Google rekruiterini savolga tutdim
Kecha Anthony ismli bolani uchratdim. Chikagodagi Google filialida rekruiter bo’lib ishlar ekan. Tahmiman 30 minutlik yo’lda Google’dagi oyliklar, texnik intervyular hattoki o’zimning rejalarim haqida gaplashib ketdik. Quyida bir nechta essimga kelgan insaytlarim. Foydali bo’ladi deb umid qilaman.
Eng birinchi mif — Googlega kirish juda qiyin. Uni aytishiga qaraganda universitetni bitirib, katta tajribasiz ham Google’ga kontrakt pozitsiyasiga kirib olsa bo’lar ekan. Faqat bir jihati borki, kontrakt tugaguncha kelishilgan natijani bajara olish kerak. Keyin doimiy (full-time) ishga qabul qilinadi.
1. Men dasturchiman va menga o’xshaganlar ish bozorida judayam ko’p. Googledek kompaniyaga bitta pozitsiyaga yuzlab-minglab odamlar ishga topshiradi. Saralashdan o’tib olish ham qiyin masala. Boshqalardan ajralib turishim qaysi kriteriyalarga e’tibor berishim kerak deb so’radim.
— “Rekruiter sifatida, 1-screening intervyuda bizga eng qiyin jarayon yaxshi dasturchilarni saralab olish. Chunki aniq bir o’lchov bilan kandidatni yaxshi dasturchi ekanini bila olmaymiz. Agar butun karyerasi davomida necha liniya kod yozgani o’lchov kriteriyasi bo’lganida, bu oson bo’lar edi. Ko’pchilik 100 ta loyihalarni qilganman deb sanab beradi. Lekin bu jamoaviy ish, unda kichik yoki judayam katta hissa qo’shish mumkin. Lekin aynan menga qiziq joyi kandidatni o’sha bitta loyihada nima ish qilgani, qaysi skill bilan loyihani sezilarli rivojlantira olgani. Lekin ko’pchilik shuni tushuntirib bera olmaydi. Men shularga ko’proq e’tibor beraman. Bizda dasturchilar uchun har doim ish bo’lgan”
2. Qanaqadur sen taklif qiladigan oson yo’li bormi? Hech bo’lmasa intervyu darajasigacha borib olish uchun deb so’radim.
— “Referral. Agar bilsang Google ishchilarining 40% referral orqali kelgan. Google’da ishlaydigan do’stlaring bormi? Referral so’ra. Do’sting ham hech bo’lmaganda $5000 referral bonus ishlab oladi sen orqali. Pulni ikkiga bo’lishib, ziyofat qilishsang meniyam chaqirgin” deb kulib qo’ydi.
@copypaste
>>Click here to continue<<