Bahor ranglarini unutmoqdaman
Sargʻish yaproqlarning xonishin tinglab.
Yomgʻirli shamolga qoʻl tutmoqdaman,
Koʻcha chiroqlari yonadi titrab...
Soʻnggi troleybus tushirib ketar
Bekatma-bekatga odamlarini.
Oz qoldi, mening ham bekatim kutar,
Yomgʻir sanay boshlar qadamlarimni...
Mendan boshqa barcha baxtli bu kecha,
Tush koʻrib, yo koʻrmay uxlar osuda.
Qaniydi, hayollar bir zum tinchisa
Koʻzlarim uyquni sogʻingan juda.
Shu kecha xattoki chiroq yoqmadim,
Tun boʻyi tingladim bitta qoʻshiqni,
Oxiri, bagʻrimga bosib yigʻladim
Qorongʻu xonamda bechora ishqni.
Oygul Suyundikova
@Taqdir_bitiklari
>>Click here to continue<<
