Xabaringiz bo'lsa kerak, 4-oktabr kuni Google o'zining yangi mahsulotlarini e'lon qildi:
• Pixel 8, Pixel 8 Pro smartfonlari
• Pixel Watch 2 soati
• Android 14 operatsion tizimi va hkz.
Shu kun shaxsan men va jamoam uchun yana bir mahsulotning "launch" qilingani bilan esda qoldi: WearOS uchun Gmail ilovasi.
Bir yil davomida jamoamiz bilan ushbu loyihani konsepsiyadan tayyor ilova ko'rinishiga keltirganimiz men uchun katta tajriba bo'ldi.
Google'ga o'xshagan kompaniyalarda noldan yangi proyektning boshlanishi, aniqrog'i, shunday proyektga qo'shilish biroz qiyinroq. Yangi proyektlarning yaxshi tomoni – eng so'nggi texnologiyalardan foydalanib kod yozish va "legacy code" ning yo'qligi (kamida keyingi bir necha yilgacha).
WearOS 3 yoki undan yuqori sistemada ishlaydigan soatingiz bo'lsa, Gmail'ni ishlatib ko'rishingiz mumkin. "Feedback"larni PlayStore va ushbu post tagida qoldirsangiz, jamoaga yetkazaman😉
https://hottg.com/muhammadjohns
>>Click here to continue<<
