YouTubeda har xil narsalarni o’rgatadigan videolar ko’ryapman, kimdir maslahat bergan kitoblarni o’qiyapman deb o’zingizni aldamang
Haqiqiy ta’lim, haqiqiy o’rganish bunday bo’lmaydi. Har xil foydali videolarni ko’rish, siz tanigan mashxur inson maslahat bergan kitoblarni o’qish haqiqiy o’rganishga olib kelmaydi. Sababi nima? Sababi sizda maqsad yo’qligida.
Haqiqiy o’rganish faqatgina maqsad bo’lgandagina bo’ladi. Masalan siz Pythonni o’rganmoqchisiz. YouTubeda faqat shu mavzuga aloqasi bor videolarini ko’rsangiz, shu haqida kitoblar o’qisangiz shunda sizda haqiqiy o’sish bo’ladi. Huddi shu narsalarni maqsadsiz qilsangiz esa bu ko’ngil ocharlik bo’ladi holos. O’zingizni aldamang.
@jakhonrakhmonov
>>Click here to continue<<