TG Telegram Group Link
Channel: Ma'rufjon Blogi
Back to Bottom
To'g'risini aytsam, oxirgi shovqinlar tezroq tinishini kutyapman. Sokinlashgach, keyin haqiqatni bilib olsa bo'ladi. Hozir hamma eyforiyada turibdi.
"Mutolaa" loyihasining taqdimot marosimiga taklif qilishdi.

Lohiyaning kelajagi bor. Nasib etsa boramiz

@marufjonblogi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buni yozmasa bo'lmaydi!

O'zbekiston Olimpiyada terma jamoasi o'z tarixida ilk marta Olimpiada o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritdi 🔥🔥🔥

Parij-2024 🏆

@marufjonblogi
Konsta va Jerom Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” asari

So‘nggi yillarda o‘zbek rep olamida yangi inqilob yuzaga keldi. Reperlar o‘z ustida ishlab, turli yo‘nalishlarda eshituvchilarga yoqadigan musiqalarni taqdim eta boshladi. Albatta, bu juda yaxshi. Paytida rep faqat Shoxrux, Shaxriyor va Radius 21 dan iborat edi degan stereotip shakllanayotgandi. Endi esa yangidan-yangi nomlar paydo bo‘lyapti. Ular ichida Konstaning ijodini alohida e’tirof etish zarur.

Konsta yangi chiqqan ijodkor emas. Zero, shaxsan o‘zim uning treklarini 2015-16-yillarda ham eshitardim. MTM (More than music) nomli leybli ham bo‘lardi. Noumo bilan birga aytgan treklari hali hamon pleylistdan tushmaydi.

So‘nggi yillarda esa Konsta ijodini yangi darajaga olib chiqdi va hamon progressda davom etyapti. Nega uning qo‘shiqlari juda tez o‘z tinglovchisiga yetib boryapti va yoqyapti? Atrofga nazar soladigan bo‘lsak, uning tinglovchilari asosan yoshlar. Reperning treklarida esa aynan ularning ichida qolayotgan, kattalarga yetkaza olmayotgan gaplari, tug‘yon urayotgan olovlar mavjud. Bu esa yoshlarga yoqishi, tabiiy. Ular ham o‘zini kimdir tinglashini, eshitishini, ular ham ko‘p narsaga qodir ekanligini ko‘rsatishni, rivojlanishga va rivojlantirishga hissa qo‘sha olishini isbotlashga tayyor. Konsta esa aynan insonlarning dardini tushuna olgan.

Uning treklarini eshitar ekanman, bir paytlar o‘qiganim, Selinjerning “Javdarzordagi xaloskor” asari yodimga tushaveradi. Asardagi bosh qahramon Holden Kolfild o‘smir yoshlarning “ovoziga” aylangan. Ular qahramon bilan o‘zlarini bog‘lashadi, ich-ichlaridan uning xatti-harakatlariga qo’shilishadi, hech kimga ayta olmaydigan sirlarini Holdenda ko’rishadi. Kolfild o‘smirlarning baralla aytolmayotgan gaplarini bemalol aytaveradi, ularning ichidagi gapini tashqariga chiqarib beraveradi. Shu tomonlama ham asar ko‘pchilikning sevimlisiga aylangan.

Xulosa qilib aytmoqchimanki, inson o‘zi aytolmayotgan gaplarini, ichdagi sirlarini ayta oladigan “ovoz” qidiradi. Aynan o‘sha “ovoz” bo‘ladiganlar esa doim qadrli bo‘ladi.

@marufjonblogi
Telegram`da foydali va qiziqarli kanallar tobora ko'payib bormoqda. Bugun biz sizning e'tiboringizga adabiyot va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi eng sara kanallarni havola etamiz.

Barcha kanallarga a'zo bo‘lish uchun havolani BOSING!
#hobbit

- Nega qaytib kelding?

- Sen menga ishonmaysan, bilaman. Doim shunaqa bo'lgan. Haqsan, tez-tez uyimni eslayman. Kitoblarimni sog'inaman. Kreslo va bog'imni ham. Ha, mening joyim o'sha yerda. Bu - mening uyim. Axir, sizlarda u yo'q, shuning uchun qaytib keldim. Uy. Uni sizdan tortib olishgan. Va men sizlarga uni qaytarishga yordam beraman.

