TG Telegram Group Link
Channel: MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф
Back to Bottom
***

Otdim vaqt yukini yelkadan osha,
Yoʻldan surdim temir panjarasini,
Koʻzimga yosh olib qildim tomosha,
Hazrat Bahouddin maqbarasini.

Buxoroi sharif, muqaddas beshik,
Ne-ne allomalar dunyoga kelgan.
Bunga shohlar kirgan kavushin yechib,
Bu joyga amirlar piyoda kelgan.

Men bir gʻarib shoir, men shoh emasman,
Aybim ham emasdir boʻlolmaganim.
Faqir boʻlib ham begunoh emasman,
Gunohim - oʻttiz yil kelolmaganim!..

Muhammad Yusuf Sheʼri📚

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф
Voice message
USMON NOSIRGA

Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Ozroq savol-javob qilishar ekan.
Kerakmas, xaltamga yegulik solma,
Tekshirib qolishsa kulishar ekan.

Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Ozgina o‘tirsam javob berarkan.
Siqilma, bu yerning azobi holva,
Faqat sog‘inch yomon azob berarkan.

Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Kim ham yov bo‘ladi menday kibrga.
Ammo ko‘rib kelay endi bir yo‘la,
Yo‘llanma berishdi bugun Sibirga.

Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Yig‘lama, yuragim to‘xtab qoladi.
Azroil ololmay yongan jonimni
Sening ko‘zlaringning yoshi oladi.


Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Axir taqdir shuni yuzlagan ekan.
Ajab to‘rtta fasli muz bu o‘lkada
Insonlar qalbi ham muzlagan ekan.

Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Sog‘indim yuragi otash elimni.
Ularga o‘qib ber muzlar bag‘rida
Otash qalbim bilan yozgan she'rimni.

Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Bevafo itlarning hurmog‘i uchun.
Roziydim ming bora jonim berishga
Yurtimning bir siqim tuprog‘i uchun.

Ona, men qaytaman, xavotir olma,
Ajal so‘nggi yo‘lga jonni hozirlar.
Ammo sen yig‘lama, Onajon hali,
Tug‘iladi qancha Usmon Nosirlar.

Nomaʼlum
TURKIYLAR

Qilichin tashladi beklar nihoyat,
bosildi tulporlar,
tig’lar suroni,
urhoga o’rgangan tillarda oyat,
turkiylar tanidi komil Xudoni.

Qilichlar zangladi…
falokat hushyor,
turkiylar quvvatin berdi yerlarga.
Hiylagar do’stlarday yaqinlashdi yov
komillik qidirgan jasur erlarga.

Ilvasin yigitlar,
bobur yigitlar,
sajdaga bosh qo’ydi yovga ters qarab,
g’ullarni kemirib yig’ladi itlar,
buyuk boshni kesdi qilich yaraqlab.

Turkda bosh qolmadi…
qolmadi dovlar,
xotin-xalaj qoldi motam ko’tarib,
"Bizga tik qarama", — buyurdi yovlar,
yovlarga ters qarab yashadi bari.

Talandi samoviy tulpor uyuri,
talandi zarlari,
zeb-u zabari,
"Ters qarab o’ling", — deb yovlar buyurdi,
yovlarga ters qarab jon berdi bari.

Lahadga kirdilar o’zlarin qarg’ab,
qolmadi arabiy,
turkiy xatlari.
"Tug’ingiz, — dedi yov, — teskari qarab",
yovlarga ters qarab tug’ildi bari.

Tug’ildi,
tug’ildi,
tug’ildi qullar,
qirqida qirqilgan — imdodga muhtoj,
yovlarga ters qarab itlarday hurar,
bir-biriga dushman,
bir-biridan koj.

Jo’mardlar qirilgan Turonzaminda
do’zaxiy tajriba pallasin ko’rdim:
eshshak suvrati bor qay bir qavmda,
qay birida to’ng’iz kallasin ko’rdim.

Bu holda buvaklar bo’g’ilib o’lar,
qul Bilol ezilib yig’lar falakda…
O’zlarin yondirar borliqdan to’ygan
Badaxshon la’liday asl malaklar.

Mo’minlar besh bora Allohni eslar
sajdaga bosh qo’yib jallod toshiga.
O’grilib sal ortga qarayin desa,
boshiga urarlar,
faqat boshiga.

Bormi er yigitlar,
bormi er qizlar,
bormi gul bag’ringda jo’mard nolalar,
bormi bul tufroqda o’zligin izlab,
osmon-u falakka yetgan bolalar.

Bor bo’lsa,
alarga yetkarib qo’ying,
bir boshga bir o’lim demagan ermas,
shahidlar o’lmaydi,
bir qarab tuying:

Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!
Yovga ters qaragan musulmon emas!

