TG Telegram Group Link
Channel: UzA | Tezkor xabarlar
Back to Bottom
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShning Savdo vakili Ketrin Tayni qabul qildi.

Uchrashuvda Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi, GSP tizimini qayta tiklash, “C5+1” formati hamda Savdo va investitsiyalar boʻyicha hadli bitim doirasida amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi.

Sanoat kooperatsiyasi uchun yangi sohalarni aniqlash va tegishli loyihalarni ilgari surish boʻyicha qoʻshma platformani ishga tushirish muhim ekani taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
#TAYINLOV

Jizzax viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Sardor Shukurullayev - Jizzax viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar u Soliq qoʻmitasi huzuridagi “Soliq-servis” DUK direktorining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol 13-15-iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
UzA | Tezkor xabarlar
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Koreya Respublikasi Prezidenti Yun Sok Yol 13-15-iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi. Kanalga ulanish:  @uzauz
Koreya Prezidentining O'zbekistonga davlat tashrifi doirasida:

▫️Toshkentda oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston-Koreya doʻstlik va alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi.

Savdo, innovatsiyalar va texnologiyalar almashinuvi, energetika, elektronika va elektrotexnika, kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi, infratuzilmaviy rivojlanish va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari eʼtibor markazida boʻladi. Taʼlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va turizm sohalaridagi qoʻshma dasturlar muhokama qilinadi.

Shuningdek, mintaqaviy, shu jumladan “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” formatidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almashish rejalashtirilgan.

Sammit yakunlari boʻyicha bir qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi koʻzda tutilgan.

▫️Oʻzbekiston va Janubiy Koreya Prezidentlari qoʻshma biznes forumida ishtirok etadi.

▫️Prezident Yun Sok Yol mamlakatimizning boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishish maqsadida Samarqand shahriga tashrif buyuradi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlari ishtirokchilariga tabrigi

Tabrik matni: https://uza.uz/posts/606874

Kanalga ulanish: 
@uzauz
#ob_havo

Bugun kunduzi respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida (ba’zi joylarda) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 34-39°, janubda (ba’zi joylarda) 42° gacha bo‘ladi.

Poytaxtimizda ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 35-37° bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda esa (ba’zi joylarda) qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️DXX: prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, advokat va boshqalarning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi

Kanalga ulanish: 
@uzauz
⚡️Jizzax viloyati prokuraturasining boʻlim prokurori pora olgan vaqtida ushlanib, qamoqqa olindi

Jizzax viloyati prokuraturasining boʻlim prokurori Jizzax shahrida yashovchi, 1975-y.t. fuqaroni muqaddam Jinoyat Kodeksining 167-moddasi bilan sudlanganlik holatini oʻzining vakolatli hamkasbi orqali olib tashlashni vaʼda qilib, evaziga 1000 AQSH dollari va 1 dona “Samsung Galaxy S24 Ultra” rusumli telefon apparatini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
⚡️Yakkasaroy tumanida Tergov boʻlimi tergovchisi va 2 nafar surishtiruvchisi 7 ming dollar pora bilan ushlandi

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tergovchisi va 2 nafar surishtiruvchisi oʻzaro til biriktirib, xizmat mavqeidan foydalangan holda, boʻlim ish yurituvida boʻlgan jinoyat ishi boʻyicha ayblanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllamaslik hamda uning harakatlarini JKning 273-moddasi 5-qismidan 276-moddasining 2-qismi “a” bandiga qayta malakalash evaziga, ayblanuvchining tanishi Q.O. orqali 7 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
⚡️Toshkentda firibgar fuqaroga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini prokuraturadagi tanishlari orqali ijobiy hal qilib berish evaziga 50 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Toshkent shahrida yashovchi, 1967 va 1970-y.t, muqaddam sudlangan 2 nafar shaxs 1980-y.t. fuqaroga nisbatan IIV huzuridagi Tergov departamenti ish yurituvidagi JKning 168-moddasi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini prokuratura organlaridagi tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy hal qilib berish va “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllamaslik evaziga 50 ming AQSH dollari talab qilishadi.

DXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda firibgarlardan biri, yaʼni, 1970-y.t. shaxs soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ushlandi.

❗️Ayni vaqtda ularni prokuratura tizimidagi tanishlarining shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Kanalga ulanish: 

@uzauz
⚡️Namanganda advokatlar hayʼati advokati 8 ming dollar pora olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi

Namangan shahridagi advokatlar hayʼati advokati viloyat IIB tomonidan JKning 168 va boshqa moddalari bilan qoʻzgʻatilib, hozirda JIB Namangan shahar sudida koʻrib chiqilayotgan jinoyat ishi boʻyicha ayblanuvchiga nisbatan sud organlaridagi tanishlari orqali ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlanishiga yordam berish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilib, 8 ming AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Taʼkidlash lozimki, advokat muqaddam JKning 25,97-moddasi bilan sudlangan shaxs hisoblanadi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
Qurbon Hayiti bayrami kuni Toshkent metropoliteni tongi soat 03:00 dan ish faoliyatini boshlaydi

Bundan tashqari, Qurbon Hayiti bayrami kunida Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

Boshqa dam olish kunlarida esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat ko‘rsatiladi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
Dollarning rasmiy kursi ko'tarildi

Markaziy bank 13-iyundan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 621,01 so‘m (+ 22,96)
1 RUB 141,55 so‘m (+ 0,12)
1 EUR 13 571,37 so‘m (+ 27,21)

Kanalga ulanish: 
@uzauz
⚡️DXX: Ohangaronda kredit mablagʻlarini
talon-toroj qilish holati aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan prokuratura organlari bilan hamkorlikda Ohangaron tumanida o'tkazilgan tekshiruv tadbirlarida davomida ma'lum bo'lishicha, 2020-yilda tumandagi tijorat banklaridan biri hamda sut mahsulotlari yetishtirish va naslli mollarni koʻpaytirish bilan shugʻullanuvchi “TQD” fermer xoʻjaligi oʻrtasida tuzilgan shartnomaga asosan 7 yil muddatga 2 yillik imtiyozli davr bilan yillik 18% ustama toʻlash, shundan 3 foizini Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan qoplab berish sharti bilan 5,5 mlrd. soʻm ajratilgan.

Mazkur mablagʻ hisobiga Avstriya davlatidan 194 bosh naslli, yirik shoxli chorva mollari olib kelinishida fermer xoʻjalik Prezidentning tegishli qaroriga asosan 843,4 mln. soʻmlik soliq va bojxona toʻlovlaridan ozod qilingan, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan xorijdan keltirilgan chorva mollari uchun 278 mln. soʻmlik subsidiya mablagʻi ajratilgan.

Ammo, fermer xoʻjalik masʼullari bankka taqdim qilingan biznes rejada koʻrsatilgan sut mahsulotlari yetishtirish va naslli mollarni koʻpaytirish bilan amalda shugʻullanmasdan hamda nasldor qoramolni kamida 2 avlod olguncha saqlamasdan 98 bosh naslli, yirik shoxli chorva mollarini naqd pulga sotib yuborib, 2 mlrd. 833,3 mln. soʻmlik kredit mablagʻlarini talon-toroj qilishgan.

Shuningdek, ajratilgan kredit mablagʻlari maqsadli sarflanishi yuzasidan bank mansabdor shaxslari tomonidan monitoring ishlari kerakli darajada olib borilmagan.

Hozirda holat yuzasidan fermer xoʻjalik va bank mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining bir qator moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish: 
@uzauz
HTML Embed Code:
2024/06/12 23:53:33
Back to Top