TG Telegram Group & Channel
𝐸𝑁𝐺 𝑍𝑂'𝑅 𝑇𝐴𝑅𝐼𝑋__𝑇𝐻𝐸 𝐵𝐸𝑆𝑇 𝐻𝐼𝑆𝑇𝑂𝑅𝑌 | United States America (US)
Create: Update:

Amir Temur qancha odamni qatl etgan? G'arblik olimlarning izlanishlari hayratomus faktlarni ko'rsatmoqda.

XIV asrda porox va undan tayyorlangan ommaviy qirg'in qurollari janglarda keng qoʻllanilmasidan avval, bir kishining bir necha yuz ming kishilik qoʻshin yordamida 17 million insonni yer yuzidan supurib tashlaganiga ishonish qiyin. Ammo Amir Temur buni oddiy qilich kuchi bilan uddaladi.
Temur o‘n yil davomida atrofi hududlarni bo'ysundirish davomida xuddi Chingizxon singari raqiblariga ikki yo‘l: yo unga itoat etish yoki muxolif bo'lib, Yer yuzidan batamom o‘chib ketish tanlovini berardi.
Bu tahdidlar behuda emas edi. Temurga qarshilik ko'rsatgan yurtdan uning hijratidan so'ng ko'p hollarda vayronayu-kultepalar, giyoh ham unmasin uchun tuz sepilgan tuproq va qoziqqa ilingan yoki uyub tashlangan kallalar qolardi. Bu dahshatlar boshqalarga ham ibrat bo'lib, Temurning dushmanlari orasida qo'rquv uyg'otardi. Temur haqida qo'rqinchli ertaklarini tarqatishi uchun ba'zi birlarning omon qolishiga ruxsat berilardi va ular o'z "vazifa"sini qoniqarli uddalashardi.
Asir olingan hunarmandlar, rassomlar va me'morlar shaharni obodonlashtirish uchun Temur poytaxti Samarqandga yuborilgan. Ularning sa'y-harakati bilan Samarqand dunyoning eng go‘zal shahri, “Dunyoning sakkizinchi mo‘jizasi”ga aylangan edi.
35 yillik yurishlar davomida Amir Temur sharqda Hindistondagi Dehlidan g'arbda Suriyadagi Halabgacha yastangan keng hududlarni zabt etdi. U har doim “Xudo yagonadir. Yer yuzida ham faqat bitta shoh bo'lishi kerak", der edi.
Amir Temurning asosiy harbiy harakatlari Eronni bo'ysundirishga qaratilgan edi. Chunki, bu mamlakat 1300-yillarda dunyoning eng boy mamlakati edi.
XIV asr oxirida ichki kurashlardan holdan toygan Eronni egallash Temur uchun uncha qiyin bo'lmadi. U 1383-yilda forslarga qarshi dastlabki yurishini boshladi. Ko'plab shaharlar tinch yo'l bilan taslim bo'lib, "Moli omon"ni to'lashgan. Ikkinchi yo'lni tanlagan Isfizar shahri zabt etilib, xalqi tiriklayin devor orasiga suvab yuborilgan.
Isfaxon shahri esa 1387 yilda aql bilan ish tutib, Temurga taslim boʻldi. Ammo keyinchalik isfahonliklar og'ir soliqlarga qarshi isyon koʻtardilar. Oqibatda Isfahon vayron etilib, shahar tashqarisida har biri 1500 ta inson boshidan qurilgan, 28 ta minora paydo qilindi. Manbalarning so'zlashicha Isfahonda 70000 dan 200000 gacha odam o'ldirilgan. 1398-1399-yillarda Temur Hindiston va Pokistonni nishonga oldi. Uning bu hududdagi birinchi tashrifiga mezbonlik qilgan Tulamba shahri undan so'ng mavjud bo'lmay qolgan. Dehli yo'lidagi Tohana shahrida 2000 kishi qatl etilgan. Temur boy Dehli shahri egallab, u yerda asir olingan 100 ming kishini o‘ldiradi.
Hindistondan qaytgach Temur g'arbga otlanadi. 1399-yilda Armaniston va Gruziyadan 60000 kishini qullikka tushurib, Suriyaga qarab yuradi. Damashq va Halabni egallab, talagach esa 1401-yilda Bag'dodni qamal qilishni boshlaydi. Garchi shahar tobe'lik izhor etgan bo'lsada, turk-mo'g'ul lashkari uni shturm bilan egallab, yakson qiladi. Aytishlaricha, Bag'dodda 90000 odam qatl etilib, ularning boshidan 120 ta minora tiklangan
.

Kanalimiz:

>>Click here to continue<<

𝐸𝑁𝐺 𝑍𝑂'𝑅 𝑇𝐴𝑅𝐼𝑋__𝑇𝐻𝐸 𝐵𝐸𝑆𝑇 𝐻𝐼𝑆𝑇𝑂𝑅𝑌

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)