TG Telegram Group Link
Channel: Zoomrad
Back to Bottom
1949-yilda Frenk Maknamara Nyu-Yorkdagi restoranlardan birida o‘zining tanishi bilan kechki ovqatda edi. Pul to‘lash vaqti kelganida, u hamyonini boshqa kostyumida unutib qoldirganini payqab qoldi. Shu voqeadan so‘ng, Maknamarada naqd pullarning tashvishini tortmay, turli joylarda to‘lov qilish mumkin bo‘lgan to‘lov kartasini yaratish g‘oyasi paydo bo‘ldi.

1950-yilda u va biznes sheriklari Snayder, Simmons va Blumingdeyl Diners Club kompaniyasini tuzishdi. Bu klub a’zolariga ular klubning sherik muassasalarida pul to‘lashi mumkin bo‘lgan kartochkalar berilardi. Ularning hisoblarini Diners Club to‘lab berardi. Oy oxirida klub ishtirokchilari ko‘chirmalar olishar va o‘z qarzlarini yopishlari shart edi.

Maknamara kredit kartasining birinchi ixtirochisi emasdi. 1946-yilda Bruklinlik bankir Jon Biggins o‘z bankiga mijozlarni jalb etish uchun kredit kartasidan foydalanish tizimini o‘ylab topdi: bank mijozlari sherik do‘konlarda mayda xaridlarga to‘lash uchun faqat kartadan foydalanishardi. Ular do‘konga tilxat qoldirishar, do‘kon bu tilxatlarni bankka taqdim etardi. Bank mijozlarning xaridlariga to‘lov o‘tkazar, keyin esa ularga hisobni taqdim etardi. Garchi bu sxema o‘z davrining ajoyib ixtirosi bo‘lsada, o‘sha paytda keng tarqalmadi.

#zoomradfaktlar
Buyuk Turg‘unlik nomini olgan dunyo iqtisodiy inqirozi 1929-yilda AQShda boshlandi va 30-yillarning oxirigacha davom etdi. Bank tizimining qulashi inqirozning bir qismi bo‘lgandi. 1930-yilning oxirida bir qator yirik banklarning bankrotligi umumiy vahimaga va maydaroq mintaqaviy banklarning bankrotligiga olib keldi. Odamlar barravariga o‘z jamg‘armalarini qaytarib ola boshladilar.

Banklar birin-ketin bankrot bo‘laverdi. Bank tizimini barqarorlashtirish uchun 1933-yilda Glass-Stigolla qonuni qabul qilindi. Uning qoidalari orasida Depozitlarni sug‘urtalash federal korporatsiyasini (Federal Deposit Insurance Corporation) tuzish bor edi. Avval-boshdan eng yuqori sug‘urta qoplashini $2500 darajasida belgilashdi.

#zoomradfaktlar
1966-yilda bankda birinchi bankomatga patent olindi va shundan beri terminallarni takomillashtirish ustida doimiy ravishda ish olib borilmoqda. Shotlandiyalik muhandis va ixtirochi Jeyms Gudfellou bankomat qanday qilib mijozni tanib olishini o‘ylab topdi. Buning uchun u PIN-kodni ixtiro qildi. Afsonaga ko‘ra, avvaliga PIN-kod 6 ta raqamdan iborat bo‘lishi shart edi. Lekin Gudfellouning xotini faqat 4 ta raqamni eslab qola olardi, shuning uchun PIN-kod 4 ta raqamdan iborat.

#zoomradfaktlar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Koʻp asrlik mamlakatimiz tarixida yangi iz qoldirgan va farovon hayot qurish imkoniyatini tuhfa etgan mustaqilligimizning 31 yilligi bilan barchangizni qutlaymiz!

Oʻzbekiston xalqini birlashtirgan ushbu qutlugʻ kunda, sizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va oilaviy hamjihatlik tilaymiz!
1. Makdonalds oʻz daromadlarini katta qismini koʻchmas mulklarini ijaraga berish orqali topadi.

