TG Telegram Group & Channel
Panda Books | United States America (US)
Create: Update:

​​#review #taqriz

📗Murod Muhammad Do'st — "Lolazor"

"Shunday bir xotira qolsaki, eslaganda zo'riqish sezilmasa, xotiraki ko'ngillarning tub-tublariga singib ketsa, qonga o'tsa, tnada jon yanglig' titrab tursa!...
Keyin.. abadul abad qolsang! Odamlarning dilida, tilida - birday to'kis, birday fozilu adolatli bo'lib qolsang! Saodat shu emasmi?
"

XX asrning eng shov-shuvli o'zbek romanlaridan biri. Lekin nega? Kitobni o'qib, shunga javob izlagandek bo'ldim.

"Lolazor" romani — sobiq Sovet davridagi o'zbek jamiyatidan hikoya qiladi. Bosh qahramon Nazar Yaxshiboyev - o'zi Bulduruq qishlog'idan chiqqan yoshi o'tib qolgan publitsist va yozuvchi. O'z qishloqdosh do'sti Xorun Kalonov bilan uzoq hayot yo'lini birga bosib o'tishgan. Undan farqli Xorun mamlakat rahbari darajasiga ko'tariladi va unga orqavarotdan "Oshno" deb laqab beriladi. Kitobda shuningdek, Oshnoning xotini Muyassar va Yaxshiboyevniki Muxsina ham asosiy rol o'ynaydi. Shuningdek, qissanavis personaj yozuvchi Saidqul Mardonov obrazi ham bor.

Xo'sh, kitob katta davrni o'z ichiga olsa ham, u bir mavzu atrofida aylanadi: "Hokimiyat". Barcha nimadur undirish payida. Nazar Yaxshiboyev esa butun umr Oshno tomonida bo'lib, u yoqtirgan insonlarni maqtab, istamaganlarni urib, turli siyosiy jirkanch o'yinlarni olib boradi. U paytda gazeta va radio/Tvning siyosiy qurollardan biri edi. Misol uchun, paxta terimi qahramoni sifatida tanlangan oddiy pistafurush qiz Qurbonoy bir lahzada butun mamlakatga mashhur etilib, keyinchalik o'zim bir tonna paxta teraman deb homilador holida dalada ishlagani va umrining so'ngida shunchaki propaganda qurboni bo'lganini (Ismi bekorga tanlanmagan) kuzatish mumkin.

Ateistik targ'ibot kuchaytirilgan, iymonsizlik avj olgan davrlar. Mullalar va ularning farzandlari qoralangan, savdogar va tadbirkor odamlar ta'qib qilib, yo'q qilingan paytlar. Odamlar hatto yuziga fotiha tortmagan, otasi o'lsa janoza o'qimagan. Endi sizga savol, Xudodan qo'rqmaydigan odam nimadan qo'rqishi mumkin? Sovetcha yashash, shaxsga sig'inish, o'z maqsadi yo'lidan hech narsadan qaytmaydigan insonlar to'dasi... Kommunizm odamlar uchun dinga aylanishi kerak edi va shunday ham bo'ldi.

Yaxshiboyev va boshqalar hammani tanqid qilishi mumkin, lekin tepani emas. Shu yerda Oruellning iqtibosi juda o'rinli: "Barcha hayvonlar teng, lekin ba'zilari tengroqdir". Tanqi qilganlar ham jur'atli bo'lgani uchunmas, balki "jur'at qilishga ruxsat berilgani" uchun shunday qilishardi. Tepaning soyasiga salom berishib, kechagina oddiy muharrirning jiyani, Oshnoning xotini Muyassarga endi oltindan haykal qo'yishardi. Nazarga yaxshi ko'rinish uchun hatto unga qo'shni palataga kasal bo'lib kelishardi. Xullas, pastkashlik, yaloqxo'rlik va ta'magirlik illatlari yaqqol ochib berilgan. Nazarning xotini va bolalari ham merosdan umidvorligi, hech qanday sevgi-mehr yo'qligini ham shu bilan izohlash mumkin.

Xo'sh, Oshno kimning prototipi? Nazarimda u ayni bir inson emas, balki barcha sovet rahbarlari qorishmasi. Rostanam nima farqi bor, u Oxunboboyevmi, Sharof Rashidovmi, Usmonxo'jayev yoki Rafiq Nishonov? Barchasi Oshnoning u yoki bu qarorida hamfikr bo'lishgan. Murod Muhammad Do'st o'zi ham vaqtida Islom Karimov yonida ishlagan, qarorlar qanday qabul qilinishidan xabardor. Lekin vaqtida siyosatdan ketgan. Shu uchun bunday narsalarni u yaxshi bilgan deb o'ylayman.

Kitobda yaxshi personaj yo'q. Nazar ham, Oshno ham, ularning xotinlari ham jirkanch insonlar. "Inson, kim bo'lishidan qat'i nazar, hokimiyat tepasiga kelarkan, u dastlab olijanoblik va fidoyilikni maqsad qiladi..." Ha, shundaykuya, lekin Oshno obrazida biz hokimiyat insonni naqadar o'zgartirib yuborishini ko'rishimiz mumkin. Asosli tanqidning yo'qligi, ko'p bilan kengashmaslik va kaltabinlik oqibatida Orolni quritgan, insonlarni dalada azoblagan, amalga oshirib bo'lmas rejalar tuzganlar kimlar edi? Savollar ko'p, javoblar esa yo'q.

Bu qirlarda kun kelib gullar ochiladimi? Bu Bulduruq bir kun kelib Lolazor bo'ladimi? Bilmadim. Lekin yozuvchi bizga umid qoldiradi... Ungacha Lolazor faqat qalbimizda yashaydi.

@panda_books

>>Click here to continue<<

Panda Books

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)