TG Telegram Group Link
Channel: Mezana xalqaro ilmlar akademiyasi (Istanbul)
Back to Bottom
🫥 SHAYTONNING ADOVATI

Alloh taolo aytadi: «Ey mo‘minlar, shaytonning izidan ergashmanglar! Kim shaytonning izidan ergashsa, bas, albatta, (shayton) buzuqlik va yomonlikka buyurur. Agar sizlarga Allohning fazlu marhamati bo‘lmasa edi, sizlardan biror kishi (biron gunohdan) pok bo‘lmas edi. Lekin Alloh (fazlu marhamati) bilan O’zi xohlagan kishini poklar. Alloh eshitguvchi, bilguvchidir» (Nur surasi, 21-oyat).

Xabarlarda kelishicha, namoz vaqti bo‘lganda iblis alayhi la’na o‘z lashkarlariga odamlarning oldiga borib, ularni namozdan chalg‘itishga buyurarkan. Shaytonlar namoz o‘qishni xohlab turgan odamlarning oldiga kelib, ularni vasvasa qiladi, hatto namoz vaqti o‘tib ketganini sezmay qolishadi. Agar bunga qodir bo‘lmasa, namozda ruku’, sajda, qiroat va tasbehlarni komil qilishga xalaqit beradi. Agar buni uddalay olmasa, ularning qalbini dunyoviy ishlar bilan mashg‘ul qilib qo‘yadi. Bularning barchasiga qodir bo‘lmagach, xastalanib, umidsizlangan holatda qaytib ketadi. Iblis esa bu shaytonning qo‘l-oyog‘ini bog‘latib, dengizga uloqtiradi. Bordi-yu yuqoridagilardan birortasini eplasa, uni izzat-ikrom qiladi.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: «Odam bolasi uchun shaytondan bir vakil, farishtadan bir vakil bo‘lib, shaytonning vakili yomonlik va yolg‘onga, farishtaning vakili esa yaxshilik va rostlikka chaqiradi. Kim buni sezsa, Alloh tarafidan ekanini bilsin va Unga hamd aytsin. Kim avvalgisini sezsa, toshbo‘ron qilingan shaytondan panoh tilasin». Farishta ham, shayton ham inson qalbini ilhomlantiradi. Faqat farishtaniki ilhom, shaytonniki vasvasa deyiladi.

Abu Lays Samarqandiy aytadilar: «Bilgilki, sening to‘rtta dushmaning bo‘lib, ularning har biri bilan kurashishga muhtojsan.
Birinchisi dunyodir
. Zero, Alloh: «Dunyo hayoti sizlarni aldab qo‘ymasin», degan.

Ikkinchisi nafsing
, u dushmanlarning eng yomonidir. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Dushmanlaringning eng yomoni o‘zingning nafsingdir», deganlar.

So‘ngra jinlardan bo‘lgan shaytondirki
, Allohdan uning yomonligidan panoh berishini so‘ra. Zero, Qur’oni karimda: «Albatta, shayton sizlar uchun ochiq-oydin dushmandir», deyilgan.

To‘rtinchisi odamlardan bo‘lgan shaytonlardir
, ulardan ehtiyot bo‘l. Chunki u jinlardan bo‘lgan shaytondan ham qo‘rqinchliroqdir. Jinlardan bo‘lgan shaytonlar faqat vasvasa bilan adashtirsa, odamlardan bo‘lgan shaytonlar yuzma-yuz turib adashtiradi».

➡️ "Durratun nosihiyn" kitobidan. Foydali deb bilsangiz, yaqinlaringizga ulashing.

@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥 Talabaning ilm olishdan maqsadi nima bo‘lishi kerak?

Bugungi kunda odamlarni chalg‘itib qo‘ygan zamonaviy vositalar – kompyuter dasturlari bilan ishlash ilm deb hisoblanadigan bo‘lib qoldi. Ba’zilar ulardan foydalanish bilan o‘zlarini hofizul Qur’on, mujtahid olim deb o‘ylay boshlashadi. Natijada turli masala xususida shayx va ulamolarga murojaat qilinmay qo‘yildi. Bu holat Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Odamlar johillarni boshliq qilib olishadi, ulardan savol so‘raladi. Ular ham odamlarga ilmsiz ravishda fatvo berib, o‘zlari adashadi va ularni ham adashtiradi» degan muborak so‘zlarini tasdiqlaydi.

