Akkauntni o‘chirish
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimi (abitur.dtm.uz sayti)ga “Akkauntni o‘chirish” funksiyasi qo‘shildi.
Mazkur funksiya “Shaxsiy ma’lumotlar” bo‘limida joylashgan.
✅ Akkauntni o‘chirish uchun quyidagi qadamlarni bajarish zarur:
1️⃣-qadam: Parol kiritiladi va “Akkauntni o‘chirish” tugmasi bosiladi.
2️⃣-qadam: Telefon raqamiga kelgan SMS kod kiritilib, tasdiqlanadi.
Ushbu qadamlar bajarilgandan so‘ng akkaunt to‘liq o‘chirib yuborilgan hisoblanadi.
✅ Akkaunt o‘chirilganda:
👉 Foydalanuvchining barcha ma’lumotlari tizimdan o‘chiriladi;
👉 Abituriyent 2020-2021-o‘quv yili uchun kirish imtihonlarida qatnashish huquqini yo‘qotadi.
👨🏻💻 Akkauntni o‘chirgan abituriyentlar 20-iyulga qadar qayta ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
👨🔧 Shuningdek, abituriyentlar imtiyozlarini xato kiritgan taqdirda imtiyozlar bo‘limiga kirib, o‘z imtiyozlarini o‘chirishi yoki o‘zgartirishi mumkin.
❕Eslatib o‘tamiz, abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish muddati tugagun (20-iyul)ga qadar doimiy yashash manzilini, tugatgan ta’lim muassasasini, imtiyozlarini va tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirish imkoniyatiga ega.
Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
>>Click here to continue<<