Yigʻilishni Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxabov ochib berar ekan, yurtimizga tashrif buyurgan Saudia Arabistoni delegatsiyasini samimiy qutlab, ikki davlat diplomatik aloqalari oʻrnatilganligiga 31 yil boʻlganligi va bu davrda erishilgan yutuqlar sanab o'tildi.
Oʻz navbatida Saudiya Arabistoni delegatsiyasi va ushbu yigʻilishga arab tomonidan rahbarlik qilgan “Acwa Power” kompaniyasi ta’sischisi Muhammad Abunayyan, 3 yil mobaynida oʻzaro tashriflar soni oshganligi, ya’ni 2021-yilda aviaqatnovlar haftasiga 2 marta bo’lganligi va bu qatnovlar soni haftasiga 32 taga yetganligini ta’kidladi.
Tadbir davomida ikki mamlakat ishbilarmon vakillari tomonidan turli tarmoqlarda investitsiyaviy hamkorlik masalalari, transport, avtomobil yo'llari qurish va rekonstruktsiya qilish borasidagi infratuzilmaviy loyihalar, turizm, tibbiyot sohasida hamkorlik masalalari atroflicha ko'rib chiqildi.
Mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan mamlakatlarning investitsion salohiyati va sohalar kesimida hamkorlik qilish bo'yicha mavjud imkoniyatlar taqdimoti o'tkazildi.
>>Click here to continue<<