Bundan ham achinarlisi esa biror kitob yoki qo‘lyozma haqida umumiy ma’lumotdan boshqa hech narsani bilmaydigan ba’zi kishilar ushbu ishlari bilan o‘zlarini ulamolar murojaat qiladigan mutaxassis darajasiga ko‘tarildim deb o‘ylashadi. Ilm esa oliy va umuman boshqa narsa. Ilm yodda saqlash, fahmlash, amal qilish, tatbiq etish, ilmi bilan xulqlanish, Allohga qullik, parhezkorlik, sobitqadamlik, nafsni hisob qilish, Allohga yaqin bo‘lish, anbiyolar sayyidining yo‘li bilan hidoyatlanish va u zotning ashoblari va yaxshilikda ularga ergashganlar siyratiga ergashishdir.

Binobarin, hech narsa talabani ilmiga amal qiluvchi ulamolar suhbatidan behojat qila olmaydi. Chunki ular so‘zlovchi kitobdir. Agar bironta odam: «Nima uchun ilmni yod olgan, o‘rgangan va sifatlangan kishilarni olim, hofiz va faqih deb ataysiz? U siz nomlagan va sifatlagan narsalar uzra emas-ku?» desa, men unga aytamanki: «Men unday kishilarni «Bahjatun-nufus»ning sohibi, parhezkor imom Abu Muhammad ibn Abu Jamra Andalusiy (vafoti hijriy 699 yil) nomlaganlari kabi nomlayman. U zotning shogirdi Ibn Hojj o‘zining mashhur «Madhal» nomli kitobida bunday hikoya qiladi:

«Sayyidim Abu Muhammad ibn Abu Jamraga o‘z davrining ulamolaridan, olim, hofiz yoki faqih nisbati berilgan bir kishi amali ozligi bilan zikr qilinsa, ilmning fazilati tufayli unga maqtov aytib, ilm mansabiga ahl bo‘lmagan kishiga ilm nisbatini berishdan va yolg‘on gapirishdan qo‘rqib, uni «rivoyat qiluvchi» der edi. Chunki rivoyat qiluvchi haqiqatdan ham olim sanalmaydi, balki u xodimlardan biridir».

Atoqli alloma shayx Muhammad Avvoma hafizahullohning tolibi ilmlarga qilgan nasihatlaridan (Davomi bor)...

➡️Foydali deb bilsangiz, yaqinlaringizga ulashing.

@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥 QUR’ONI KARIM QIROATINING FAZILATI 2-qism

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam shunday marhamat qilganlar: «Isro kechasida Alloh menga aytdi: «Ey Muhammad! Ummatingizga buyuringki, uch toifa odamlarni ikrom qilishsin: ota-onalarini, olimlarni va hofizi Qur’onlarni. Ey Muhammad! Ummatingizni ogohlantiringki, kim ularni yomon ko‘rsa va xorlasa, unga Mening g‘azabim qattiq bo‘ladi. Ey Muhammad, ahli Qur’on mening ahlimdir. Dunyo ahlini ikrom qilganimdan ularni dunyoda sizning huzuringizga qo‘ydim. Agar Qur’on ularning qalblarida o‘rnashmaganida edi, dunyo ahlini halok qilgan bo‘lardim. Ey Muhammad! Hofizi Qur’onlar qiyomat kuni azoblanmaydilar va hisob-kitob qilinmaydilar. Ey Muhammad! Jannat uch toifaga muhtojdir: sizga va sizning sahobalaringiz Abu Bakr bilan Umarga hamda hofizi Qur’onga». Boshqa bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Sizlarning eng yaxshilaringiz Qur’onni o‘rganib, boshqalarga o‘rgatganlaringizdir», deganlar.

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim Allohning kitobidan bir harfni o‘qisa, uning uchun bir hasanot bo‘lib, u o‘n barobar ziyoda qilinadi. Men «Alif, lom, mim»ni bir harf demayman, balki «alif» bir harf, «lom» bir harf, «mim» bir harf deyman», dedilar.

Umar ibn Xattob raziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladilar: U kishi aytdilar: «Alloh Qur’oni karim bilan ba’zi qavmlarning martabasini ko‘taradi, ba’zi qavmlarni xor qiladi».

