Dasturchilik men uchun emasmi?
Bir nechta yosh dasturchilar hafa bo’lib “Dasturchilik men uchun emasmi? Qiynalyapman, tashlab yuborgim kelyapti. Nima qilay?” deb yozishgan. Bu borada mening fikrim quyidagicha.
Hech narsa oson emas. Boshqa yo’nalishlar ham huddi shunday qiyin. Barcha arziydigan sohalarda qiynaladi odam. Lekin shularning hammasi sekin sekin osonlashadi bir kun kelib. Ko’proq o’rganganingiz sari, ko’proq o’qiganingiz sari, osonlashib, va eng asosiysi qiziqlashib boraveradi. Boshida siz oddiy if/else lar yozib yurasiz, keyin esa haqiqiy backendlar, web loyihalar, o’yinlar yoza oladigan bo’lasiz. Albatta qiziqlashadida.
Lekin dasturlash haqiqatda hammaga ham emas. Yaxshi dasturchi bo’lish uchun ma’lum turdagi ko’nikmalar talab qilinadi. Masalan:
- Soatlab o’tirib biror muammo ustida ishlay olish
- Har doim yangi narsalar o’rganishga tayyor bo’lish
- Qilingan ishni boshqalarga yozma va og’zaki tushuntira bera olish
- Va hokazo
Kimdirda shunday hususiyatlar bor, kimdirda esa yo’q. Bu normal holat. Bunda hech qanday yomonlik yo’q. Kimda bu ko’nikmalar yo’q bo’lsa, boshqalari bor. Balki jismoniy tarafdan kuchlidir, balki kuchli biznesmendir.
Shuning uchun ham, asosiy savol “Dasturchilik men uchun emasmi?” emas balki “Menda dasturchilik uchun kerak bo’lgan ko’nikmalar va hususiyatlar bormi?” bo’lishi kerak. Agar yo’q bo’lsa, tashlang va ko’nikmalaringizga to’g’ri keladigan soha toping. Bor bo’lsa va dasturchilikda qiynalayotgan bo’lsangiz, albatta davom eting. Kundan kunga osonlashib va qiziqlashib boraveradi va bir kun kelib siz yutasiz.
@jakhonrakhmonov
>>Click here to continue<<