TG Telegram Group Link
Channel: Ikromjon Tojiddinov || Rasmiy Kanal
Back to Bottom
Yaxshilik qiling!

Hayotingiz davomida doimo yaxshi ishlar qilishga xarakat qiling! Kechagi kuningiz, buguningiz va ertangiz faqat va faqat sizning qo’lingizda.

Sizni har qanday vaziyatda ham eslashadi, ammo sizni qanday eslashlari esa sizga bo’g'liq!

O’zingizdan keyin yaxshi nom qoldiring! Xuddi yosh novdadan soyali va mevali daraxt qolgani kabi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | YouTube
Assalomu alaykum va Rahmatulohu va barakotuh!

Jumaning hayri va barakoti sizga bo'lsin! 📿

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | YouTube | Telegram
Energiyani to'g'ri boshqaring!

Kun mobaynida energiyangiz yuqori va pas bo'ladigan vaqtlarni aniqlang. Shunga binoan muhim va ikkinchi darajali yumushlarni rejalashtiring.

Agar siz ertalabki qahvadan keyin o'zingizni tetik va energiyaga boy sezsangiz, muhim ishlaringizni ertalabki vaqtga ko'chiring. Muhim va shoshilinch bo'lmagan ishlarni tushdan keyinga rejalashtiring.
Asosiy g'oya shundan iboratki: tetiklik his qilganingizda muhim ishlarni bajaring!

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | YouTube
​​Harakat va natija!

Harakat bu – muvaffaqiyat uchun yo'ldir. Harakatlar ko'p bo'ladi natija esa faqat bitta. Muvaffaqiyatli natijaga erishish uchun juda ko'p urinishlar va katta kuch talab etiladi. Qachonki harakatdan to'xtamasak nimagadir erishish uchun imkoniyatimiz bo'ladi.

Albatta qilingan mehnatlarning mevasi – buyuk natija. Muhimi harakatdan to'xtamaslik!

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | YouTube
​​Biznes bu - sizning aksingizdir!

-Agar siz uyalsangiz, biznes sizga pul berishga uyaladi!
-Agar siz qo’rqsangiz, biznes sizga o’zini ko’rsatishga qo’rqadi yoki ko’rinsa qo’rqitadi!
-Agar siz shubxalansangiz, biznes o’zini sizga juda shubxali ko’rsatadi!
-Agar siz shijoatsizlik qilayotgan bo’lsangiz, biznes sizga beradigan daromad tezligini kamaytiradi yoki to’xtadi!!!

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | YouTube
Muvaffaqiyatga erishish!

— Avvalo diqqatingizni jamlang.
— Doimo intizomga rioya qiling.
— Harakatdan hech qachon toʻxtamang.
— Oʻz maqsadingiz uchun nolimang.
-- Soʻngida albatta natijaga erishasiz!

P.S: «Ertaga qilaman»- degan iborani unuting, bu sizni dangasa qiladi. Ertangi kun o'z rejalari bilan keladi. Siz uchun eng qimmatli fursat bu - BUGUN.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | YouTube
Biznesning cho'qqisi!

Dunyoda taxminan 70% bizneslarning na ishlab chiqarishi, na omborxonasi bor. Ularda faqat 2 tadan 20 tagacha harflardan iborat BREND (Marka) si bor, hamda 50 tadan 5000 tagacha kuchli jamoasi bor. Demak Xulosa:)
Brend va kuchli jamoa biznesda sizni cho’qqiga olib chiqadi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | YouTube
Oʻqishdan maqsad nima boʻlishi kerak?

Rasululloh sallolohu alayhi vasallam duolarida foydasiz ilmdan Allohdan panoh soʻrar edilar. Foydali ilm oʻzi nima, u qanday boʻladi?

Foydali ilm, insoniyatga nafi tegadigan ilmdir. Foydali ilm amalga tatbiq etiladigan ilmdir. Foydali ilm oʻrganilganida bilimsizligimizni bizga his ettirib, oʻrganishga zavq-shavq va gʻayrat uygʻotadi. Yomon feʼl va hatti-harakatlardan asraydigan ilmdir.