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qiladilar: «Alloh taolo aytdi: «Kimni Qur’on o‘qish Meni zikr etish va duo qilishdan mashg‘ul etib qo‘ysa, Men unga Mendan iltijo qilib so‘rayotganlarga berayotganimdan ham afzalini beraman». Alloh kalomining boshqa kalomlardan afzalligi Allohning o‘z mahluqotidan afzalligi kabidir».

Anas raziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qur’on o‘qiydigan mo‘min apelsinga o‘xshaydi, hidi ham xushbo‘y, ta’mi ham shirin, Qur’on o‘qimaydigan mo‘min xurmoga o‘xshaydi, ta’mi shirin, hidi yo‘q. Qur’on o‘qiydigan fojir rayhonga o‘xshaydi, ta’mi achchiq, hidi xushbo‘y. Qur’on o‘qimaydigan fojir achchiq tarvuzga o‘xshaydi, ta’mi achchiq, hidi yo‘q. Solih suhbatdosh mushk sotuvchiga o‘xshaydi, agar u bilan o‘tirsang, mushkidan bermasa ham, hidi senga urib qoladi. Yomon suhbatdosh bosqinchiga o‘xshaydi, agar uning yomonligi senga tegmasa ham, uning tutuni urib qoladi», dedilar.

Abu Umoma raziyallohu anhu aytadilarki, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Qur’onni o‘qinglar, chunki u qiyomat kuni o‘z egasini shafoat qiladi», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deydilar: «Kim birodarining hojatini chiqarish yo‘lida bo‘lsa, Alloh uning hojatini chiqaradi. Kim dunyoda musulmon birodarining aybini yopsa, qiyomat kuni Alloh uning aybini yopadi».

➡️ "Durratun nosihiyn" kitobidan. Foydali deb bilsangiz, yaqinlaringizga ulashing.

@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥 Talabaning ilm olishdan maqsadi nima bo‘lishi kerak?

Shar’iy ilm, Muhammad alayhissalom qoldirgan meros faqatgina xotirada saqlab qo‘yish, mav’iza va yig‘ilishlarda gapirish uchun emas, balki haqni haqqa, botilni botilga chiqarish uchun, unga amal qilish, uni tarqatish, kelgusi avlodga gard yuqmagan, havoi nafs istaklari va shaxsiy g‘oyalar bilan loyqalanmagan holda, sog‘lom va musaffo holatda meros qoldirish va yetkazib berish uchun ta’lif qilingan.

Ibn Abu Shayba rahimahulloh Zayd Ibn Arqam, Abu Hurayra, Ibn Mas’ud, Anas, Habib ibn Abu Sobit va Ibn Amr roziyallohu anhumdan mursal holda: «Manfaatsiz ilmdan Allohdan panoh so‘rang» degani rivoyat qilingan. Jobir roziyallohu anhudan ham: «Allohdan manfaatli ilmni so‘rang va manfaatsiz ilmdan panoh tilang», degani rivoyat qilingan.

Alloh taolodan manfaatli ilm so‘rash va manfaatsiz ilmdan panoh tilashdan – ilmning uchinchi turi ham bor ekani anglashiladi. O‘sha turi zararli ilmdir. Manfaatsiz ilm – manfaat ham, zarar ham bermaydigan ilmdir. U ilm aslida zararli. Befoyda ilmni o‘rgangan kishi o‘ziga ato qilingan narsalar – mol-mulk, vaqt, kuch-qudratni oxiratiga manfaat bermaydigan narsaga sarflagan bo‘ladi. Bunday yo‘l tutish haqiqatda zararli hisoblanadi. Banda manfaatsiz narsa xususida Allohdan panoh so‘rashidan ko‘ra, zarar keltirishi aniq bo‘lgan narsadan panoh so‘rashi a’loroqdir.

Manfaatli ilm sizni amal qilishga, solih amallar bilan Alloh taologa yanada yaqin bo‘lishga chorlaydi, qalbingizni nurga to‘ldiradi, nafsingizni tarbiyalaydi. Natijada har qanday kattayu kichik ish qarshisida Nabiy sollallohu alayhi vasallam va u zotning sodiq izdoshlari kabi yo‘l tutadi. Allohim, bizlarni ham mana shu ne’mat ila aziz va mukarram qilgin!

Atoqli alloma shayx Muhammad Avvoma hafizahullohning tolibi ilmlarga qilgan nasihatlaridan

➡️Foydali deb bilsangiz, yaqinlaringizga ulashing.

