Inson bir gugurt cho’piga o’xshaydi.
Kimningdir hayotini yoritish uchun yonasan, ammo oxirida qo’llari kuymasligi uchun tashlab yuborishadi.
Ana shunday qismatga duchor bo’lmaslik uchun, hech kimga borini bermaslik kerakligini anglashimga uzoq yillar ketdi. Lekin muhimi – anglaganim.
Endi hammasini imkon qadar o’ziga qo’yib berishni o’rgandim. Zotan, qancha tirishganing bilan, izni senda bo’lmasa – benaf.
Hayot kundan-kun yangi narsalar o’rgataveradi. Goho psixolog yordamiga muhtoj bo’ladi kishi. (Bu ruhiy kasallik belgisi emas, shunchaki teranroq ruhiyatni anglash uchun). Aytgancha, iltimos shu yerdayam qilayotgan ibodatlaringizni ko’z-ko’z qilib, dinni aralashtirib izoh yozmang. Qilaman ularniyam, faqat aytishim shartmas. Men hozir dunyoviy tomoniga izoh beryapman.
Xullas, psixolog ham qiynayotgan savollarimga yechim ko’rsatdi. Barchasi to’g’ri. Men o’zimni sevmay qo’yibman, hurmat qilmay qo’yibman. Meni kechir, men!
Olovimizni istamasalar, bizni yoqmasinlar.
Xulosalar | @Taqdir_bitiklari
>>Click here to continue<<
