TG Telegram Group Link
Channel: Bandlik Vazirligi
Back to Bottom
❗️Bugundan O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti boshqaruv kengashida o‘z ovoziga ega

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Jenevada Xalqaro mehnat konferensiyasining 112-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Uning doirasida XMT Boshqaruv kengashiga 2024-2027-yillar uchun a’zo davlatni tayinlash bo‘yicha saylov bo‘lib o‘tdi.

Ovoz berish jarayonlarida 209 davlat ishtirok etdi. Unga ko‘ra O‘zbekiston XMT Yevropa mintaqaviy guruhida 194 ta ovoz oldi va nomzod davlatlardan hisoblangan Avstriya, Xorvatiya, Kipr, Vengriya, Niderlandiya va Daniya orasida 1-o‘rinni egalladi.

Bu voqeani haqli ravishda tarixiy desa bo‘ladi, sababi O‘zbekiston birinchi marta tashkilot siyosati va strategiyalarini amalga oshirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish uchun mas’ul bo‘lgan XMT ijroiya organiga saylandi.

Xalqaro mehnat tashkilotining boshqaruv kengashi uning ijro etuvchi organi hisoblanadi. Kengashning asosiy vazifasi konferensiya sessiyalari davrida tashkilot ishiga rahbarlik qiladi va uning qarorlarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Boshqaruv kengashi tarkibi 56 nafar a’zodan iborat bo‘lib ular ichiga 28 ta hukumat vakili, 14 ta ish beruvchi va 14 nafar ishchi kiradi. Shuningdek, 28 ta davlat vakillari, 19 ta ish beruvchi va 19 ta ishchidan iborat 66 nafar o‘rinbosar mavjud.

XMTning boshqaruv kengashi a’zolarining 10 ta o‘rni doimiy asosda dunyoning yetakchi davlatlari – Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Italiya, Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, AQSH, Fransiya va Yaponiya tomonidan band qilingan.

Kengashning qolgan a’zolari, boshqa davlatlar hukumatlari vakillari har 3 yilda rotatsiya asosida qayta saylanadi.

Konferensiyada Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev o‘z nutqi bilan ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, gender tengligiga erishish va majburiy mehnatga barham berishga qaratilgan islohotlari borasida ma’lumot berib o‘tildi.

Mazkur chora-tadbirlar XMT kun tartibiga to‘liq mos keladi va ijtimoiy adolat, iqtisodiy xavfsizlik hamda imkoniyatlar tengligiga intilishlarni aks ettiradi.

Shuningdek, vazir Behzod Musaev konferensiya doirasida Xalqaro mehnat tashkiloti rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Unda XMТning bosh direktori Jilber Fossum Ungboning joriy yil 8-11-iyul kunlari O‘zbekistonga amalga oshiradigan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish, Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalarini va bayonnomalarini ratifikatsiya qilish bo‘yicha ishlarni davom ettirish, mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish, ipakchilik hamda xizmat ko‘rsatish (jamoat ovqatlanish) sohasida mehnat sharoitlarining mustaqil monitoringini o‘tkazish va boshqa masalalar muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

Konferensiyada Senatning gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi hamda vazirlik mutasaddilari ishtirok etmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Payvandchi, hamshira, haydovchi, oshpaz, quruvchi...

20 dan ortiq kasb egalarini Germaniya, Angliya, Slovakiya, Latviya, Rossiya, Belarus kabi davlatlar ishga taklif etmoqda.

Qaysi kasblar, oylik maoshi qancha, talablari qanday? Barchasi
xorijdaish.uz platformasida.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#buyruq_loyihasi

O'zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining "Mehnat migrantlariga subsidiya, kompensatsiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyrug‘i loyihasi regulation.gov.uz portaliga joylashtirildi.

TAKLIF BERISH ⬅️

🗓 Yakunlanish sanasi: 21/06/2024


Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2024-yilning yanvar-aprel oylarida eng ko‘p ish o‘rni yaratgan tuman (shahar)lar

(Keyingi safar hududlar beshligini e‘lon qilamiz)

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Temir daftar"dan chiqib, 100 ta ish o'rni tashkil etgan g‘ijduvonlik tadbirkor

Ishbilarmon ayolning orzulari katta. Endigi maqsad – mahsulotlarni chet elga eksport qilish.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🇸🇰 Avtokara haydovchilari uchun Slovakiyada ish bor

Rus tilini biladigan, "B" toifadagi haydovchilik guvohnomasi hamda avtokara haydovchisi guvohnomasiga ega yurtdoshlarimizni Slovakiya korxonasi omborxonada haydovchi (vilochniy pogruzchik) yo‘nalishida ishga taklif etmoqda.

▪️oylik ish haqi qo‘lga tegadigani 1080 yevro, ish hajmiga qarab turli bonuslar ham beriladi;
▪️haftada 5 kun ish, (3 ta smena);
▪️xodim tibbiy sug‘urta qilinadi.

