HIKMATLAR SOHIBI HAQIDA
Payg‘ambarimiz (alayhissalom) aytdilar:
“Men qiyomat qoyim bo‘lgan kunda Odam farzandlarining eng ulug‘iman, (bu bilan) faxrlanmayman, ikki qo‘limda hamdu sano bayrog‘i yuqori ko‘tarilgan bo‘ladi, (bu bilan ham) faxrlanmayman, ana shu kunda Odamdan boshlab barcha payg‘ambarlar mening bayrog‘im ostiga jamlanishgay va qabri birinchi ochiladigan ham, birinchi shafoat qiluvchi ham va birinchi shafoati qabul qilinadigan ham men bo‘laman (bular bilan faxrlanmayman)” (Imom Termiziy va Imom Ahmad rivoyati).
Bu hadisi sharifda Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) dunyo avvalidan boshlab afzal va ulug‘ banda ekani aytilmoqda. Qiyomat kunida Odam bolalarining sayyidiman, deyishlari ham u zotning nafaqat bu dunyoda, balki oxiratda ham bashariyatning sayyidi bo‘lishlarini hadisda zikr qilmoqdalar.
Kanalga a'zo bo'ling: https://hottg.com/Ajr_islom
>>Click here to continue<<