Jumaning hayri va barakoti sizga bo'lsin! 📿

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | YouTube
Go‘zal kun bugun...

Kunduzi — juma namozi;
Kechasi — taroveh namozi;
Tunning oxiri — saharlik;
Ertasi — ro‘za;

Assalomu alaykum hurmatli va qadrli dindoshlar! Barchangizni kirib kelayotgan muborak ramazon oyi bilan tabriklayman! Bu oy hammamizga rahmat va barokat oyi boʻlsin! Qalblarimiz gunohlardan poklanib, bu oydan onadan tugʻilgan goʻdakdek chiqmoqlik barchamizga nasib qilsin!

Barchangizga mustahkam sabr, goʻzal amallar va oilaviy xotirjamlik tilayman!

Hurmat va ehtirom bilan Ikromjon Tojiddinov.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | Facebook | TikTok | YouTube | Telegram
🦌Kiyik erta tongda uyg‘onib bugun tez yugurmasam o‘laman derkan...
🐅Sher ham erta tongda uyg‘onib bugun tez yugurmasam och qolaman derkan...
Hayotda SHERmisiz, KIYIKmisiz, yashash uchun yugurishga majbursiz...

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | Facebook | TikTok | YouTube | Telegram
Sen duo qilayapsan-u, ammo u qabul boʼlmayapti deb oʼylaysan!

Non olish uchun bir Novvoyning oldiga borasan. Nonning pishishini kutib turar ekansan, novvoy bilan suhbatlashib qolasan. Va sen xush suhbatligingdan novvoyga yoqib qolasan…

Novvoy boshqa mijozlarining istagini berib, ularni tezda-tezda joʼnatadi.
Bu orada sen istaganingni ololmayotganing uchun siqila boshlaysan. Аmmo bilmaysan-ki novvoy senga endi pishayotgan, chiroyli nonlardan bermoqchi ekanligini...

- Jaloliddin Rumiy

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | Facebook | TikTok | YouTube | Telegram
Sahiylikni kimdan o‘rganding, – deb so‘radilar Hotam toyidan.
G‘ishtdan o‘rgandim, – deya javob qildi.
– Hech zamonda g‘ishtdan ham bir narsa o‘rganib bo‘larkanmi?
– Odamlarning qator turib bir-biriga g‘isht uzatganlarini ko‘rganmisiz? Bir gal men shunday hasharda qatnashdim. Ajib bir holdan o‘zim uchun xulosa chiqardim: qachonki qo‘limdagi g‘ishtni uzatsamgina menga g‘isht uzatishdi. Uzatmay, qo‘lda tutib tursam, g‘isht kelishi ham to‘xtadi.
Xayol qildim deydi Hotam toyi: Demak, mol-dunyo ham shunday. Infoq-ehson chiqarib tursang, biringga o‘n keladi, bahillik qilsang, boridan ham baraka ketadi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | YouTube
Xulosalarning farqlari!

Ikki aka - uka bor edi. Akasi sahiy, omadli va boy, ukasi esa qotil, yomon inson bo'lgan ekan. Sud oldidan jurnalistlar qotil ukaga savol berishdi:
- Qanday qilib jinoyat yo'liga kirib qoldingiz?
- Meni bolaligim og‘ir o‘tgan. Otam ichardi, onamni va meni kaltaklardi. Yana kim bo'lishim mumkin edi?!

Keyin jurnalistlar akani savolga tutishdi:
- Siz shuncha yutuqlarga qanday qilib erishdingiz?
- Mening bolaligim og‘ir o‘tgan. Otam ichardi, onamni va meni kaltaklardi. Yana kim bo'lishim mumkin edi...?!

Izoh sizdan...

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | YouTube
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuh!
Ramazon oyining ilk jumasi muborak!


Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | Facebook | TikTok | YouTube | Telegram
Taqdir degani, hayotimizdagi barcha narsa avvaldan chizilgan, degani emas.

Shu sababdan “Nima ham qilardim, taqdir shu ekan” deb, boʻyin egish jaholat belgisidir. Taqdir yoʻlning tamomini emas, faqatgina ayriladigan yoʻllarni belgilaydi. Guzargoh aniq, ammo barcha qaytishlar, aylanmalar yoʻlovchiga oiddir.

Shunday ekan sen na hayotingga hokimsan, na hayot oldida ojizsan...

- Hazrati Shams Tabriziy

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | YouTube
Rivoyatlarda aytilishicha, Hazrat Sulaymonning: «Bu dunyodagi hamma narsa o‘tkinchi», — degan so‘zlar o‘yib yozilgan uzugi bo‘lgan. Sulaymon hayotining qayg‘uli onlarida uzukdagi ana shu hikmatli bitikni o‘qib, taskin topgan.
Bir kuni uning boshiga shunday baxtsizlik tushadiki, uzukdagi so‘zlar dardiga malham bo‘lolmaydi. Sulaymon g‘azab bilan uzukni yechib, otib yuboradi va dumalab borayotgan uzukning ichki tomonida ham allaqanday bitik borligiga nogahon ko‘zi tushadi. O’rnidan turib, uzukni qo‘liga oladi-da, bitikni o‘qiydi. Uzukning ichki tomonida: «Bu ham o‘tib ketadi», — degan yozuvlar bor edi. Sulaymon achchiq kulimsirab, uzukni barmog‘iga taqadi va umrining oxirigacha uni yechmaydi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | YouTube
Hayol qiling: oldingizda bir piyola choy turibdi. Unga bir qoshiq shakar qoʻshing. Lekin aralashtirmang. Ichib koʻring-chi, shakarning mazasi chiqdimikan? Alabatta, yoʻq. Piyolaga bir oz boqib turing-da, soʻngra choydan xoʻplang. Qalay? Maza kiribdimi? Menimcha, yoʻq.

Vaqt oʻtib, choy sovib boryapti, biroq siz hali biror xoʻplam shirin choy icholganingiz yoʻq. Bu turishda choy sovub, oxiri hech kim ichgisi kelmay ham qoladi...

Hayot ham shunday.
U xuddi bir piyola choy kabidir. Allohning sizga bergan aql-zakovati esa shakar.
Agar uni ishlatmas ekansiz, shakarning mazasini bila olmaysiz.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | YouTube
​​Ko'pchilik odamlar doimo qayergadir shoshadi, nimalardir qilishga intiladi. O'qishga yoki ishga kirishga, nimagadir erishishga! Ular o'ylaydiki - "Balki mening baxtim shu o'qishdadir yoki ishdadir"- deb. Qayerdandir, nimadandir, kimdandir javob izlaydi.
Azizlar axir javob ichingizda bo'lsa uni tashqaridan izlashning nima keragi bor?
Masalan kimdir "Agar million $ pulim bo'lsa baxtli yashardim" - deydi va bu pullarni topish uchun butun umrini sarflaydi. Oxiri esa o'zingizga ma'lum!

Siz eng muhimi bor narsangizdan quvonishni unutib qo'ygansiz... Har kuni o'zingizda bori uchun quvoning va baxt his qiling, axir bir kunni 2 marta yashamaysizku. Hech qanday sababsiz ham o'z o'zini iroda kuchi bilan baxtli qila olgan odam barcha maqsadlariga ham erishadi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | YouTube
#Tafakkur

Muzning oʻtmishi suv edi, kelajagi ham suvdir. Unda harorat nima qilsin!? Xuddi shunday, insonning oʻtmishi tuproq edi, kelajagi ham tuproq. Takabburlikka yoʻl boʻlsin!?

Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hazratlari.

Xulosa o'zingizdan...

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar:
Instagram | YouTube
HTML Embed Code:
2024/06/01 14:41:28
Back to Top