Abu Abdulloh Xorazmiyning “Ilmlar kaliti” asarining Tarix boʻlimi 9 ta bobdan iborat boʻlib, birinchi bob Eron podshohlari va ularning laqablari zikri haqida.
Unda Eron podshohlarining Peshdodiylar, Kayoniylar, Ashkoniylar va Sosoniylar sulolasi haqida maʼlumotlar berilgan.
Peshdodiylar sulolasining birinchi podshohi Qayumars. Uning laqabi Kilshoh boʻlib, maʼnosi “yer podshosidir”.
Chunki u forslar fikricha, birinchi inson boʻlib, unda yerdan boshqa hech qanday boyligi boʻlmagan.
Podshohlarning ikkinchi sulolasi Kayoniylar. “Kay” - qudratli degani. Shunga koʻra “kayon” (kay soʻzining koʻpligi) “qudratlilar” degani.
Kayoniylarning birinchi hukmdori - Kayqubos. Uning laqabi “Birinchi” degani. Keyingisi Kaykovus - laqabi Namrud, yaʼni maʼnosi “oʻlmagan”.
Keyingi podshohi Kayxusrav boʻlib, uning laqabi “Xumoyun”. Uning maʼnosi “Xudoning marhamatiga sazovor boʻlgan” degani.
P.S. Yuqoridagi maʼlumotlardan tahmin qilish mumkinki, Xumoyun ismi va uning maʼnosi ikki yarim ming yillik tarixga ega boʻlib chiqadi.
@AnNasr_Zakovat
>>Click here to continue<<