Assalomu alaykum!
Sizga va oila-a'zolaringizga muqaddas Qurbon Hayiti bayrami muborak bo'lsin. Duolar ijobat bo'ladigan kunlarda Alloh qalbingizdagi barcha niyatlaringizni ro'yobga chiqarishini va Sizni hamisha yaxshiliklar bilan siylashini tilayman. Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz faravonligi va farzandlar kamoloti yo'lida ko'rsatayotgan fidoiyligingiz tahsinlarga loyiq. Mehr-oqibat va saxovatpeshalik kabi olijanob insoniy fazilatlar sohibi sifatidagi faoliyatingiz bardavom bo'laversin. Barcha ezgu orzularingiz rôyobini kôrish nasib etsin. Xonadoningiz hamisha fayzli va barokatli bo'laversin. Alloh Taolo Sizni va oila-a'zolaringizni o'z panohida asrasin. Samimiy hurmat bilan Hilola Maxmudjonovna.
>>Click here to continue<<
