TG Telegram Group & Channel
Ajr_islom | United States America (US)
Create: Update:

АMАL VА NIYAT

Solih kishilardan biri hikoya qiladi: "Bir kuni yoʼl yoqasida joylashgan uyimda kun yorishishidan avval "Toho" surasini oʼqiyotgan edim. Surani oʼqib boʼlganimdan soʼng, uyqum kelib, uxlab qoldim. Tushimda osmondan bir kishi qoʼlida bir varaq qogʼoz bilan tushdi. U varaqni ochib menga uzatdi. Qogʼozda "Toho" surasi yozilgan edi, va har bir soʼzning tagiga oʼntadan savob yozilgan edi. Biroq, bir soʼzning tagida savob yoʼq edi. Men: "Аllohga qasamki, men bu soʼzni ham oʼqidim, lekin uning tagida savobni koʼrmayapman", – deb soʼradim. Kishi shunday javob berdi: "Sen haqsan, sen bu soʼzni oʼqiding va biz uning tagiga savob yozib qoʼydik. Biroq, Аrshdan jarchining ovozi keldi: Bu soʼzning savobini oʼchirib tashlang"",, – va biz oʼchirib tashladik". Men yigʼlab yubordim va: "Nima uchun bunday qildingiz?", – deb soʼradim. U javob berdi: "Sen bu soʼzni oʼqiyotganingda, uyingning yonidan bir kishi oʼtib ketayotgan edi va sen u eshitsin, degan maqsadda ovozingni balandlatding. Shu sabab, sen bu soʼzning savobini yoʼqotding". ("Ruhul-bayon" tafsiri Z-jild, 355-bet).

Аllohning Rasuli (sallollohu alayhi va sallam) dedilar: "Ummatimning eng yaxshilari – Qurʼonni oʼrganib, unga amal qiladiganlar va tunni ibodat bilan oʼtkazadiganlardir". (Bayhaqiy, Imon, 2703).

Kanalga a'zo bo'ling: https://hottg.com/Ajr_islom

>>Click here to continue<<

Ajr_islom

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)