Elektr qarmoq bilan baliq ovlaganlarga milliard so‘mlik zarar hisoblandi
Buxoro viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi tezkor guruh xodimlari tomonidan Qoraqir tabiiy suv havzasining 1-konturida nazorat reyd tadbiri o’tkazildi.
Olib borilgan reyd tadbirlari davomida, Peshko’ tumanida yashovchi 2 nafar fuqaro elektr qarmoq yordamida 168 dona zog‘ora, 10 dona laqqa hamda 1 dona karas balig‘ini ovlaganlik holati aniqlandi.
Mazkur huquqbuzarlik oqibatida tabiatga jami 3 mlrd 532 mln 500 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
Hozirgi kunda ushbu holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Holat yuzasidan qo’shimcha ma’lumot taqdim etamiz……
Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
>>Click here to continue<<
