TG Telegram Group Link
Channel: Ikromjon Tojiddinov || Rasmiy Kanal
Back to Bottom
Koʻngilga nima lazzat beradi?
- Boylikmi?
- Yoʻq! U oʻtkinchi!
- Ayshu ishratmi?
- Yoʻq! U xam oʻtkinchi!
- Kuy-qoʻshiqmi? Yoʻq!
- U xam oʻtkinchidir!

- Ibodat! Ha, yolgʻiz Oʻziga qilingan ibodat lazzati oʻrnini hech nima bosa olmaydi! Hech nima! Hech qachon! Chin ibodat ila oʻtgan kunlarimiz qalbimizni zilol suvdan-da tiniq, musaffo osmondan-da toza qilajak! Yaratganga bogʻlangan qalb egalaridan hech qachon yomonlik chiqmaydi! Shukronalar bo'lsin...

Jumaning hayri va barakoti sizga bo'lsin! 📿

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | YouTube
Muvaffaqiyatga erishish uchun...

Agar oʻtirib olib, odamlarni sizga qilgan yomonliklarini eslayversangiz, hatto eng yaqin odamlaringizga nisbatan ham mehr musaffoligi qolmaydi.
Yaxshisi, bir koʻzingizni yumingda, ularning xatolariga beparvo boʻlib, unutishga harakat qiling!
Aslo, ular qilgan tubanlikni siz qilmang!

Bular uchun sarflangan vaqtni biror biznes uchun sarflashingiz, sizning muvaffaqiyatingiz kafolati bo'lishi mumkin...

Fikrlaringizni izohlarda qoldiring...

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | YouTube
Hayotingizni qiyin davrida qanday yo'l tutasiz?

Qiyin bir davrga kirganingizda va har narsa sizga qarshidek koʻringanida, bir daqiqa ham bardosh berolmaydigan holga tushganingizda, aslo taslim boʻlmang!
Chunki ana oʻsha nuqta, yoʻnalishning oʻzgaradigan oʻrni va zamonidir.

Fikrlaringizni izohlarda qoldiring...

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | YouTube
Tasodiflar yo'q narsa...
Sizga yoʻliqqanlar- bari ustozdir!

Kimdir kuchli boʻlishni oʻrgatdi...
Kimdir kechirishni...
kimdir - yiqilgandan soʻng turib, jilmayishni...
Kimdir hech nimani oʻrgatmadi, lekin sizni sindirdiyu, ketdi.
Lekin bu ham tajriba!
Siz xattoki, singan nihol uddalolmaydigan ishni uddalashingiz kerak...
Yaʼni baribir koʻkarishni, unishni, gullashni...
Qaysidir bulut choʻldagi niholni sugʻorish uchun shoshadi.
Demak, sizni ham eslaydigan kimdir bor !

Bunisi ham tasoddif emas..

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | YouTube
Bir angliyalik musulmonga:
- Siz ayollarga zugʻum qilasiz, ular qoʻl berib koʻrisholmaydi, - deb arz qilibdi. Shunda musulmon: - Qirolichangiz Elizaveta qoʻlini ushlaganmisiz?
Angliyalik hayratlanib:
- Qiziqmisiz! U qirolicha, uning qoʻlini faqat 9 ta odam ushlashi mumkin!
Shunda musulmon: - Bizning ayollarimiz shunaqangi qirolichaki, qoʻlini faqat 7 ta tabaqa odam, otasi, akasi, ukasi, turmush oʻrtogʻi, oʻgʻli, amakisi, togʻasi ushlashi mumkin - debdi.

Qirolichalaringizni ehtiyot qiling...

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | YouTube
Harakat qiling!

Qaygʻuga botgan, charchagan vaqtlaringizda shunchaki erta tong uygʻonib quyoshning chiqishini kuzating, shunda oʻzingizda hayotga nasbatan ishtiyoq sezasiz, hayotning nechogʻlik goʻzal ekanini koʻrasiz!
Hayotdan olingan va qattiq unga amal qilinuvchi saboq shuki, urinib koʻrishdan charchamang, doim harakatda boʻling va hech qachon chekinmang!
Hech bir ishni keyinga qoldirmang. Oʻylanmang, shubhalanmang, imkon bor ekan, harakat qiling. Sizning eng katta vazifangiz harakat qilishdir. 

