Ichi to’la bo’m-bo’sh lift
Talabalik damlarimiz matematika darsida ustozimiz fanga doir bir tushuncha bergandi. O’ylab qaralsa, bu hayotiy vaziyatlarga ham aynan mos keladi.
U shunday degandi: “Lift “bo’m-bo’sh”, degani uning ichida hech kim yo’qligini bildirmaydi. Hammasi unga berilgan ta’rifga bog’liq. Bordi-yu, aytaylik ichkarida uchdan ortiq inson bo’lsa, lift “bo’m-bo’sh”, deb atalishi belgilangan bo’lsa, siz qaragan vaqtda lift ichida o’n kishining borligi uning “bo’m-bo’sh” emasligini anglatmaydi.
Shunday ekan, ta’riflovchining izohi va sizning qadriyatlaringiz zid kelgani bilan, kalavaning uchi bir yerga borib taqaladi.
Bor yo’g’i bu vaziyatni siz “to’la”, u esa “bo’m-bo’sh”, deb ataydi. Bu shunchaki qadriyatlar bilan bog’liq masala.
Xulosalar | @Taqdir_bitiklari
>>Click here to continue<<
