TG Telegram Group & Channel
BMBA Qashqadaryo viloyat bo'limi | United States America (US)
Create: Update:

​​Davlat test markazi rahbariyatida o‘zgarish

Bugun Davlat test markazida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Vazirlar Mahkamasining mas’ul vakillari va DTM rahbariyati, xodimlari ishtirok etgan mazkur yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 1-iyuldagi 416-son qaroriga muvofiq, Davlat test markazi rahbariyati tarkibida o‘zgarish bo‘lganligi qayd etildi va ushbu qaror bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktorining o‘rinbosari etib tayinlangan Sardor Baxtiyorovich Radjabov ishtirokchilarga tanishtirildi.

Sardor Baxtiyorovich Radjabov Toshkentdagi xalqaro vestminster universitetida bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olgan bo‘lib, 2015-yildan buyon Davlat test markazida faoliyat yuritib kelmoqda. Bungacha u “Uzdunrobita”, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi va Toshkent shahar hokimligida turli lavozimlarda ishlab kelgan.

Yig‘ilishda S.B.Rajabovning ishga yangicha munosabati, kreativ yondashuvi, xalqaro hakorlik yo‘lidagi unumli faoliyati, Davlat test markazi tomonidan kelajakda xalqimiz uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga doir yengilliklar yaratish borasidagi zamonaviy, dolzarb va juda muhim takliflari hamda shu yo‘nalishda ish olib borayotganligi aytildi.

Vazirlar Mahkamasining mas’ul vakillari va Davlat test markazi rahbariyati S.B.Rajabovga yangi, lekin o‘ta mas’uliyatli ish faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladilar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

>>Click here to continue<<

BMBA Qashqadaryo viloyat bo'limi

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)