❗️ Ilvasin – qarchig’aysimon yirtqich qush.
❗️ Koj – teskari, o’jar, qaysarlik.

Shavkat Rahmon
MUHAMMAD YUSUF | Муҳаммад Юсуф
OLIFTA QIZLARGA YOQMAGAN SHEʼRIM ____________________________________ Ko‘ngil shodligiga yo‘qdir nihoya,  Jonimni allalar tug‘ilgan yerim.  Salom, ota makon va bedapoya Olifta qizlarga yoqmagan she’rim! ____________________________________ Sen o‘sha — o‘shasan…
...Men esa yashadim olisda bebosh, 
Tilla sirg‘alarning jarangi aro. 
O‘sdi, o‘saverdi yurak — xarsangtosh, 
Bolangga o‘xshamay turibman, qara. 

Kelaman bittalab terib loy yo‘ldan 
Oltin yoshligimning suratlarini... 
O‘rdaklar uchadi og‘rinib ko‘ldan, 
Oftobga tutgali ho‘l patlarini. 

Ko‘ngil shodligiga yo‘qdir nihoya, ...
#MuhammadYusufIzdoshlari

Ushbu sheʼr olis-yaqinda yurtlarda qora mehnat qilib, oilaviy muhit, yetishmagan adolat, hayotdagi koʻzboʻyamachiliklar sabab oʻqishga kirolmagan, imkoniyatlari boy berilgan yigitlar haqida.

OʻQIMAGAN BOLALAR

“Hali uylar solamiz,
Hali toʻylar qilamiz.
Bilmaganlar biladi,
El qatori boʻlamiz...”

Ayvonning ustunlarin
Quchar izgʻirin shamol.
Onaning orzusiga
Isinib olar xayol...

“Akam pul tashlaguncha
Qor yogʻmasin, Xudojon!”
Paltosin astaridan
Uyaladi Guljahon.

Yettinchida olgandi,
Oʻninchi sinf boʻldi.
Guljahonning sochi ham,
Boʻyi ham oʻsdi, toʻldi.

Qaro tunni yopinib
Mudrab yotadi qishloq.
Lipillaydi miskin sham,
Oʻchib qolmishdir chiroq.

Ona va qiz ayvonga
Orzularin iladi.
“Shu yerda antenna bor,
Akam telefon qiladi...”

Hansiraydi qoʻngʻiroq,
Ona-oʻgʻil soʻzlashar.
Yuraklar isinishar,
Oyoq-qoʻllar muzlashar.

– Sizlarda soat oʻn bir,
Buyoqda toʻqqiz boʻldi...
Onaning koʻzlaridan
Bir juft yulduz toʻkildi.
– Seni oʻqitolmadim,
Kaltalik qildi qoʻlim.
Yotar joying issiqmi,
Ichmayapsanmi, oʻgʻlim..?

Mayus tortadi ona,
Singil xafa boʻladi.
Koʻkning avzoyi buzuq,
Qorning isi keladi...

Guvoh boʻlib shu muztar,
Dilni ezgan suhbatga.
Joʻnab ketaman dilgir
Oʻz ishimga – xizmatga.

...Ey, shoʻx-shaddod bolalar,
Qorboʻrondan qaytmagan.
Muallimning urganin
Uyga kelib aytmagan.

Ey, taqdirga koʻnganlar,
Ey, jimgina yurganlar,
Aybdor kabi yelkasin
Qisibgina turganlar.

Bilib aytolmaganlar,
Aytishni bilmaganlar.
Erinchoq, ammo tanti
Koʻnglini yormaganlar.

Ey, qoruvli bolalar,
Ey, qoʻli gul ustalar,
Oʻqimagan bolalar,
Ey, oʻzi bir dastalar.

Matematika darsini
Paxtazorda oʻtganlar,
Pullik muallimlarga
Puli bori ketganlar.

Kollejlarda bemurod
Sovurilgan soatlar.
Neligini bilmasdan
Oʻrganilgan odatlar.

Piyoz paykallarida
Boʻyi oʻsmay qolganlar,
Ohak zavodlarida
Koʻksin sovuq olganlar.

Yoʻqchilikning yukiga
Yelkasini tutganlar.
Yupungina xotinin
Amallab ovutganlar:

– Hali uylar solamiz,
Hali mehmon kutamiz.
Namozni oʻrganamiz,
Roʻzalar ham tutamiz...
...Alamini hech kimga
Aytmay yurgan faryodlar.
Qirday yelkasin egib
Qariyotgan avlodlar.

Oʻqimagan bolalar,
Ey, dehqonsiz dalalar.
Beqaygʻu umringizga
Yogʻdi qancha jalalar.

Oʻqimagan bolalar,
Dardingizni aytdim men.
Hayotga qoʻyolmagan
Shartingizni aytdim men.

