TG Telegram Group & Channel
NARGIZA ASAD | United States America (US)
Create: Update:

#Hilol_Edu

Odatda bayramona tadbirlardan, eshikning ichkarisidagi goʻzal hayotimdan suratlar joylamayman. Sababi ular shaxsiy, kimnidir injitib qoʻymay deyman.
Ammo bu suratdagilar haqida hozir gapirgim keldi.

Dunyoda savobli amallar koʻp. Kimnidir uzogʻini yaqin qilish, yukini yengil etish, koʻnglini koʻtarish v.h. Ulardan eng avvali va ulugʻi kimsaga ilm berishdir, qalbini ochib, yorugʻlikka eltishdir.

Suratda oʻtirgan insonlar shunday savobli ishni uddalayotgan Ustozlar/Hocalar/dir. Ular oʻzlari yosh oʻlaroq, millatning bolalariga vijdonan va sobitlik bilan ta’lim berishyapti, til oʻrgatishyapti. Bugun ba’zilar nazdida bir oz pasaygan ustozlik maqomini ular mehnati bilan yuqoriga qoʻyayapti.

Horijda oʻqib kelib (qolib ketmasdan!) oʻz yurtiga qayishayotgan, ilmini ulashayotgan, ortidan kelayotgan avlodga toʻgʻri yoʻl koʻrsatayotgan shunday uka-singillar bor boʻlishsin. Zamonimizda ulardek ham diniy ham dunyoviy ilm sohiblari koʻpaysin.

Bayramga taklif uchun rahmat azizlar!

https://hottg.com/Nargiza_Asad

>>Click here to continue<<

NARGIZA ASAD

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)