Yosh chegarasi 20-45 yosh (erkaklar) etib belgilangan. Sohada 6 oylik tajriba ham talab etiladi.

Ishchi viza hamda Slovakiyaga borish xarajatlari nomzod tomonidan qoplanadi.

Yuqoridagi talablar sizga mos kelsa va xorijda ishlash istagida bo‘lsangiz quyidagi havola orqali 10-iyun soat 15:00 dan 12-iyun 09:00 ga qadar ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

👉Ro'yxatdan o'tish

❗️MUHIM:
👉 Ro'yxatdan o'tish uchun rus tilidan test topshiriladi!
👉Anketaga kasbiy malakani tasdiqlovchi hujjatni (avtokara haydovchisi guvohnomasini) biriktirish shart
.

OneID olish bo‘yicha videoqo‘llanma
Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil yanvar-may oylarida tuman (shahar) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga murojaat qilgan fuqarolarga ko‘rsatilgan xizmatlar:

▪️Murojaat qilgan jismoniy shaxslar - 337 212 nafar;

▪️Jami ko‘rsatilgan xizmatlar - 294 996 ta;

▪️Ishga joylashganlar - 175 829 nafar;

▪️Jamoat ishiga jalb qilinganlar - 46 589 nafar;

▪️Ishsiz deb e’tirof etilganlar (ishsizlik nafaqasi tayinlanganlar) yil boshidan 6 548 nafar;

▪️Kasbiy ta'limga jalb qilinganlar - 64 396 nafar;

▪️Maslahat berilganlar - 1 634 nafar.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#live

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Jenevada Xalqaro mehnat konferensiyasining 112-sessiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Ayni paytda XMTning moliyaviy qo‘mita ish natijalarini tasdiqlash, bosh direktor hamda boshqaruv kengash raisi tomonidan tayyorlangan hujjatlar muhokamasi bo‘lib o‘tyapti.

Kun tartibidan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaevning ma’ruzasi o‘rin olgan.


Konferensiyani jonli ko'rish ushbu havolaga bosing

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
O‘zbek diplomatiyasining yutug‘i

Bundan olti, yetti yil oldin majburiy mehnat, bolalar mehnati haqida hattoki gap ham ocholmas edik.

Bugun-chi? Bugun, O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti Ma’muriy Kengashi a’zosi.

Bu ayni sohada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi natijasi hamdir.

Jenevada o‘tayotgan Xalqaro mehnat konferensiyasining bugungi ish kunida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev so‘zga chiqib, Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktori janob Ungboning “Yangilangan ijtimoiy shartnoma sari” mavzusidagi ma'ruzasi muhokamasida ishtirok etdi. Bu borada O‘zbekiston pozitsiyasini bildirdi.

Alohida ta’kidlandiki, globallashuv jarayonida, mehnat bozoridagi o‘zgaruvchan tendensiyalar turli qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin va bu davrda ijtimoiy adolat - davlat siyosatining asosiy bo‘g‘iniga aylanishi lozim.

Shu nuqtayi nazardan O‘zbekiston tomoni XMT Bosh direktorining ijtimoiy shartnomani yangilash bo‘yicha tashabbusini ma’qullaydi. Shartnomada har bir shaxsning ehtiyojlari, manfaatlari, huquqlari qamrab olingan.

Shuningdek, vazir O‘zbekiston XMTning majburiy mehnat, diskriminatsiya, tripatizm va jamoaviy bitimlarning oldini olishga qaratilgan strategiyasi hamda fundamental tamoyillarni amalga oshirish borasidagi say’i-harakatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Mehnat munosabatlari sohasidagi tarixiy sana. O‘zbekiston birinchi marta Xalqaro mehnat tashkiloti Ma’muriy Kengashi a’zosi bo‘ldi.
——————-

Узбекистан вошёл состав Административного совета МОТ.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Hushyor bo‘ling, firibgar firmalar bor

Ularning qonuniy faoliyat olb borayotganini qayerdan bilish mumkin?

👉ushbu havolaga kiring

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ishlash kerak, ishlash...

"Hech narsa qo‘limdan kelmaydi, eplay olmayman" deb o‘ylayapsizmi? Unda videoni ko‘ring!

Ilyosbek Turg'unov nogiron bo‘lishiga qaramay, oyiga 5-6 million so‘m daromad topmoqda.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
2024-yilning yanvar-aprel oylarida eng ko‘p ish o‘rni yaratgan hududlar TOP-5

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Е’tirof, O‘zbekiston Xalqaro mehnat tashkiloti Ma’muriy Kengashi a’zosi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboyeva ushbu tarixiy voqeagacha bosib o‘tilgan yo‘lni batafsil so‘zlab berdi.

👉Youtube orqali ko‘rish

Sayt
| Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
HTML Embed Code:
2024/06/11 17:22:09
Back to Top