Jonli efirni ko‘rdinglarmi? Fikr-mulohazalaringiz bo‘lsa, bemalol yozib qoldiring.
Umuman olganda, Nodirbeklar derbisi juda qiziqarli o‘tdi.
Professional sportchilarda ataylab yutqazib berish yoki ochko ulashish degan tushunchalar bo‘lmasligi kerak.
Afsuski, izohlarda ko‘pchilik Yakubbayevdan ranjigan. Sababi, Nodirbek Abdusattorov bu turni peshqadam sifatida boshlagan bo‘lsa-da, aynan Yakubbayevga qarshi o‘yinda imkoniyatni qo‘ldan boy berdi. Natijada, chempionlik sari yo‘l biroz murakkablashdi.
Shunga qaramay, hamon hammasi uning qo‘lida. Umid qilamizki, keyingi turlarda kerakli ochkolarni jamg‘arib, orzusiga erisha oladi.
>>Click here to continue<<
