Bankomatlardagi bir foizli komissiya toʼlovi ribo emasmi? ❓Koʼpchilik odamlar bankomatlar orqali plastiklaridagi pulni naqdlab olishyapti. Bunda plastik kartochkadagi 100.000 soʼm yechilsa, bankomat 100.000 soʼm naqd pul beradi. Lekin kartangizdan ushbu summaning 1% ini, yaʼni 1000 soʼmni yechib oladi. Va xuddi shunday plastikdan plastikka pul oʼtkazganda ham shuncha pul olib qoladi. Buning hukmi qanday ribo emasmi?
🔤🔤🔤🔤🔤🔣 Bankomatlardan pulni naqdlashtirishda umumiy summaning 1 foizi miqdorida komissiya toʼlovi belgilangan. Ushbu foiz bankomat orqali pulni naqdlashtirish jarayonida avtomatik tarzda yechib olinadi. Bu jarayonni bank sohasi mutaxassislari xizmat haqi sifatida baholashadi. Chunki bankomat pulga sotib olinadi, uning amortizatsiyasi mavjud, unga mulk soligʼi toʼlanadi, bankomat oʼrnatilgan joyga ijara haqi toʼlanadi, yana bankomat elektr energiyasi va qogʼoz xarajati, ekspluatatsiya chiqimlarini talab etadi. Mana shu eʼtibordan hozirgi kundagi bankomat orqali pulni naqdlashtirish jarayonida qiymatining bir foizini ushlab qolish xizmat haqi sifatida joiz hisoblanadi. Qolaversa, insonlar oʼzlarining ish haqlari va elektron pullarini naqdlashtirishlari uchun bankomatdan foydalanishga zarurat bor. Bu ham masalani sharʼiy jihatdan yengillashtiradi. Shuni ham taʼkidlash lozimki, sogʼlom raqobat muhiti shakllanib borgani sari baʼzi banklar bu xizmat haqini kamaytirishi yoki vaqt oʼtishi bilan butunlay yoʼq boʼlishi tabiiy. Vallohu aʼlam.