TG Telegram Group & Channel
Copy & Paste | United States America (US)
Create: Update:

Amerikadagi universitet IT kurslari keraksiz narsalarni o’rgatadi(mi)?

Hozircha, Amerika universitetlari (aniqrog’i aynan o’zimning universitetim) dagi Computer Science darslari haqidagi insaytlarim bilan bo’lishaman.

Ta’lim yo’nalishi bo’yicha tushuncham kengayib boryapti. Dastlab, ko’pchilik CS darslaridan texnik tushunchani, kod yozishni va birdan dasturlash sohasiga kirib ketishni kutadi (men ham). Aslida tizim ko’proq “general” fokusda ta’lim berishga qaratilgan. Ya’ni 4 yillik CS kursini bitirgan student, o’qishni tugatiboq qaysidur frontend dasturchi sifatida ishga kira olmaslik ehtimoli ancha baland. Chunki universitet dasturlash bootcamp emas, kurslarni bitiriboq, Python dasturchiga aylanib, ma’lum tajriba bilan ish qidirish uchun. Ta’lim radiusi juda keng, aynan dasturlashni emas balki sohaga doir deyarli hamma sohani qamraydigan tushunchani bera oladi xolos. Natijada tahminiy ideal talaba - kod yozish, menejment, grafika, devops va hakozolardan bir tomchidan xabari bor, kurs ishida bajargan loyihalar Githubga joylangan. Bu esa, ish beruvchilar uchun ideal kandidat emas degani.

Hozirgi paytda, CSS-100 kursida (HTML, CSS emas) metafora ishlatishni o’rganyapmiz. Ingliz tili darsi emasku bu, jiddiyroq atamalarga vaqt ajrasak bo’lmaydimi?! Dasturchi bo’laman degan odamga buni nima keragi bor degan tanqidiy fikr ham keladi. Yo’q, maqsad - ITdan umuman xabari bo’lmagan odamga texnik atamalarni sodda va tushunarli tilga tushuntirish. Kuzatishimcha, bu eng muhim lekin e’tiborga olinmaydikan skill IT sohasida. Faqat kod yoza oladigan introvert odam kompyuter nerdga aylanib qoladi.

>>Click here to continue<<

Copy & Paste

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)