@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💿 HADIS ILMINING FAZILATLARI HAQIDA

1. Hadis ilmi Qur’oni Karimdan keyingi eng afzal ilm

Qur’oni Karimdan keyin mavzusi, maqsadi va g‘oyasi e’tiboridan eng sharafli va afzal ilm hadis ilmidir. Hatto jumhur muhaddis va mutakallim ulamolar nazdida, tafsir ilmidan ham hadis ilmi afzal ekan. Chunki tafsir ilmining mavzusi harf va tovushdan iborat, hodis bo‘lgan lafziy kalomdir. Hadis ilmining mavzusi yuqorida aytilganidek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zotlaridir. Barcha ulamolarning ittifoqiga ko‘ra Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zotlari barcha maxluqotlardan, hatto Arsh, Kursiy va Baytulloxdan ham afzaldir. Aynan mavzusining afzalligi e’tiboridan tafsir ilmidan hadis ilmini ustun ko‘rishgan. Chunki ilmning sharofati uning mavzusiga qarab belgilanadi.

2. Payg‘ambar alayhissalom hadis o‘rganib, uni boshqalarga yetkazgan kishilarni duo qilganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan hadis o‘quvchilarga, uni o‘qitganlar va yetkazganlarga nihoyatda ko‘p duolar kelgan. Bu esa ulug‘ saodatdir. Bu haqida hadisi sharifda shunday deyilgan:

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deyayotganlarini eshitdim: «Mendan bir narsa eshitib, uni eshitganidek yetkazgan kishini Alloh ne’matlantirsin. Gohida yetkazilgan kishi eshituvchidan ko‘ra saqlaguvchiroq bo‘ladi» (Termiziy rivoyat qilgan va «bu hadis hasan, sahih», deb aytgan).

Bu degani ba’zilar muhaddis bo‘lsada, faqih bo‘lmasligi mumkin. Faqihlar o‘sha muhaddisdan hadisni olib, undan ahkomlar chiqarishlari mumkin. Bu o‘rindagi bizga e’tiborli jihat Rasululloh sollallohu alayhi vasallam taraflaridan hadisni eshitgan, uni yetkazgan kishilarga duo qilinmokda. Bu ham mazkur ilmning fazilati hisoblanadi.

Valiyuddin Xatib at-Tabriziyning "Mishkot al-Masobix sharhi"kitobidan (Davomi bor)...

➡️Foydali deb bilsangiz, yaqinlaringizga ulashing.

@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💿 HADIS ILMINING FAZILATLARI HAQIDA

3. Hadis ilmi bilan mashg‘ul bo‘lganlar payg‘ambarimiz alayhissalomga o‘rinbosar bo‘ladilar.

Bu haqida hadis sharifda shunday deyilgan:

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ey Alloh, mening o‘rin-bosarlarimga rahm qilgin», dedilar. Biz: «Ey Allohning Rasuli, o‘rinbosarlaringiz kimlar?» dedik. U zot: «Hadislarimni rivoyat qilib, uni insonlarga ta’lim beradigan kishilardir», dedilar (Tabaroniy «Mu’jamul Avsat»da rivoyat hilgan).

Bundan ma’lum bo‘ladiki, hadisni o‘rganish, uni tarqatish, odamlarga yetkazish va ta’lim berish Payg‘ambar alayhissalomga o‘rinbosarlik nishonasi ekan. Chunki u zotning asosiy vazifalari Islomni yetkazish edi. Hadisni yetkazish bilan esa, Islomni yetkazishning eng muhim qismlaridan biri amalga oshadi.

4. Hadis ilmi bilan shug‘ullangan kishi, Nabiy alayhissalomga ko‘p salavot aytgani uchun u zotga qiyomat kuni eng yaqin kishilardan bo‘ladi.

Bu haqida hadisi sharifda shunday deyilgan:

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qiyomat kunida insonlarning menga eng yaqinrog‘i, menga eng ko‘p salavot aytganidir», dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Hadis o‘qigan kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘p-roq salavot aytadi. Kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ko‘proq salavot aytsa qiyomat kuni U zotga ko‘proq yaqin bo‘lar ekan.

5. Hadis va sunnatning fazilati borasida ulamolarning aytgan fikrlari.

Abu Hanifa rahimahulloh: «Agar sunnat bo‘lmaganda hech birimiz Qur’onni tushunmas edik», deganlar.

Imom Shofe’iy rahimahulloh: «Imomlar aytgan so‘zning hammasi sunnatning sharhi. Sunnat aytgan so‘zning hammasi Qur’onning sharhidir», deganlar.

