TG Telegram Group & Channel
Ajr_islom | United States America (US)
Create: Update:

Boʼlib toʼlashga kelishgan holda mashina sotib olish

Oʼrtogʼimdan mulk qilib mashina olib, yiliga 20 foizdan hisoblab bersam boʼladimi?

🔤🔤🔤🔤🔤🔣 Bir kishi, masalan, 10 mingga mashina sotib olib, ustiga 20% qoʼyib, 12 mingga maʼlum bir muddatga nasiyaga sotish joiz. Bu savdo Taqsit savdosi deyiladi.

"Taqsit" soʼzi lugʼatda "boʼlib-boʼlib toʼlash" maʼnosida boʼlib, sharʼiy istilohda "savdo molini xaridorga darhol topshirib, bahosini nasiya qilish"ga aytiladi. Bu savdo nasiya boʼlgani uchun, tabiiyki, naqd savdoga qaraganda bahosi qimmatroq boʼladi. Bu haqda zamonamizning yetuk ulamolaridan fazilatli Shayx Muhammad Taqiy Usmoniy bunday deydilar:
Toʼrtala mazhab imomlari va fuqaho muhaddislar jumhuri nasiyani naqdning bahosidan qimmatroq sotish savdosiga ijozat berganlar. Lekin, oluvchi va sotuvchi muayyan muddatga va kelishuv vaqtidagi muayyan narxga uzil-kesil kelishib olishlari shart ("Buhusun fi qozoya fiqhiyya muʼasiro" kitobi).

Shundan koʼrinib turibdiki, naqdga koʼra nasiyaga qimmatga sotish joiz, boʼlib toʼlashga kelishish ham joiz. Lekin kelishilgan muddat tayin boʼlishi va savdoni naqd yoki nasiyadan qaysi biriga ekani kelishuv vaqtida tayin topishi shart. Аgar ikki tomon "Naqdga olsang, faloncha, nasiyaga olsang, faloncha" deb ikkisidan biriga uzil-kesil kelishib olinmasa, savdo fosid boʼladi.
Nasiya savdo bilan sotib olingan narsa ham toʼliq xaridorning tasarrufiga oʼtadi va xaridor sotuvchidan (pulni naqd bermagani uchun) mahsulotning narxiga qarzdor boʼlib qoladi. Bundan keyin sotuvchi xaridordan faqat pulni soʼraydi,
mashinani emas. Buning ustiga nasiyaning muddati toʼlgach, xaridor pulni toʼlay olmasa, yana qoʼshimcha narx qoʼyish (baʼzilar buni jarima deydi) joiz emas. Vallohu aʼlam.

O'MI Fatvo markazi.
Kanalga a'zo bo‘ling: @VAQFUZ

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

>>Click here to continue<<

Ajr_islom

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)