Muammo nimada?
24 soatning necha soatini samarali oʻtkazyapman deb oʻylaysiz? Har kuni bitta boʻlsa ham yangi bilim olyapsizmi? Uyqu va tong vaqtingiz tartibi-chi?
Agarda bu masalalar sizda ham ogʻriqli boʻlsa va hayotingizni tartiblashga qiynalayotgan boʻlsangiz, "Talabaning odoblari" kitobi mutolaasini boshlang.
Asar nomidan faqat talabalar uchun moʻljallangan ekan, deb oʻylamang. Ilm olishda niyatdan tortib, xotirani mustahkamlovchi vositalargacha bayon qilingan.
"Ilmlar 3 turga boʻlinib, ular: zaruriy, qoʻshimcha va zararli ilmlardir" deyiladi. Qiziq-a?! Zararli ilmlardan saqlanish uchun ham bu kitobni oʻqish kerak.
Yana bir muhim fikr: Asar boshida kitoblarning "Muqaddima" qismini albatta oʻqing, deyiladi. Bu kitob muqaddimasini oʻqigach, qoʻlingizdan qoʻygingiz kelmaydi. Eng muhim hikmatlar jamlangan.
Asar "Ildiz nashriyoti"da chop etilgan! Yozgi mavsumda vaqtingizni rejalashtirish uchun ham xarid qilishga shoshiling!
@ildizkitoblari
>>Click here to continue<<