Dovud Zohiriy: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini bilmagan, uning sahihidan saqimini (ya’ni sahih bo‘lmaganini) ajrata olmagan kishi olim emas», deganlar.

Abdulloh ibn Muborak rahimahulloh: «Isnod dindandir. Agar isnod bo‘lmasa xohlagan kishi xohlagan gapini aytardi», deganlar.

Islomning fazilatlaridan biri bu - sanad (ya’ni rivoyat qil-guvchi shaxslar silsilasini to‘liq bayon qilish)dir. Agar shu sanadni to‘liq bayon qilish bo‘lmaganida, istagan kishi istagan so‘zini aytardi. Shuning uchun ham biror kishi bir gapni gapirsa, undan «Qani, bu gapni qayerdan olding? Uning sanadi qanday?» deb so‘raladi. Agar aytilgan so‘zning sanadi ishonchli bo‘lsa qabul qilinadi, aks holda qabul qilinmaydi.

Valiyuddin Xatib at-Tabriziyning "Mishkot al-Masobix sharhi"kitobidan

➡️Foydali deb bilsangiz, yaqinlaringizga ulashing.

@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zulqa’da oyi muborak bo‘lsin!

Zulqa’da nima degani? Lug‘atda “makonga qaytadigan”, “joylanib olinadigan” degan ma’noni anglatadi.
 
Zulqa’da – shahrul harom.
Zulqa’da oyi to‘rt harom oylardan biri bo‘lib, bu oyda jang va urushlar harom qilingan. (To‘rt harom oylar zulqa’da, zulhijja, muharram va rajab). Johiliyat davrida ham bu oyda urush boshlamasdilar. Hatto farzand o‘z otasining qotilini ko‘rganda ham bu oyning hurmatidan unga biror so‘z aytmasdi.
 
Zulqa’da – hijriy taqvimning o‘n birinchi oyi. Bu oy shavvoldan keyin va zulhijjadan oldin keladi.
 
Bu yilgi Zulqa’da oyi qachondan boshlanadi?
Bu yil (2024) Zulqa’da oyining birinchi kuni 9 may kunidan boshlanishi kutilmoqda, inshaAlloh.
 
Qur’oni karimda Zulqa’da oyi...
Alloh taolo Qur’oni karimda bunday marhamat qiladi: “Albatta, Allohning kitobida oylarning soni Allohning huzurida osmonlaru yerni yaratgan kuni o‘n ikki oy qilib belgilangan. Ulardan to‘rttasi (urush qilish) harom (oylar)dir. Mana shu to‘g‘ri dindir. U(oy)larda o‘zingizga zulm qilmang. Mushriklarga qarshi jam bo‘lib, ular sizga qarshi jam bo‘lib urushayotgandek, urush qiling. Va bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir” (Tavba surasi, 36-oyat).

➡️Foydali deb bilsangiz, yaqinlaringizga ulashing.

@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💿 Imom Abu Hanifa o‘z ustozini to vafot etguniga qadar lozim tutdi. O‘zi alohida dars halqasi tashkil qilmadi, fatvo berishni boshlab yubormadi.

IMOMI A’ZAM RAHMATULLOHI ALAYHNING HAYOTLARI, IJODLARI VA ULAMOLAR NAZDIDAGI MARTABALARI


Hanafiy mazhabi asoschisi, ilm-u taqvoda ummat peshvosi, islom dunyosida Imomi A’zam nomi ila mashhur bo‘lgan Abu Hanifa Noʻmon ibn Sobit al-Kufiy rahmatullohi alayh 80/699-yil Kufa shahrida (hozirgi Iroq davlati hududida joylashgan) tavallud topib, 150/767-yil vafot etganlar ("Tarixi Bag‘dod” kitobi). Olimning o‘sha vaqtlar ilm-u ma’rifat gullab yashnagan ushbu shaharlarda dunyoga kelishi ham uning Imomi A’zam bo‘lib yetishishiga katta ta’sir o‘tkazdi.

Abu Hanifa obro‘li, boy, solih parhezkor oilada o‘sdi. U ota-onasining yolg‘iz farzandi edi. Otasi gazlamachi bo‘lib, Kufadagi do‘konida kiyim sotardi. Abu Hanifa ham ota kasbini davom ettirdi. U zot Qur’oni Karimni yoshligida yod olgan solih va ziyoli zot edi. Abu Hanifa o‘sha davrning allomasi Sha’biyga yo‘liqqunga qadar do‘konda otasi bilan birga savdo qildi. Sha’biy bilan ko‘rishish imom Abu Hanifaning hayotida juda katta yaxshilik debochasi bo‘ldi.

