#Masala_5
"Roma" keyingi bosqichda
Barcelona futbol jamoasi Chempionlar ligasi nimchorak finalida "Roma" futbol klubi bilan to'qnash keldi. "Barcelona" maydonida kechgan o'yinda 4-1 hisobida "Barcelona" g'alaba qozondi. Keyingi o'yin "Roma" maydonida bo'lib o'tadi.
Vazifangiz "Roma" keyingi bosqichga chiqadimi yoki yo'qmi aniqlash.
Izoh: Mehmon stadionida urilgan gol ziyodroq hisoblanadi.
Kiruvchi ma'lumotlar:
Kirish oqimida bitta qatorda "-" bilan ajratilgan holatda "Roma" maydonida bo'lgan hisob.
Chiquvchi ma'lumotlar:
Agar "Roma" keyingi bosqichga chiqsa, win; chiqa olmasa, lost; va ikkita o'yinda ham hisob bir xil bo'lsa, penalty chiqarilsin.
Masalaln:
Input 1: 3-0
Output 1: win
Input 2: 3-1
Output 2: lost
Masalani dart dasturlash tilida yechishingiz mumkin.
Masalaga javob ertaga shu kanalga joylanadi. Omad!
♻️Dasturlashga qiziqadiganlarga jo'nating, ular ham bilimlarini sinab ko'rishsin
@FlutterDasturchi
>>Click here to continue<<