TG Telegram Group Link
Channel: Profi University
Back to Bottom
😱 "Titanik"ka sayohat!

Oramizda "Titanik" filmini ko‘rmaganlar bo‘lmasa kerak, albatta. Kema cho‘kayotgan vaqtda yig‘lamaganlarni esa topish biroz mushkul. "Titanik" Shimoliy Atalantika okeani hududida halokatga uchragan.

🤔 Amerikalik milliarderlardan biri kemaning suv ostidagi xarobalarini ko‘rish uchun maxsus mexanizm orqali 3 800 metr pastlikka sho‘ng‘imoqchi. Bizningcha, bu milliarder yer yuzidagi barcha qiziqarli mamlakatlarga sayohat qilib bo‘lgan, endi esa navbat suv ostiga!

Sayohat dunyoqarashingizni o‘stirish, yangi bilimlar o‘rganishning eng qulay va qiziqarli yo‘lidir. Doimiy sayohat esa sizga ijobiy energiya va quvonch beradi. Shu sabab sayohat qilishdan, o‘zingiz uchun yangiliklar kashf qilishdan to‘xtamang!

Darvoqe, sayohat haqida gap ketayotgan ekan, bir ma‘lumot bilan bo‘lishmoqchimiz, endi Tailand O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejimga o‘tdi.

@profiuniversity
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan memorandum imzolandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Xalq ta’limi Info tahririyati hamda Profi University o‘rtasida joriy yilning 28-may kuni hamkorlik memorandumi imzolandi.

Endilikda mazkur memorandum doirasida turli xil yo‘nalishlarda hamkorlik ishlari amalga oshiriladi.

📄 Memorandum

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/672

Telegram| Facebook| Instagram | Youtube
😎 "Feedbacklar" davom etadi!

Yangi binoning ochilish marosimiga turli ommaviy axborot vositalaridan muxbirlar kelgani haqida xabar bergan edik. Kuni kecha "Yoshlar" telekanalining "Reportaj+" loyihasi ham yuqoridagi lavhani efirga uzatdi.

Aslini olganda, harakatlarimiz, yutuqlarimiz, rivojlanishimizga berilgan har qanday baho Biz uchun juda muhim. Shu sabab marosimda qatnashgan hamkorlarimiz, taklif etilgan mehmonlarimizning taassurotlarini Siz bilan ham bo‘lishishda davom etmoqdamiz!

Darvoqe, yangi o‘quv yilidan boshlab, aynan Siz shu yangi binoda tahsilni boshlashingiz mumkin. Shu sabab tezroq ro‘yxatdan o‘ting: 👉 link

☎️ Murojaat uchun: 78-777-11-11

@profiuniversity
🏞 Dam olish kunlarida qayerga borishni rejalashtiryapsiz?

Tabiat qo‘yniga sayohat asablarni tinchlantirish va energiya to‘plashning eng yaxshi yo‘li. Agar vaqt topsangiz, dam olish kunlarida Urungach, ya'ni Nefrit ko‘liga sayohat qiling. Ko‘l Toshkent shahridan 160 km uzoqlikda, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan.

Hozir Nefrit ko‘liga borishning eng qulay vaqti, chunki siz ko‘lning yuqoridagiday takrorlanmas firuza rangli manzarasini apreldan to avgustgacha tomosha qilishingiz mumkin. Lekin cho‘milishga biroz ehtiyot bo‘ling, chunki suv juda sovuq.

😎 Nima deysiz, Nefritga sayohat qilamizmi?

@profiuniversity
Forwarded from Yosh Ziyokor
"Profi University"га
"Yosh ziyokor" уюшмаси аъзолиги гувоҳномаси топширилди


"Yosh ziyokor" уюшмаси жамоаси 25-май куни "Profi University"нинг Бектемир кампусида 8 қаватли бинонинг фойдаланишга топширилганлиги муносабати билан ўтказилган очилиш маросимида иштирок этди.

Қайд этиш керакки "Profi University" нинг янги биноси Американинг нуфузли Стандфорд университетидан нусха олинган ҳамда бир вақтнинг ўзида 7 500 нафар талаба таҳсил олиши учун хизмат қилади.

Университетнинг ўқув дастурлари назарий фанлар ва амалий билимлар уйғунлиги асосида тузилган бўлиб, замонавий дунёнинг сўнгги тенденциялари ва уларнинг Ўзбекистон контекстида қўлланилишини ҳисобга олиб ташкил этилади.

Университет "Иқтисодиёт",
"Гуманитар фанлар", "Аниқ фанлар", "Педагогика", "Тиббиёт"," "Юриспруденсия" йўналишларида бакалавриат даражасига эга кадрларни етиштиради.

Уюшма аъзолари сафи кенгайиб бормоқда.

👉 @yoshziyokor
26-may kirish imtihoni natijalarini kutayotganlar bormi?

Bugun natijalarni e'lon qilamiz!

Bizni kuzatib boring

@profiuniversity
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fransiya va Yaponiyada ta’lim oling!