Zoʻr iqtidor bor edi,
Biringizda kimyoga.
Qay biringiz shifokor
Boʻlardingiz ziyoda.

Issiqqina oʻrinda
Junjikib ketdi koʻnglim.
Oyogʻingizdan sovuq
Oʻtib ketganin sezdim.

Oʻqimagan bolalar,
Oʻrningizni oldim men.
Siz havas qilgan kabi
Oʻqib, odam boʻldim men.

Shiddatingiz koʻrganman,
Gʻayratingiz bilardim.
Sizday tanti boʻlsaydim,
Men ham usta boʻlardim.

Mahmadona bu qalam
Nelarni qilmas bayon.
Oʻqimagan bolalar –
– Jim bostirilgan isyon.

Neki kelsa, Xudodan,
Koʻrib yurguvchi mardon.
Oʻqimagan bolalar –
– Isbotlab boʻlmas armon.
...Guljahonning paltosin
Astaridir yuragim.
Aytishga andisha bor,
Koʻrsatishga uyaldim.

Taqdir arobasida
Har kimning-ku oʻrni bor.
Shoʻxligingiz eslatib
Tashqarida yogʻar qor.

Nasib qilsin, ilohim,
Elga berar toʻyingiz!
Entiktirar yurakni
Sizning orzu-oʻyingiz:

“Hali uylar solamiz,
Hali toʻylar qilamiz.
Bilmaganlar biladi,
El qatori boʻlamiz..!”

https://hottg.com/Shodmonqul_SALOM
VATANIM

Har bir uyda aygʻoqchi,
Har qadamda iskovich,
Odamni koʻrsa qochar,
Bedovlaring hurkovich.

Oshingga zahar soldi,
Gʻanimlaring bir hovuch,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.

Non bermaydi va lekin
Non yeganni oʻldirar,
Oʻsib turgan niholni
Ayoz kabi soʻldirar.
Bozor bormay qoʻyningni
Puch yongʻoqqa toʻldirar,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.

Har koʻchada ming mirshab,
Har goʻshada avaxta,
Haq deganning ogʻzi berk,
Qon yutar laxta-laxta.
Oʻzi-ku paxta ekkan,
Yostigʻi boʻldi taxta,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.

Ilmu irfon jaholat
Gʻoriga kirib ketdi,
Oʻlik tirikdan oʻtdi,
Tirik oʻlikdan oʻtdi.
Adolat istab borsang
Yolgʻon tirshayib kutdi,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.

Qaylargadir yoʻqoldi
Mehr bilan muhabbat,
Qoʻlida xanjar ushlab,
Adovat qoldi faqat.
Yomon gap arzon-garov,
Yaxshi gap boʻldi qahat,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.

Toʻgʻrigoʻylar bir chetda,
Eʼzozdadir igʻvogar,
Qaytdik oʻrta asrga,
Odam pullar savdogar.
Ming yillik xazinangni
Talab yotar oʻgʻri, gʻar,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.

Oʻlib ham boʻlmay qoldi,
Yuvgʻich urar kafandan,
Kimlardandir yuqqan kir
Ketmas sira badandan.
Quruq hashaklar qoldi
Gullab turgan chamandan,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.


Quvgan ham xalqim deydi,
Xalqim deydi qochgan ham,
Lekin xalqning ahvolin
Oʻylamas biror odam.
Jallod ham xalq nomidan
Oʻqir farmonni u dam,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.

Turfa xil zamonlarni
Koʻrgan bitta insonman,
Goh faxr etsam, goho
Baridan pushaymonman.
Netayki men na Xorun,
Na yoki Sulaymonman,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.

Barchasiga sababdir
Asli nafsning balosi,
Mehnatkash xalqning esa
Yechilmas muddaosi,
InshoAlloh, bandaga
Boqqay bir kun Xudosi,
Yovuzlarning qoʻlida
Gulday vatanim qoldi,
Boshida panohi yoʻq
Tulday vatanim qoldi.

Oʻzbekiston qahramoni xalq shoiri
Abdulla Oripov
Aybing - onang seni chiroyli tuqqan...

BIZ BAXTLI BO'LAMIZ She'rini ➡️
o'qish uchun!

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Audio
Rossiya armiyasi Ukrainada 1 yil 7 oy 15 kun davomida oʻldirmagan narsani isroil armiyasi Gʻazoda atigi 10 kunda oʻldirdi.

Rossiya 14 000-marta sanksiya oldi, Isroil esa birorta ham sanksiyani koʻrmadi.

Chunki oʻlganlar Musulmonlar edi. Koʻryapsizmi bizning haqlarimiz faqatgina Oʼrta osiyo davlatlarida emas butun dunyo boʻylab oyoq osti qilinmoqda.