Voqeani Abu Hanifaning o‘zi hikoya qilib shunday deydi: “Bir kuni Sha’biyning oldidan o‘tib qoldim. Shunda u menga: “Kimlar bilan yurasan?" dedi. Men: “Bozorda ishlayman" dedim. U: “Bozorni aytmayapman, balki, ulamolarning suhbatini nazarda tutayapman" dedi. Men: “Ularning halqalariga kam aralashaman", deb javob berganimda: “Undoq qilma! Ilmga nazar sol! Ulamolar majlisiga bor! Men senda sergaklik va harakatni ko‘ryapman", dedi. Sha’biyning aytganlari menga ta’sir qildi. Shundan so‘ng bozorga borishni tark kilib, ilm olishni boshladim. Uning so‘zi ila Alloh taolo meni manfaatlantirdi" ("Al-aimmatu-l-arba’a” kitobi).

Shu tariqa, buyuk imom dastlab kalom ilmi tahsili bilan mashg‘ul bo‘lib, uni yaxshi o‘zlashtirdi, hatto, barmoq bilan ko‘rsatiladigan darajaga yetdilar. Hijriy 102-yildan ya’ni yigirma ikki yoshidan e’tiborini to‘laligicha fiqhni o‘rganishga qaratdi. O‘sha kezlar Kufa faqihi sanalgan Hammod ibn Abu Sulaymonga shogird tushdi. Uning dars halqasini to ustozi vafot etgunga qadar tark etmadi. Shuningdek, Abu Hanifa zamonasining juda ko‘plab ulamolaridan ilm olgan bo‘lib, ularning adadi to‘rt ming bo‘lgan, deyiladi. Ustozlaridan eng mashhurlari: Hammod ibn Abu Sulaymon, Ato ibn Abu Raboh, Nofe’ va Ikrima rahmatullohi alay-himlar.

Hijriy 120-yilda Hammod ibn Abu Sulaymon vafot etgach, uning dars halqasini Abu Hanifa rahmatullohi alayh olib bordilar. Bu vaqtda imomning yoshi qirqda edi. Aql-u zakovati shu qadar yuqori, chuqur ilm sohibi bo‘lishiga qaramasdan Imom Abu Hanifa o‘z ustozini to vafot etguniga qadar lozim tutdi. O‘zi alohida dars halqasi tashkil qilmadi, fatvo berishni boshlab yubormadi. Bizning hozirgi alg‘ov-dalg‘ov zamonamiz-da, har bir soha vakili, xususan, tolibi ilmlar buyuk imomning mana shu xislati ila sifatlanishga juda muhtojdir.

➡️Foydali deb bilsangiz, yaqinlaringizga ulashing.

@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💿 Ilmni bahslashish uchun o‘rganilishining xatarlari

Ka’b ibn Molik roziyallohu anhu rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim ilmni ulamolar bilan raqobatlashish yoki esipastlar bilan bahslashish yoki insonlar nigohini o‘ziga qaratish uchun talab qilsa, Alloh uni do‘zaxga kiritadi», dedilar» (Imom Termiziy rivoyat qilgan).

Sharh: Hadisning xulosasi shuki, kim din ilmini dunyoviy biror maqsad uchun o‘rgangan bo‘lsa, abadiy bo‘lmasa-da do‘zaxga ravona bo‘ladi. Bunday insonlarning maqsadlari ulamolar bilan tortishish, johil kimsalar bilan janjal qilish yoki insonlar e’tiborin qozonish bo‘ladi. Bu toifadagi insonlarni Alloh taolo jahannamga doxil qiladi.

Valiyuddin Xatib at-Tabriziyning "Mishkot al-Masobix sharhi"kitobidan (Davomi bor)...

➡️Foydali deb bilsangiz, yaqinlaringizga ulashing.

@Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yozni xorijda mazmunli o'tkazishni istaganlarni Istanbuldagi "Mezana xalqaro ilmlar akademiyasi"ning yozgi kurslariga taklif qilamiz!

