TG Telegram Group & Channel
Ajr_islom | United States America (US)
Create: Update:

Nasiyaga sotib olingan mashinani sotib, pulini tijoratga sarflash joizmi?

Nasiya savdoga mashina oldim. Shu mashinani sotib, pulini boshqa tijoratga sarflasam boʼladimi?

🔤🔤🔤🔤🔤🔣 Ha, nasiya savdo bilan sotib olingan mashinani sotib, pulini boshqa tijoratga sarflashingiz joiz. Chunki nasiya savdo bilan sotib olingan narsa ham toʼliq sizning tasarrufingizga oʼtadi va siz sotuvchidan (pulni naqd bermaganingiz uchun) mahsulotning narxiga qarzdor boʼlib qolasiz. Bundan keyin sotuvchi sizdan faqat pulni soʼraydi, mashinani emas.
Nasiyaga mahsulot sotib olgan musulmon kishi doim qarzini toʼlash va nasiya qilingan mablagʼni vaqtida toʼlab berishi payida boʼlish kerak. Imkoni boʼlib, toʼlovni choʼzib yurmaslik kerak. Shuni yaxshi bilish kerakki, odamlardan qarz olib, uni toʼlamasdan (yoki toʼlaydigan mol qoldirmasdan) dunyodan oʼtib ketadiganlar qiyomatda bu qarzni savoblari bilan toʼlab beradi. Chunki u erda toʼlaydigan pul yoʼq, savob esa hammaga kerak boʼlib turadi. Imkoni boʼla turib qarzni choʼzishni Paygʼambarimiz sollallohu alayhi va sallam "zulm" deb ataganlar:
"Boyning (qarzni bermasdan) choʼzib yurishi zulmdir" (Imom Buxoriy rivoyati).
Faqat mumkin boʼlmagan bitta holat bor, nasiyaga sotib olingan mashinani pulini toʼlamasdan (va mashina avvalgi holatidan eskirmasdan) turib, yana egasi (yoki vakili)ga arzonroqqa sota olmaysiz. Hadisi sharifda bu ishdan ochiq-oydin qaytarilgan (Imom Аbdurazzoq Oysha onamizdan rivoyat qilgan). ("Fathu bobil inoya" kitobi). Vallohu aʼlam.

O'MI Fatvo markazi.
Kanalga a'zo bo‘ling: @VAQFUZ

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍2

>>Click here to continue<<

Ajr_islom

Share with your best friend
VIEW MORE

United States America Popular Telegram Group (US)