BMT yana allaqanday tashkilotlar faqat sukunat bilan band xuddi koʻzlari koʻr boʻlib qolganday.
Sukunat...
Yurakdan so'zlarman so'zlasam so'zlar,
Bir kuni ochilar bu yumuq ko'zlar )
Sajdaga bosh qo'yib yig'lasam deyman,
Unutma men faqat g'amingni yeyman....

@Shodiya_Shodon
Ona...
Meni o'g'il qilib tug'sang bo'larkan😔

🎙 Asilzoda Alimova
Malika Salimova
Ona meni o'gil qilib tug'sang bo'larkan,
Uy tomin boshqatdan yopib berardim.
Ishlab, davlat topib hechkim kiymagan,
Asl matolardan topib berardim.

Qizbola birovning hasmi, palahmon
Uzoq uzoqlarga otilib ketdim.
Vada etilgani o'sha bir hirmon
Sariq chaqalarga sotilib ketdim

Qara qolib ketdi qarzlar uzilmay
Sen yo'q ostonani yalab yulqadim.
Seni sog'insam ham quchib suyolmay,
Kimni onajon deb tinmay alqadim.

Ona meni o'gil qilib tug'sang bo'larkan
Umrim o'tmasmidi yetti bukilib
Menga deb barmog'ing teshilib tikkan
Yostiq jildlariga ketdim to'kilib

Qizing qismatidan kuyib ketmasding
Ezilib ketmasding mendan ming chandon
Yetmishga bukilib ketmasdi qadding
Negayam qiz qilib tug'ding Onajon

Kechir kechirolsang mendan rozi bo'l
So'litgan men bo'ldim guldek yuzingni
Ox, ona shundayam duo qilasan
Faqat qizlarini o'ylar qizingni

Malika Salimova
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎙 Abdukarim Mirzayev - Tanish Teraklar

01:02 😔

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
TANISH TERAKLAR

Tanish terak. Ariq yoqasi.
Bo‘tana suv, shirin loyqa suv.
Tol ko‘chada otlar taqasi...
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga...
___________________________
Yalpiz hidi tutgan dalalar,
Gapga chechan boqchaxolalar,
Belanchakda yotgan bolalar...
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga.
___________________________
Tog‘ ortidan mo‘ralagan kun,
Shiyponlardan o‘rlagan tutun,
Tut shoxiga osilgan tugun...
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga.
___________________________
O‘qariqdan yolg‘izoyoq yo‘l,
Menga ilhaq, menga mushtoq yo‘l,
O, qadrdon bir juft qadoqqo‘l...
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga.
___________________________
Yog‘och eshik ochilar sekin...
Toshmehrman men juda, lekin
Hozir yig‘lavorishim mumkin —
Qancha bo‘ldi ko‘rmaganimga...
___________________________
Muhammad Yusuf Sheʼri📚

🎙 Abdukarim Mirzayev ijrosi

@Muhammad_Yusuf_Hayoti_va_Ijodi
Qiyinchilik bilan erishilgan tarixiy tilimiz, bugun oʻlmoqda-mi?

Tasavvur qiling? 2021- yil holatiga koʻra 720 ming rus millatiga mansub axoli, Oʻzbekistonda yashaydi, eng qizigʻi 720 ming axoli uchun aynan Televideniyelarni Oʻzbek tilidan rus tiliga oʻtkazish imkoniyati qoʻshildi!
Bunday misollarni yana sanasam barmoqlarim ham yetmaydi!))

Gʻalati emasmi kerak boʻlsa 50 yil Oʻzbekistonda yashab umuman Oʻzbekcha gapirmagan, yoki gapirishni istamagan ruslar juda-juda koʻp hammasiga tilimizga bexurmatsizligimiz sabab.

Aytaylik qaysidir doʻkonga kirib ruscha soʻzlaydi aksariyat odamlar nima qiladilar?
Ha sezdingiz yaxshi tushunmasa ham, unchalik gapirolmasa ham, uning tilida gapirishga harakat qiladi tushunyapsizmi? (Balki unga yoqish uchundir)
Nega men ruscha bilmayman deyish shunchalik qiyinmi?

Dunyo boʻyicha 50 mlndan ziyod oʻzbek tilida soʻzlashuvchilar bor oʻzbek tili juda keng tarqalgan qadimiy va rivojlanayotgan tillar qatorida!

Qaysi tilida gapirish har kimning oʻziga bogʻliq, qonun tomonlama ham inkor etilmaydi, lekin men ruscha bilmayman tushunmayapman gapingizni deya olish ham kerak hech yoʻq!
Axir Oʻzbekistondamizku!!!

Kimga qanday bilmadim-ku, bu mening Oʻzbek tilim haqida fikrlarim edi.
Sizlarning ham oʻrinli fikrlaringiz boʻlsa Izohga yozib qoldirishingiz mumkin!
HTML Embed Code:
2024/04/29 04:38:35
Back to Top