TG Telegram Group Link
Channel: Yoshlar - kelajagimiz ️️️
Back to Bottom
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Buxoro shahrida mini-futbol bo’yicha “DXX kubogi” musobaqasining final bosqichi bo’lib o’tdi

Buxoro shahrida kechgan o'yinda DXX kubogining shahar final bosqichida “Sadriddin Ayniy” va “Abu Ali ibn Sino ” mahalla yoshlari, qizlar o’rtasida esa “1-sektor” va 2-sektor” jamoalari to’p surishdi.

🏆Murosasiz o’tgan baxsda “Abu Ali ibn Sino” mahalla yoshlari, qizlar o’rtasida esa “Yoshlik” jamoasi g’olib bo’lib viloyat bosqichiga yo’llanma olishdi.

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ДХХ кубоги мусобақаларининг 2-босқичи старт олди

Ўзбекистон Республикаси Давлат хавфсизлик хизмати, Ёшлар ишлари агентлиги ҳамда Спорт вазирлиги ҳамкорлигида “Соғлом ёшлар – Янги Ўзбекистон келажаги” шиори остида мамлакатимиз ёшлари ўртасида ўтказилаётган футбол ва мини-футбол бўйича Давлат хавфсизлик хизмати кубоги мусобақалари қизғин паллага кирди.

Жорий йилнинг апрель-май ойларида бўлиб ўтган 1–босқич мусобақаларида 209 та туман/шаҳар кесимида 9.448 та маҳалладан 19.698 та жамоа шакллантирилиб, уларда 251.500 нафар ёшлар иштирок этди. Босқич доирасида ўтказилган 37.745 та ўйинларни 1 миллиондан ортиқ мухлислар томоша қилди.

2–босқичда (июнь-июль ойлари) мамлакатимиз бўйича 7.500 нафардан ортиқ ёшлардан шакллантирилган 627 та жамоа ўртасида саралаш мусобақалари ўтказилади ва унинг ғолиблари республика босқичига йўлланмани қўлга киритади.

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro
"HAMMA TALABA HAM RAHBAR BO‘LMAYDI AMMO, HAR BIR RAHBAR TALABA BO‘LGAN... "

"... Afsuski, aksariyat yoshlar institutga kirish uchungina o‘qiydi. Ularning maqsadi institutga kirgach yakun topadi. Talabalarni yo‘naltira bilish institut rahbarlariga va o‘qituvchilariga bog‘liq. Hamma kuchlar to‘g‘ri muomala qila bilish, pedagogik yondashuvga tayanadi. Avvalo, talabaning tabiatini o‘rganish kerak, unga mos suhbat qurish lozim. Negaki, hamma talaba ham rahbar bo‘lmaydi ammo, har bir rahbar talaba bo‘lgan. Har bir dars beruvchi oliy ta’limda o‘qigan. Shu uchun ham ta’limning sayqallanishida va har talabani o‘z yo‘nalishida malakali mutaxassis sifatida ishlab ketishida rahbar yoki ustozning mas’uliyati yuqori... "

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
11 йилдан буён аравачага михланган бола: «Мен Ватанни онам каби севаман!»

Батафсил -
https://xabar.uz/1iiq

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro
БУХОРОЛИК ЁШЛАР

Бугун, 12 июнь куни соат 19:30да Бухоро Ёшлар марказида вилоят ҳокимлиги ва Ёшлар ишлари агентлиги вилоят бошқармаси томонидан "Янги Ўзбекистон ёшлари, бирлашайлик!" шиори остида галаконцерт бўлиб ўтади.

Тадбир доирасида интеллектуал танловлар, спорт мусобақалари ҳамда кўнгилочар лойиҳалар ташкил этилиши режалаштирилган. Дастур меҳмонлари эстрадамизнинг ёрқин юлдузлари ва блогерлар бўлишади.

Манзил: Бухоро шаҳридаги Ёшлар маркази

Келинг, иштирок этинг, "Ёшлар куни"ни биз билан бирга нишонланг!

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir necha daqiqalardan so‘ng Yoshlar markazi binosi yonida katta gala konsert dasturi namoyish etiladi.

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro
⚡️Ҳозироқ тўғридан-тўғри эфирни томоша қилинг: “Янги Ўзбекистон ёшлари, бирлашайлик!” шиори остида ташкил этиладиган гала концерт

➡️ Telegram орқали

➡️ Facebook орқали

➡️ YouTube орқали


📍Бухоро шаҳри
DXX kubogining tuman va shahar bosqichi g‘oliblari taqdirlandi

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro
DXX kubogi musobaqasining viloyat bosqichiga start berildi

Buxoro shahridagi "Yoshlar markazi" binosida DXX kubogi musobaqasining viloyati bosqichini o'tkazish uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Shuningdek tuman bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamolar taqdirlandi.

Musobaqalarda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol turi bo‘yicha ishtirok etishadi.

Ma'lumot o'rnida DXX kubogi viloyat bosqich o'yinlari 18-iyun sanasidan boshlab start oladi.

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro shahrida Yoshlar oyligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida gala-konsert tadbiri bo’lib o’tdi.

#Yoshlaroyligi

@yoshlar_kelajagimiz_buxoro
HTML Embed Code:
2024/06/15 22:13:48
Back to Top