlariga boshqa toqat qilolmadim. Oxirgi marta 2-3 kun oldin ham shunaqa bo'ldi. Bilayn nomerimda esa, bu holat kuzatilmagan shu vaqtgacha. Shunday qilib, e bore dedimda bugun internet modemim uchun ham bilayn simkarta sotib oldim.
Anovi 1TB trafik yodingizdami? Uni lotoreyaga o'xshash bepul o'yindan yutib olganizdan keyin sotib olish mumkin ekan. Har kuni 3 marta urinib ko'rish mumkin, sovrinlar orasida chegirmali paketlar, xatto bepul paketlar ham bor. Sovg'a chiqmagdigan variant yo'q umuman. Eng kamida bepulga 2023 daqiqa berarkan)) Eng baland sovg'asi esa, Mi-Fi modem ekan. Bilayn ishlatsanglar, Beeline Uzbekistan orqali har kuni shu o'yinda qatnashib turinglar 3 martadan. Balki tekinga modemli bo'pqolarsizlar))
@TheAliBlog
>>Click here to continue<<