Endi siz "Profi University" bilan turizm yo’nalishida o’qib, Fransiya va Yaponiya davlatlarida ta’lim olib 2 davlat diplomiga ega bo’lishingiz mumkin!

Shuningdek, Yaponiyada tahsil olish davomida ishlashingiz ham kafolatlangan.

Ro'yxatdan o'tish uchun: profiuniversity.uz

Batafsil ma'lumot olish uchun👇
📲78-777-11-11 yoki @profiqabul

@profiuniversity
Imtihon natijalari aniqlandi!

26-may kuni "Profi University" Bektemir kampusida kirish imtihonlari o‘tkazilganidan xabaringiz bo‘lsa kerak.

Imtihon natijalari SMS ravishda abituriyentlarga yuborildi.

Imtihon natijalariga ko‘ra:
Stipendiya asosida qabul qilinganlar;
Imtiyoz asosida qabul qilinganlar;
Talabalikka tavsiya etilganlarning barchasini tabriklaymiz.

Ammo kirish imtihonlarida yetarli natijani qayd etolmay, talabalikka tavsiya etilmaganlar ham bor, ularga yana bir bor imkon bermoqchimiz, ya'ni ular keyingi imtihonlarda qatnashishlari mumkin.

Darvoqe, 3-iyun kuni Bektemir kampusida navbatdagi kirish imtihonlari o‘tkaziladi.

Talabalikka tavsiya etilgan barcha abituriyentlarni yana bir bor tabriklaymiz.

------------------

Объявлены результаты вступительного экзамена!

Вы наверняка знаете, что 26 мая прошли вступительные экзамены в «Profi University»

Результаты экзамена были разосланы абитуриентам по SMS.

По результатам экзамена:
Поступившие на основании стипендии;
Принятые на льготной основе;
Поздравляем всех рекомендованных к обучению.

Но есть и те, кто не получил хорошего результата на вступительных экзаменах и не был рекомендован к обучению, мы хотим дать им еще один шанс, то есть они смогут участвовать в следующих вступительных экзаменах.

Кстати, следующие вступительные экзамены пройдут 3 июня в кампусе Бектемир

Еще раз поздравляем всех поступивших абитуриентов.

@profiuniversity
26-may Kirish imtihoni natijalari.pdf
639.6 KB
26-may

Bektemir kampusida tashkil etilgan kirish imtihoni natijalari

Batafsil ushbu pdf fayl orqali tanishib chiqishingiz mumkin!

@profiuniversity
🥳 Bolalar kuni bilan!

Bolalarning beg‘ubor kulgusi, jarangdor ovozi, hayotdan quvonch qidirib yashashi dunyomizni hamon oyoqda ushlab turgan mislsiz kuchdir.

🎉 1-iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni! Aslini olganda bugun kelajak va bir olam orzularni himoya qilish kuni hamdir. "Profi University" mamlakatimiz, qolaversa, butun dunyo bolalarini bugungi bayram bilan tabriklaydi.

Dunyodagi hech bir bola zo‘ravonlik, ochlik va urush changalida qolish uchun dunyoga kelmagan. Ular faqat baxtli bo‘lishga munosib.

Bugungi kunni farzandingiz uchun maxsus kun sifatida ajratar ekansiz, o‘zingizni ham tabriklab qo‘ying. Chunki bugun Butunjahon ota-onalar kuni hamdir.

Bolalar kuni bilan! Bugungi kuningiz takrorlanmas o‘tishiga tilakdoshmiz!

@profiuniversity
📺 Birgalikda multfilm ko‘ramiz!

Bugun, 1-iyun - Bolalar kuni! Bugungi kun qahramonlari, albatta, har bir oilaning kichkintoylari hisoblanadi. "Profi University" ham ular uchun sovg‘a tayyorlab qo‘ygan.

😎 Takrorlanmas taassurot beruvchi va eski xotiralarni yodga soluvchi 3 "shedevr" multfilm yodingizdami?

1. "Tepaga" (2009) - sevimli ayoli bilan bir umr sayohat qilishni orzu qilgan, ammo ayolisiz havo sharlari yordamida dunyo kezgan Karl buva haqidagi multfilm.
2. "Koko siri"(2017) - 12 yoshli Migelning o‘liklar dunyosidagi sarguzashtlari tasvirlangan multfilm.
3. "Muzlik davri" (2002) - mamont, yalqov va yo‘lbars uchligi qatnashgan afsonaviy multikomediya. (Darvoqe, har bir qismi o‘zgacha zavqli!)

Bu multfilmlarni farzandlaringiz, kichik yoshdagi uka yoki singillaringiz bilan birgalikda oilaviy tomosha qilsangiz bo‘ladi. Yoki shunchaki Siz ham qachonlardir bola bo‘lganingizni eslab, o‘zingizni shu multfilmlar orqali bayram bilan tabriklang!

📌 Yana bir bor bolalar kuni bilan!

@profiuniversity
HTML Embed Code:
2024/06/01 22:51:49
Back to Top