Propaganda qanday ishlaydi? (2-qism)
Qanday qilib kitob narxini 20%ga oshiramiz?
1. Barcha nashriyotlar ijtimoiy tarmoqlar orqali qog'oz yil boshidan buyon 40% ga qimmatlashganini afsus bilan aytadi. Chunki qog'ozning katta qismi rubl orqali Rossiyadan olinadi, rubl esa so'mga nisbatan yil boshidan hisoblasak, 40% mustahkamlangan.
2. Ushbu ma'lumotni booklogerlar va kitobga yaqin insonlar orqali bir oy davomida barcha tarmoqlarda qayta-qayta eslatamiz.
3. Barcha nashriyotlar ulgurji narxlarni 20% ga oshiradi va biz bunga majbur bo'ldik, deydi. Xalq ham ularni tushunadi, chunki qog'oz narxi 40%ga oshganini ular avvalroq eshitishgan.
Eslatib o'taman, Propaganda faqat yolg'on bo'lmaydi. U bor haqiqatni to'g'ri tarzda yetkazishga ham xizmat qiladi.
Bernays ko'proq haqiqatlarni PR qilish samara beradi, yolg'onlar baribir fosh bo'ladi, deydi. Isroil yolg'oni bunga yaqqol misol bo'ladi.
>>Click here to continue<<
