Tolstoy asarlarining yashovchanligi siri nimada?
Tolstoy bir umr oʻzini kashf etib yashagan inson. U umri davomida savollariga javob izlaydi. Xato qiladi, qoqiladi, oilaviy muammolar bilan yuzlashadi. Ammo eng hayratlanarlisi, "Iqrornoma" asarida oʻzini fosh qilib tashlaydi. Botini va zohirini isloh qilmoqchi boʻlgan shaxsning koʻngil ogʻriqlari va fojealari tan olinadi.
"Anna Karenina" kitobxonlarni soʻroq va savollarga koʻmib kelayotgan asar. Kimdir Annaning haqiqiy muxlisi va uni tushunuvchisi boʻlsa, kimdir Annani ayblash tarafdori. Bu asar inson qalbidagi kechinmalar, jamiyatning taʼsiri va ayol qalbida doimiy kurashlarni kutilmagan holatda hikoya qiladi.
"Urush va tinchlik" katta tarixiy roman. Tolstoy nafaqat jang maydonlarini, balki inson qalbida kechayotgan kurashni ham mahorat bilan tasvirlaydi. Asar koʻlami va ifoda usuli bilan bugun ham juda dolzarb. Axir urushlardan boshi chiqmayotgan bugungi kun odami qanchalik tinglanyapti? Inson oʻlaroq qanday munosabat qilinyapti? Asar katta savollarni oʻrtaga tashlaydi.
Lev Tolstoyning bu va boshqa asarlari "Ildiz kitoblar doʻkoni"da sotuvda mavjud!
998535550 | @ildiz_admin
Manzil | ildizkitoblari.uz
@ildizkitoblari
>>Click here to continue<<

