Juda ko’pchilikdan keladigan savollar shunga o’xshash: “Hozir C ni o’rganayapman, lekin bu tildan ko’nglim to’lmayapti. Uning o’rniga C# yoki C++ ni o’rganishim kerakmi ?
Men bilmayman. Bu sizning nima xohlayotganingizga bog’liq.
Tasavvur qiling, siz doktor bo’lmoqchisiz. Qanday turdagi doktor bo’lmoqchisiz?
Kardiolog? Unda qon tomirlari va yurak haqida o’rganasiz
Tish shifokori? Unda tish haqida o’rganasiz
Psixiatr? Unda ruxiy salomatlik haqida o’rganasiz
Nimaga shama qilayotganimni tushungandirsiz?
Qanday turdagi dasturchi bo’lmoqchisiz?
iOS dasturchi? Unda Objective C va Swiftni o’rganing.
Android dasturchi? Unda Java va Kotlinni o’rganing.
Backend? Unda Python, Ruby/ C#/ PHP va boshqalardan birini o’rganing.
Frontend? Unda HTML, CSS, JavaScript va boshqalarni o’rganing.
Past darajadagi tizim dasturlash ? Unda C va C++.
Windows dasturlash? Unda C#ni o’rganing.
Bularning barchasi dasturlash yo’nalishlari. Yo’nalish tanlang, undan keyin esa tilni.
Jahongir Rahmonov
👉 @FlutterDasturchi
>>Click here to continue<<
