Men Allohga suyuldimmikin!?
Kimdur menga qarab Allohning yoʻlida yursamu, majnun deyildimikin!? Gunohlarim ustma-ust bo'lib ketyotgan bir paytda Robbimga qilgan tavbalarim qabul boʻldimikin!?
Atrof zulmat, Robbim tomon yorugʻlik boʻlsa ham nega yorugʻlik tpmonga ketmayapman?
Insonlardan zuhd qilish bilangina oʻzimni poklarman, ularga yaqin boʻlganim sari gunoh bilan yonma-yon yuribman gunohning qoʻli yetadigan masofadaman. Bu masofani uzoqlashtrish kerak. Robbim menga yoʻlning oxiri abadiy boʻlmish jannatni vaʼda qilgan boʻlsa, nega oʻzim bu dunyoda, oʻzim uchun jannatni yaratmoqchiman!?
Bilmadim bu odamlarning na moddiy na oilaviy hayoti goʻzal. Yugurishadi, yugurishadi atrofga qaraydiyu oʻzlarini chalgʻituvchi narsalar bilan oʻzlarini mashgʻul qiladida, yana yuguradi yuguradi. Hayotning maʼnosini anglolmay goʻrning ichiga kirib ketadi.
Bu mening yoʻlim emas.
Oʻzi rozi boʻladigan goʻzal betakror hayot va U rozi boʻladigan yoʻldan yuruvchi tinch totuv oila.
>>Click here to continue<<