Matematikaga bo‘lgan qiziqishimiz nihoyatda kuchli bo‘lgani bois, o‘z sohasining yetuk mutaxassislarini ko‘rganda ko‘zimiz yonadi. Shunday insonlardan biri – ustozimiz Karim Raximov.
(Matematika qiziqadigan yoshlar kuzatishi shart bo‘lgan mutaxassis.)
Telegram kanali: [Havola]
Ustozimiz yaqinda FIKRAT dasturi bilan sun’iy intellekt mavzusida ajoyib suhbat o‘tkazdi.
Ustozimizdan:
O'zingizga vaqt ajrating!
Men uchun o'ziga vaqt ajratish bu o'zini o'sishi uchun biror ilm o'rganish. Misol uchun sohangiz bo'yicha yangi narsalarni yoki sohangizga kerak bo'ladigan biror ilm yoki bir til o'rganishga vaqt sarflash o'ziga vaqt ajratish deb hisoblayman. Faqatgina ilm oluvchimas misol uchun hunarmand o'z sohasi bo'yicha yangicha g'oyalarni o'rganishi va rivojlanishi uchun vaqt ajratishi bu o'ziga ajratilgan vaqti.
Agar xalqimizni kuzatsangiz bizda juda ko'pchilik o'ziga vaqt ajratmay qo'ygan. Sohasi bo'yicha minimal narsalarni biladi (yoki yetarlicha bilmaydi) va shu bilan kun ko'radi, shaxsiy rivojlanish yo'q. Agar har kuni o'zingizga kamida bir soat ajratsangiz, ishoning bir oylardan so'ng o'zingizda katta rivojlanishni his qilib boshlaysiz. Bu esa sizga ham davlatga ham juda foydali bo'ladi.
Shu o'rinda shogirdlarim va talabalarimga bir narsani aytmoqchiman: bekorchi narsalarga vaqt sarflagandan ko'ra o'zingizga vaqt ajrating vaholanki hozir sizlar uchun asosiy vaqtingizni o'zingizga ajratadigan vaqt. O'ziga vaqt ajratmagan odamga nega men vaqt ajratishim kerak?
@MathMaster_Uz
>>Click here to continue<<