TG Telegram Group Link
Channel: WAYU Korea
Back to Bottom
#foydali
Mazza qilib aylanib, rasmga tushishni xohlaganlar uchun foydali:)

Instagram | Telegram | YouTubeFacebook
#estalik

“Navro’z” chehralarda.
2025.04.04
O’zbekiston elchixonasi va Wayu Korea.
“Lazzat” oshxonasi.

Dam olish kunlari muhim uchrashuvlarga boy o’tdi. Kun davomida ushbu 4 ta uchrashuv taassurotlari bilan bo’lishib boramiz!

Instagram | Telegram | YouTubeFacebook
#foydali
TOPIK 5,6-daraja olmoqchi bo'lganlar uchun BEPUL TOPIK kurs!🥳

Agar siz TOPIK 5,6-darajaga tayyorgarlik qilayotgan bo'lsangiz albatta topshiring!

Darslarda Testlarni qanday yechish haqida o'rgatishadi!

Dars davomiyligi: 2025.04.16~2025.05.07

Qachon: Har hafta Dushanba va Chorshanba 18:00~19:30gacha

Darslar Online zoom platformasida o'tkaziladi.

Joylar chegaralangan shoshiling!

Ariza qilish: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLScEsAwFP3hMvUIG2Z8GDMdpwHTnafdkyMR5ZIFWCHnvGrxXsg/viewform

Instagram | Telegram | YouTubeFacebook
#foydali

International World in Korea (IWIK) 2025-yil aprel oyidan iyul oyining boshigacha Shimoliy Koreya inson huquqlari muammolari bo‘yicha xabardorlikni oshirish maqsadida bir qator tadbirlarni boshlamoqda.

Dastlabki tadbir sifatida, 2025-yil 26-aprel, shanba kuni kichik guruh shaklidagi suhbat uyushtiriladi. Unda ishtirokchilar yosh bir shimoliy koreyalik qochqinning shaxsiy hayot yo‘li haqida eshitishlari va inson huquqlari mavzusida mazmunli muhokamada qatnashishlari mumkin bo‘ladi.

📌 Sana va vaqt: 2025-yil 26-aprel, shanba / 13:00 – 15:00
📌 Manzil: Seoul Yoshlar Markazi (Dongdaemun bo‘limi) – Seminar xonasi
📌 Tashkilotchi: International World in Korea (IWIK)
📌 Qo‘llab-quvvatlovchi: Seul shahar hokimiyati
📌 Ishtirokchilar: Chet ellik talabalar, tadqiqotchilar, NNT (Nodavlat notijorat tashkilotlari) xodimlari va Shimoliy Koreya inson huquqlari masalasiga qiziqqan har qanday shaxs
📌 Guruh hajmi: Taxminan 25 kishi (kichik guruh shaklida)
📌 To‘lov: Bepul

Ariza topshirish havolasi:
https://docs.google.com/forms/d/1GCHNki1rJReAHwzSAZpnVlm_kgGGrNfdr3DlaiPleOs/edit

Instagram | Telegram | YouTubeFacebook
Shanba, 5-aprel kuni Koreyadagi O’zbek Dasturchilari Jamiyati bilan hamkorlikdagi uchrashuvimiz bo’lib o’tdi!

Ushbu uchrashuvimiz “AI agent va PostgreSQL ” mavzusiga ixtisoslashgan holda tashkil etildi va mazmunli muhokamalar hamda foydali tajriba almashish uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi.

Uchrashuvda ishtirok etgan barcha spikerlarimizga va ishtirokchilarimizga samimiy minnatdorchiligimizni bildiramiz. Kelgusida yanada samarali va foydali tadbirlarni tashkil etishga harakat qilamiz.

Aytishimiz kerakki, ushbu uchrashuvda biz ilk bora “volontyorlik soatlari”ni volontyorlarimizga hisoblab berdik!

Instagram | Telegram | YouTubeFacebook
#kiip
2025-yil uchun KIIP imtihonlarini o'tkazish sanalari!

사전평가 imtihoni uchun ro'yhatdan o'tish bugundan boshlangan.

Jadvalni albatta saqlab oling!

Instagram | Telegram | YouTube | Facebook
HTML Embed Code:
2025/04/08 16:04:59
Back to Top