Ko'plab talablarga binoan farzandlarimiz uchun har bir musulmon bilishi zarur bo'lgan islom ilmlarini o'rgatish maqsadida "Dinimizni o'rganamiz" yozgi kurslari tashkil qilindi! Ushbu kursda farzandlarimizga islom dinidan dastlabki tushuncha va saboqlar berilishi maqsad qilingan.

✍️ Mazkur "Dinimizni o'rganamiz" kursi 12 yoshdan katta bo’lgan o'g‘il bolalarga mo’ljallangan.
Malakali va tajribali ustozlar quyidagi fanlardan ta'lim berishadi:

1. Qur'oni karim va tajvid (Harflarni to'g'ri talaffuz qilish va yodlash)
2. Siyrat;
(Payg'ambarimizning o'rnak hayotlari. "Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" kitobi asosida)
3. Aqida;
(Boshlang'ich va zaruriy e'tiqod saboqlari)
4. Fiqh;
(Ibodatga oid boshlang'ich va zaruriy ilmlar)
5. Odob-axloq
(Islom odoblari).

Darslar ishonchli manbalar asosida, amaliy va nazariy tarzda o’rgatiladi.

💫 Bundan tashqari, tinglovchilarimiz uchun:

Istanbuldagi mashhur Ayo Sofiya masjidi,
Ulug' sahobiy Abu Ayyub Ansoriy maqbaralari,
Istanbul fotihi Sulton Muhammadxon masjidi va maqbarasiga ziyorat,
Qalin o'rmonzorlarda pikniklar va Qora dengiz bo'yiga sayohat ham rejalashtirilgan.

💯 Farzandlaringiz kurs davomida 24 soat ustoz va murabbiylar nazoratida bo'ladi. Nonushta va ikki mahal ovqat bilan ta'minlanadi.

📆 Mashg'ulotlar 10-iyundan boshlanadi.

💸 Kurslar pulli.

📑 Kerakli hujjatlar: Tug’ilganlik haqida guvohnoma yoki pasport, ota-onalarning rozilik xati, bog'lanish uchun telegram raqam.

Batafsil ma'lumot uchun:
✈️ Telegram orqali: @mezanamanager
📞 Telefon orqali: +905065443779

Manzilimiz: @Mezanauz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farzandlaringiz yozgi ta’tilni Istanbulda samarali ta’lim bilan oʻtkazishiga nima deysiz?

😊 Aksariyat ota-onalar bolalarining yozgi ta’tilda bekor qolishidan xavotir oladilar. Ularni foydali mashgʻulot bilan, xususan, diniy ilm bilan band boʻlishlarini istaydilar.

Biz esa shu maqsadda 2,5 oyga moʻljallangan “Dinimizni oʻrganamiz” dasturini tashkil etdik.

Dastur doirasida malakali ustozlar tomonidan quyidagi yoʻnalishlarda dars beriladi:

Qur'oni karim va tajvid — harflarni to'g'ri talaffuz qilish va yodlash;
Siyrat — Payg'ambarimizning o'rnak hayotlari. "Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" kitobi asosida;
Aqida — Boshlang'ich va zaruriy e'tiqod saboqlari;
Fiqh — Ibodatga oid boshlang'ich va zaruriy ilmlar;
Odob-axloq — Islom odoblari.

🌍 Bundan tashqari, mashgʻulotlar davomida quyidagi manzillarga sayohatlar tashkil etiladi:

• Ayo Sofiya masjidi,
• Ulug' sahobiy Abu Ayyub Ansoriy maqbaralari,
• Istanbul fotihi Sulton Muhammadxon masjidi va maqbarasiga ziyorat, 
• Qora dengiz bo'yiga sayohat va qalin o'rmonzorlarda pikniklar

Dasturga qabul qilish uchun quyidagi hujjatlar kerak boʻladi 📝

— tug’ilganlik haqida guvohnoma yoki pasport;
— ota-onalarning rozilik xati;
— bog'lanish uchun telegram raqam. 

❗️Qabul 5-iyunga qadar davom etadi.

Darslar 10-iyundan 25- avgustga qadar davom etadi.
Oʻquvchilar 24 soat davomida nazorat qilinadi. Nonushta va 2 mahal ovqat bilan ta’minlanadi.

Siz ham farzandingiz yozgi ta’tilda foydali mashgʻulot bilan band boʻlishini istasangiz, albatta, murojaat qiling:

@mezanamanager | +905065443779
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон!

Имомлар ва диний мутахассислар учун махсус курс!

