TG Telegram Group & Channel
𝐸𝑁𝐺 𝑍𝑂'𝑅 𝑇𝐴𝑅𝐼𝑋__𝑇𝐻𝐸 𝐵𝐸𝑆𝑇 𝐻𝐼𝑆𝑇𝑂𝑅𝑌 | United States America (US)
Create: Update:

⛪️RIM PAPALARI haqida

ABITURIYENTLAR UCHUN QO'LLANMA👇👇👇
(darsliklarda nomlari qayd qilingan Rim papalari ro'yhati)

Frank qiroli ko'magida 756-yilda Italiyada Rim papalari davlati - Papa viloyati tashkil etilgan. Xristian cherkovi Rim imperiyasining G'arbiy va Sharqiy qismlarga bo'lingan paytida - 395-yilda amalda bo'lingan edi. XI asr o'rtalarida esa rasman rim-katolik va yunon-pravoslav cherkovlariga bo'lingan. Rasman bo'linishga sabab etib Sharqiy Yevropadagi bolgarlarni cho'qintirishdagi raqobat ko'rsatiladi.

1⃣ Lev III - 800-yilda Rim mahalliy zodagonlari papa Lev III ga qarshi isyon ko'taradi. Karl bu isyonni qo'shin yuborib bostirgan. Ushbu yordam evaziga papa Lev III 800-yilning dekabrida Karlga imperatorlik tojini kiydirgan.

2⃣ Ioann XII - 962-yilda o'z qo'shini bilan german qiroli Otton I Rimga bostirib kiradi. Ioann XII esa Otton I ga imperatorlik tojini kiydirishga majbur bo'ladi.

3⃣ Silvestr III - asli ismi ("passportdagi ismi") Gerbert bo'lib, shogirdi Otton III tufayli papalikka saylangan. U 999 - 1003-yillarda Rim papasi bo'lgan.

4⃣ Urban II - bu papa 1095-yilda Fransiyaning janubidagi Klermon shahrida cherkov yig'inida nutq so'zlagan. U Quddusdagi "payg'ambar qabrini" musulmonlardan ozod qilishga chaqirgan. Ushbu yurishda ishtirok etganlarning gunohlari kechirilishini, halok bo'lganlarning ruhi jannatga tushishini va'da qiladi. "Falastinda sut va asal daryo bo'lib oqadi, Quddus yerning kindigi, jannatmakon hosildor yerli o'lka", deya ta'kidlagan.

5️⃣InnokentiyIII-1198-1216-yillarda hukmronlik qilgan bu papa davrida katolik cherkovi o'z qudrati cho'qqisiga erishgan. Innokentiy III ning bir iborasi bor: "Oy o'z yog'dusini Quyoshdan olganidek, qirol hokimiyati ham o'z jilosini papalikdan oladi". Innokentiy III Germaniya, Fransiya, Angliya hukmdorlarini interdikt orqali tavba-tazarru qildirgan. Aholiga o'z hukmini o'tqazishda rohiblarga tayangan. Faoliyati davomida Germaniya siyosatiga o'z ta'sirini o'tkazgan. U deyarli barcha tomonidan unutilgan, Fridrix I Barbarossaning 18 yoshli nabirasi - Fridrix II ni 1212-yilda qirol deb e'lon qilgan. Innokentiy III XII asr oxirida to'rtinchi salib yurishlarini tashkil etishga kirishgan. Natijada 1202-1204-yillarda to'rtinchi salib yurishlari bo'lib o'tgan. Bundan tashqari u nemis feodallarining XIII asrning boshlarida Boltiqbo'yida olib borgan urushlarini salib yurishlari deb e'lon qiladi. Bundan maqsad Boltiqbo'yida yashovchi aholini katolik diniga o'tkazish edi.

6⃣ Grigoriy IX - bu papa 1227 - 1241-yillarda Papa viloyatini boshqargan. Uning davrida inkvizitsiya o'z qudratining cho'qqisiga erishgan.

7⃣ Bonifatsiy VIII - ushbu papa 1294-1303-yillarda hukmronlik qilgan. Uning hukmronligi davrida Fransiya qiroli Filipp IV cherkovdan soliq talab qiladi. Bu holat tarixda ilk bora sodir etilayotgan edi. Bonifatsiy VIII ruhoniylarga Fransiya qiroliga soliq to'lashni man etgan. Filipp IV dan esa Flandriyaga qarshi urushni to'xtatishini talab qiladi.

8⃣ Piy IX - 1870-yil 3-oktabr kuni Rim Italiya qirolligining poytaxtiga aylantirildi. Bungacha papa Piy IX Rim shahrining Italiyaga qo'shilishiga qarshilik qilayotgan va uni Fransiya armiyasi himoya qilayotgan edi.

9⃣ Ioann Pavel II - 1992-yilda G. Galileyga nisbatan inkvizitsiya sudi qarorini bekor qilinganligini va G. Galileyning oqlanganligini e'lon qiladi. Papa inkvizitsiyaning buyuk olimga nisbatan o'tkazgan zulmi uchun kechirim so'ragan.

Tarixchi O'rol Amirov kanali ma'lumotlaridan foydalanildi

@quiz_testlar_bazasi001

>>Click here to continue<<

𝐸𝑁𝐺 𝑍𝑂'𝑅 𝑇𝐴𝑅𝐼𝑋__𝑇𝐻𝐸 𝐵𝐸𝑆𝑇 𝐻𝐼𝑆𝑇𝑂𝑅𝑌

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)