TG Telegram Group & Channel
Panda Books | United States America (US)
Create: Update:

​​#review #taqriz

🔰Vitold Shablovskiy — "Diktatorlarni qanday ovqatlantirishgan?" (Как накормить диктатора)

XX asrning 5 ta dahshatli diktatoriga deyarli har kuni taom tayyorlab bergan 5 nafar bosh oshpazning hikoyalari jamlangan kitob. Ular diktatorlar qanday bo'lgani, ularning oshxonasi, nimani sevib tanovul qilgani, siyosati to'g'risida so'zlab berishadi. Aslida ushbu tarixiy shaxslar haqida avtobiografiyalar, maqolalar juda ko'p, ammo oshpazlari tilidan eshitish boshqacha.

Demak, kitobda o'z davlatida "jannatmakon sotsializm" qurmoqchi bo'lgan 3 ta kommunist — Kubada Fidel Kastro, Albaniyada Anvar Xodja, Kambodjada Pol Pot va 2 ta militarist — Ugandada Idi Amin, Iroqda Saddam Husayn bilan bilan yaqindan tanishasiz. Ularning revolyutsiyalari nimaga olib kelgani va qanday sharoitlarda yashaganini bilib olasiz. Yoki xalqi ochlikdan qirilib ketayotganida ularning dasturxonida nimalar turganini bilishingiz mumkin..

XX asr diktaturasi — har qanday mintaqada eng avvalo, oziq-ovqat, qishloq xo'jaligi bilan uzviy bog'liq bo'lgan. Diktatura - bu ochik bilan boshqariladigan tuzumdir. Unutmang, qayerda "kommunizm qurishmoqchi" bo'lishsa, eng avvalo o'sha yerda ochlik boshlangan, "kuchli iqtisod" qurishmoqchi bo'lishsa - qashshoqlik, "kuchli davlat" qurishmoqchi bo'lishsa esa qirg'inbarotlar boshlangan. Diktatorlarning har biri nimagadur qattiq berilgan fanatik yoki shunchaki qo'rqoq insonlar bo'lishgan. Ba'zilarini yonidagilar buzgan.

Eng qizig'i, aksariyat diktatorlar o'z yoshligida yegan yoki tug'ilib o'sgan joylarda qilinadigan taomlarni xush ko'rgan. O'shanchun ularning oshpazlari asosan mahalliy bo'lgan. Ba'zilari esa aksincha o'zlarini bir paytlar qul qilgan davlat vakillari yegan ovqatlarni afzal ko'rgan. Buni Stokgolm sindromi ham deyishadi. Xullas, ular ovqatga, umuman, nafsga sust ketishgan ko'p vaqtlarda, bu ajablanarli emas.

Kitob juda qiziqarli tilda yozilgan, ayniqsa, oshpazlar diktatorlar bilan o'tgan manzaralarni yaxshi ta'riflaydi, o'zlarining xojalariga katta simpatiya bildiradi, ularni yaxshi taraflari ochishga harakat qilishadi. Uni o'qib, nafaqat tarixni o'rganish, balki yaxshigina xorijiy taomlarni tayyorlashni o'rganish mumkin:)

Menga diktatorlar va taomlarni o'zaro uyg'unlikda o'rganish modeli manzur bo'ldi, qachondir XXI asrdagi diktatorlar haqida ham shunday kitob chiqsa, bajonudil o'qib chiqqan bo'lardim.

Yoqimli mutolaa!

@panda_books

>>Click here to continue<<

Panda Books

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)