Мезана халқаро илмлар академиясида 2 ойлик малака ошириш курси ташкил қилинди.

Энди сизда ушбу курсда ўқиб, билимингизни янада кенгайтириш имкони мавжуд.

Дарслар ишончли дастур асосида тузилган бўлиб, катта устозлар томонидан олиб борилади.

Курс давомида фиқҳ, усулул фиқҳ, тасаввуф, ҳадис, ислом молияси каби илмлар чуқур ўргатилади.

Дарслар 20-июндан 20-августгача онлайн тарзда бўлиб ўтади.

Илм талаб қилиш афзал ибодатлардан эканлигини ёдга олган ҳолда сизларни малака ошириш курсига таклиф этамиз.

Мурожаат учун:
Телефон: +90-506-239-73-21
Телеграм:
@Mezanacourses
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📣 Қурбонлик қилмоқчи бўлганларга мусофир олим ва талабаларни далолат қиламиз.

Маблағингиз эвазига номингиздан қурбонлик сўйилади ҳамда мусофирчиликдаги муҳтож илм эгалари ва талабаларга тарқатилади.

☎️ Мурожаат учун:
+998944446688 телефон
+905062397321 телеграм
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tashriq takbiri va tashriq kunlari

Arafa kuni bomdod namozi o‘qilgandan boshlab, to tashriq kunlarining oxirgi kuni quyosh botgunga qadar har farz namozi ortidan jahriy tarzda takbiri tashriq aytiladi. Va buning hukmi vojibdir. Ayollar maxfiy ravishda ya’ni ovozni baland qilmasdan aytadilar. 

Uning ko‘rinishi quyidagicha: “Allohu akbar, Allohu akbar, laa ilaaha illallohu vallohu akbar, Allohu akbar, va lillaahil-hamd”.

Tashriq kunlari hayit kunidan keyingi uch kun hisoblanadi.

Bu kunlarning tashriq kunlari deyilishiga sabab shuki, «tashriq» so‘zi arab tilida biron narsani oftobga yoyib, qoqi qilish degan ma’noni anglatadi. Odamlar mazkur kunlarda kelgusiga g‘amlab qo‘yishga mo‘ljallangan qurbonlik go‘shtlarini buzilib qolishidan saqlash uchun bo‘laklarga bo‘lib oftob nuriga yoyib, quritar edilar. Shuning uchun, bu kunlar tashriq kunlari deb ataldi. Shu bois, bu kunlarda aytiladigan takbir ham «tashriq takbiri» deb yuritildi.

Alloh taolo marhamat qiladiki: “Sanoqli kunlarda Allohni zikr qilingiz!” (Baqara surasi, 203-oyat). Mufassirlar bu «sanoqli kunlarni» tashriq kunlari deydilar.

Demak, takbiri tashriq arafa kuni bomdod namozining farzidan so‘ng aytish boshlanadi va hayitning to‘rtinchi kuni asr namozidan so‘ng oxirgi takbiri tashriq aytiladi. Shunda besh kun davomida umumiy 23 ta namozdan so‘ng takbiri tashriq aytilgan bo‘ladi.

Alloh taolo marhamat qiladiki: “Sanoqli kunlarda Allohni zikr qilingiz!” (Baqara surasi, 203-oyat). Mufassirlar bu «sanoqli kunlarni» tashriq kunlari deydilar.

Iyd kuni namozga chiqib ketilayotganda ham ushbu takbirlarni aytish mustahab hisoblanadi.

Ammo, uni jahriy ya’ni o‘zgalarga eshitiladigan tarzda oshkora aytish vojib ba’zi qavllarda esa sunnatdir.

Iydul-Azhoning birinchi kuni doxil tashriq kunlarida ro‘za tutish man etiladi. Chunki bu kunlar yeb-ichib, chinakam bayram qilinadigan kunlardir.

Nubaysha al-Huzaliy raziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qilib dedilar: “Tashriq kunlari yeyish-ichish va Allohni zikr qilish kunlaridir!” (“Sahihi Muslim”).

Bayram va tashriq kunlarida ro‘za tutish hanafiy mazhabiga ko‘ra tahrimiy makruh sanaladi. Ya’ni, bu kunlarda ro‘za tutgan inson gunohkor bo‘ladi ammo, ro‘zasi durust bo‘ladi, vallohu a’lam.

@Mezanauz
HTML Embed Code:
2024/06/26 18:21:06
Back to Top