2. Microsoft kompaniyasi 2010-yilda Windows Phone 7 smartfonlarini ishlab chiqarganida, oʻz raqobatchilarini ushbu yangilik “oʻldirishiga” shama qilib, IPhone va BlackBerrylariga ramziy “dafn marosimi”ni oʻtkazgan edi.

3. Maybelline kosmetika brendining nomi uning yaratuvchisining singlisi – Mabel hamda “vazelin” soʻzi birlashishidan hosil boʻlgan. 1915-yilda farmatsevt va biznesmen Tomas Layl Uilyams Meybel kipriklarini koʻmir kukuni va vazelin aralashmasi bilan boʻyashini payqab qoladi. Ushbu aralashma asosida Amerika bozoriga kipriklar uchun dastlabki tushlar kirib keladi.

4. Nike kompaniyasi yugurish samaradorligini 4%ga va tezlikni 3,4%ga oshiruvchi krosovka yaratdi – Alphaflys. 2020-yilda xalqaro musobaqalarda ushbu krossovkalardan foydalanish taqiqlandi, jumladan, Olimpiya oʻyinlarida, ushbu krosovkalar texnologik doping sifatida tan olindi.

5. Har kuni 65 nafar inson millionerga aylanishadi.

#zoomradfaktlar
Dallas Hilton nomli dastlabki otellar tizimi qachon oʻz faoliyatini boshlagan?
Anonymous Quiz
35%
1. 1925-yili
39%
2. 1905-yili
25%
3. 1935-yili
2013-yilda “Yandeks” qancha mablagʻ evaziga “Kinopoisk”ni sotib oldi?
Anonymous Quiz
33%
1. 85 mln $
48%
2. 93 mln $
20%
3. 80 mln $
159 ta rasmiy valyuta mavjud.

Hozirda dunyoda 159 ta valyuta mavjud, ularning aksariyati bir vaqtning oʻzida bir nechta davlatlarda qoʻllaniladi. Koʻpgina davlatlar yevrodan foydalanadilar – ular orasida Avstriya, Belgiya, Gvadelupa, Martinika, San-Marino va boshqalar bor. Ikkinchi oʻrinda – AQSh dollari. Uchinchi oʻrinda – KFA VSEAO franki. Ushbu valyuta Gabon, Kongo, Senegal, Togo va boshqa davlatlarda qoʻllaniladi. Toʻrtinchi oʻrinda – Avstraliya dollari.

Ayrim mamlakatlarda parallel valyutalar yoki pul surrogatlaridan foydalaniladi. Masalan, Kubada – Kuba pesosi va konvertatsiya qilinadigan peso, Meksikada – Meksika pesosi va Meksika inversiya birligi UDI. Bu naqd va naqd boʻlmagan pul muomalasini barqarorlashtirish maqsadida amalga oshirilgan.

#zoomradfaktlar
Dunyodagi eng boy odamlar ro‘yxatida kim birinchi o‘rinda turadi?
Anonymous Quiz
23%
Bill Geyts
9%
Larri Peyj
68%
Ilon Mask
Nima uchun PIN-kod 4 ta raqamdan iborat?

1966-yilda birinchi bankomat patentlandi. Avtomatlashtirilgan pul berish moslamasi Shotlandiya muhandisi va ixtirochisi Jeyms Gudfellov tomonidan ixtiro qilingan. Qurilma kartalarni qabul qiladi va shaxsiy identifikatsiya raqamini – PIN-kodni kiritish uchun klaviatura bilan jihozlangan edi. PIN-kodni ixtiro qilgani uchun 2006-yilda Gudfellov Britaniya Imperiyasining Eng zo‘r ordeni mukofotiga sazovor bo‘ldi. Shu bilan birga, Gudfellov o‘z g‘oyasidan atigi $15 ishlab topdi.
Dastlab, mablag‘ olish uchun mijoz 10 xonali kodni kiritishi kerak edi. Biroq, Goodfellovning rafiqasi faqat 4 ta raqamni yodda tuta olardi, shuning uchun kodda aynan shuncha belgini qoldirishga qaror qilindi.

#zoomradfaktlar
HTML Embed Code:
2024/05/20 13:13:55
Back to Top