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | YouTube
Bir yosh yigit Suqrotdan muvaffaqiyatning siri nimada ekanligini soʻradi. Suqrot unga ertasi kuni tongda daryo boʻyiga kelishini, savoliga oʻsha yerda javob berishini aytdi.
Ertasiga ertalab yigit daryo boʻyiga keldi. Suqrot undan daryoga tushishni soʻradi. Birga daryoga tushdilar. Suv boʻyinlariga yetganda, kutilmaganda Suqrot yigitning boshini suvga tiqdi. Yigit suvdan chiqishga qanchalik harakat qilmasin, Suqrot kuchli edi. Suqrot yigitni koʻkarib ketgunicha suvda ushlab turdi, keyin suvdan chiqarib oldi. Yigit chuqur nafas oldi. Suqrot soʻradi: “Boshingni suvda tutib turgan paytim eng koʻp nimani xohlading?” Yigit javob berdi: “Havo.” Suqrot dedi: “Muvaffaqiyatning siri mana shunda. Qachonki sen muvaffaqiyatni suv tubida havoni xohlaganingchalik xohlasang, shunda unga erishasan. Bundan boshqa sir yoʻq.”
Yoniq istak muvaffaqiyatning boshlanishidir. Kichik olov koʻp issiqlik berolmaganidek, kuchli boʻlmagan istak buyuk maqsadlarga asos boʻlolmaydi !

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | YouTube
Juma muborak bo'lsin!

Qiblaga yuzlanib shodlansa yurak,
Shu onda rahmatin yog'dirsa falak.
Ulug' zot bormi Allohdan bo'lak,
Мusulmon ahliga juma muborak!

Kunlarning shohidur Juma ayyomi,
Shu sabab ulug'dur bu kunning nomi.
Bugun sizga tilayman oltindan bir taxt,
Allohim nasib etsin ilohiy bir baxt!

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | Facebook | TikTok | YouTube | Telegram
Neʼmatga shukr qilmoq, oʻsha neʼmatdan koʻra yaxshiroqdir. Shakur (Allohning ismi)ni sevgan inson, hech vaqt shukrni tashlab, neʼmat tamoniga oʻtib olmaydi.
Shukr qilmoq, neʼmatning jonidir. Neʼmatning oʻzi esa uning terisi, poʻstidir. Chunki Doʻstingning eshigiga, seni faqatgina shukr olib borishi mumkin. Neʼmat, insonga xushyorlikning ziddi boʻlgan gʻaflatni ham berishi mumkin. Shukr qilmoqlik esa, doimo xushyorlik (Allohni yodda tutish)ni keltiradi.

Sen aqlingni yigʻginda, shukr neʼmati ila haqiqiy neʼmatni ovla!

©Jaloliddin Rumiy

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | TikTok | YouTube
Hazrati Mavlononi bir tantanali yig'inga taklif qilishdi. U yerga mamlakatning eng ziyoli va badavlat kishilari yig'ildi. Kun yarmiga borganda Mavlonodan bir zodagon so'radi:
– Hazrat, biz sizga qanday ishonaylik, Alloh qalblarda deysiz-u, yana u yagonadir deysiz?
Hazrat dasturxondan 10 dona piyola oldi va suv quya boshladi. Piyolalar lim bo'lgach shunday dedilar:
– Mana qarang bu 10 piyolada 10 ta quyoshning aksi bor, aytingchi bu bilan quyosh 10 ta bo'lib qoldimi?

©Jaloliddin Rumiy

Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | TikTok | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biznesdagi majburiyatlar nimalardan iborat?

- Ikromjon Tojiddinov

👉 Bizni kuzatishda davom eting va biznes bo'yicha bilimlaringizni oshirib boring!

You Tube | Instagram | Facebook
#kun_hikmati

Inson muvaffaqiyatga o'zini o'zi majburlashi orqali erishadi!

Bizning rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
Telegram l Instagram l You tube
Juma tongi muborak bo‘lsin.

🍃Asl saodat nafas olib turgan har onimizga shukr qila olishdir. Ushbu kun shukr va zikrga boy kun bo‘lsin!

Jumaning xayri va barokati sizga bo‘lsin! ALLOH TA'OLOning salomi,
Payg‘ambar ﷺning duolari,
Qur’oni Karimning nuri va fayz-u barakotli Jumaning tarovati kun davomida siz bilan birgalikda bo‘lsin!


Bizning rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
Telegram l Instagram l You tube
​​📚 Имом Жалолиддин Суютий айтдилар:

Агар ёш болалардаги беш хислат катта ёшлиларда бўлганида эди, улар валий, яъни Аллоҳнинг дўстлари мақомига эришган бўлишар эди.

1. Ёш болалар ризққа эътибор беришмайди.

2. Агар бемор бўлишса, Роббиларидан шикоят қилишмайди.

3. Овқатни жам бўлиб ейишади.

4. Агар қўрқишса, кўзларига ёш келади.

5. Агар келиша олишмаса, сулҳга ошиқадилар.


Bizning rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!

Telegram l Instagram l You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Premium Pro kompaniyasining ilk Mega Forumi-2023

Bizning rasmiy sahifalarimizga obuna bo’ling!

Telegram | Instagram I YouTube
Xar qanday yoshda yosh qizni topa olasan,
Lekin Xar qanday yoshda onangni yosh xolatda topolmaysan


Bizning rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling!
Telegram l Instagram l You tube
HTML Embed Code:
2024/05/17 13:05:59
Back to Top