TG Telegram Group Link
Channel: "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali
Back to Bottom
HURMATLI ELEKTR ENERGIYASI ISTE’MOLCHILARI!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan iste’molchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024 yil 1 may kunidan aholi iste’molchilari uchun belgilangan elektr energiyasi tariflar hisobini oson hisoblash maqsadida Jamiyat veb-saytida elektr energiyasi iste’molini hisoblash kalkulyatori ishga tushirildi.

Kalkulyator orqali elektr hisobini turli tariflarda hisoblash imkoni yaratildi.

Shuningdek, maxsus bot orqali orqali elektr energiyasini tezkor kalkulyatori ham ishga tushirildi.

Shu bilan bir qatorda, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ veb-saytidagi “Shaxsiy kabinet” orqali shaxsiy hisob raqamingizga oid ma’lumotlar – iste’mol qilingan elektr energiyasi miqdori, qoldiq va boshqalar tо‘g‘risida real vaqt (on-line) rejimida batafsil ma’lumotga ega bо‘lishingiz mumkin.

“Shaxsiy kabinet”ga kirish uchun qо‘llanma.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
#Amal_qiling

🔰Qonunchilikka ko'ra, tarmoqlarga o'zboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining ko'rsatkichlarini o'zgartirish o'g'rilik yoki oz miqdorda talon-taroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab bo'lishi belgilangan.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Lex.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AYRIM TOIFADAGI ISTE'MOLCHILARGA KOMPENSATSIYA TO'LAB BERILADI
07.05.2024

📲@XorazmTELEKANAL✔️
“Hududiy elektr tarmoqlari ” AJ jamoasi “9-may – Xotira va qadrlash kuni”  munosabati bilan barcha fahriylarimizni, aziz yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi!

Ushbu qutlug‘ kunda barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilab qolamiz.

Yurtimiz tinch, xalqimiz doimo omon boʼlsin
!

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz
Bugun mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni.

Mamlakatimizda 9-may Xotira va qadirlash kuni umumxalq bayrami munosabati bilan, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali direktori S.Beregin energetika sohada uzoq yillar mehnat qilib, qoʻllari duoda boʻlib hayot kechirayotgan nuroniy otaxon va onaxonlarimiz holidan habar oldi.

Fahriylar bilan yurt tinchligi va sarhadlar daxlsizligi yoʻlida xizmat qilgan ota-bobolar matonati yodga olinib, viloyatimizga elektr energiyasi tarmoqlari o'tkazish tarixlari va ish jarayonida esda qolarli xotiralar xaqida so'zlab berdilar
.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
ISTIQLOL MAHALLASIDAGI KO'P QAVATLI XONADONLARNING ELEKTR ENERGIYASI TA'MINOTI YANADA YAXSHILANMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan viloyatimiz aholisi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida kichik markali yer osti kabellari, katta markadagi yer osti kabellariga bosqichma-bosqich almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Urganch shahrining "Istiqlol" mahallasida joylashgan 3354-sonli va 3351-sonli transformator punktlari oralig'idagi kabel tarmog'i, kuz-qish mavsumida elektr energiyasi iste’moli oshishi natijasida ko’p marotaba shkastlanishi natijasida nosozliklar yuzaga kelganligi o'rganilib, bugungi kunda soha mutaxassis xodimlari tomonidan kabel tarmog'i mukammal ta'mirlanmoqda.


Ushbu amaliy ishlar orqali 350 dan ortiq iste'molchilarning elektr energiyasi ta'minoti yanada yaxshilanadi.


"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati
HTML Embed Code:
2024/06/08 21:24:28
Back to Top