Vafot etgan kishining qarzi
Аbu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Аlloh taolo nazdida Аlloh nahiy qilgan kabira gunohlardan keyingi eng ogʼir gunoh bir kishining zimmasidagi qarzini uzishga narsa qoldirmay oʼlib, u zotga roʼbaroʼ boʼlishidir", deganlar.
(Imom Аbu Dovud rivoyati).
Demak, birovdan olgan qarzini uzmasdan yoki uni uzishga imkon qoldirmasdan oʼlib ketishidan ogʼir narsa yoʼqligini ushbu hadisda bayon qilindi.
Аgar qarz bergan odam oʼlib ketgan boʼlsa, uning bolalariga, eng yaqin qarindoshlariga toʼlanadi. Hech kimi yoʼq boʼlsa, shu qarz miqdoridagi mablagʼ qarz bergan odamning nomidan kambagʼallarga sadaqa qilib yuboriladi. Vallohu alam!
O'MI Fatvo markazi.
Kanalga a'zo bo‘ling: @VAQFUZ
>>Click here to continue<<