©

@marufjonblogi
Shahar shovqini. Shaharning tungi atmosferasi juda chiroyli. Kimdir ishdan uyga shoshgan, kimdir oilasi bilan sayrga chiqqan, yana kimdir esa shunchaki atrofga qarab, manzarani tomosha qilyapti. Muhimi, hamma yashayapti.

Aytgancha, mana shu kitob mutolaada. Sal qo‘polroq, ochiqroq tilda yozilgan. Lekin unga yozilgan izohlarning deyarli 90 foizi ijobiy.

Sizda-chi? Qaysi kitob o‘qilish jarayonida?

@marufjonblogi
Ma'rufjon Blogi
Mana shu kinoni kimdir ko'rganmi? https://youtu.be/Riv0JETfMrU?si=VZpYdEm-MpG4xhXH
Buni nega so‘radim. Ushbu film aslida Endi Veyerning “Marslik” degan kitobi asosida ishlangan. Asar kinosidan-da yaxshiroq. Endi ushbu asarni o‘zbek tilida o‘qishingiz mumkin )

Endi Veyerning “Marslik” romanini o‘tgan yili o‘zbek tiliga tarjima qilgandim. Oradan yarim yildan biroz ko‘proq vaqt o‘tib, nashrdan chiqdi. Bemalol olib, o‘qishingiz mumkin.

Kosmos haqidagi kinolar singari ushbu mavzudagi kitoblar ham o‘zimga qiziq bo‘lgani uchun tarjimaga qo‘l urgandim. Bundan o‘zim ham xursandman.

@marufjonblogi
Sarmoya books 6-do'konini ochayotgan ekan. Taklif qilishdi.

@marufjonblogi
Ziyouz.uz ishlamay qolibdi. Texnik muammo deb umid qilamiz

@marufjonblogi
Forwarded from Mutolaa blog
#beshtalik

"Mutolaa" loyihasida mavjud bolalar uchun atalgan 5 ta sarguzasht asar:

1. "Shaytonvachchaning nayranglari" - Erkin Malik

Bu asar o'zbek adabiyotining mashhur mualliflaridan biri Erkin Malik qalamiga mansub. Asar bolalar va o‘smirlar hayotiga oid voqealarni aks ettiradi. Unda asosiy qahramonning turli xil shaytonvachchaning nayranglariga uchib qolishi va o‘zini bu vaziyatlardan qanday olib chiqish haqidagi hikoyalari keltirilgan. Asar qiziqarli voqealarga boy va o‘tkir satirik uslubda yozilgan.

2. "Tom Soyerning sarguzashtlari" - Mark Tven

"Tom Soyerning sarguzashtlari" amerikalik yozuvchi Mark Tven tomonidan 1876-yilda yozilgan. Asar Missisipi daryosi bo‘yida joylashgan kichik qishloqda yashovchi yosh bola Tom Soyerning hayoti va sarguzashtlarini hikoya qiladi. "Tom Soyerning sarguzashtlari" bolalar adabiyotining klassik asarlaridan biri hisoblanadi. Asar nafaqat bolalar uchun qiziqarli va hayajonli, balki kattalar uchun ham nostalgik va ma'nodor o'qishlidir. Mark Tvenning o‘ziga xos uslubi va qahramonlarning yorqin tasviri bu asarni adabiyot ixlosmandlari orasida sevimli kitobga aylantirgan.

3. "Gulliverning sayohatlari" - Jonatan Svift

"Gulliverning sayohatlari" ingliz yozuvchisi Jonatan Svift tomonidan 1726-yilda nashr etilgan satirik romandir. Asar to‘rt qismdan iborat bo‘lib, unda Lemuel Gulliverning turli ekzotik mamlakatlarga sayohatlari tasvirlangan. Asarda jamiyatning turli nuqsonlari o'ta tanqidiy ko'rinishda tasvirlangan. Asar, ayniqsa, o‘z davridagi siyosiy va ijtimoiy tuzumni tanqid qiluvchi satirik asar sifatida mashhur.

4. "O'n besh yoshli kapitan" - Jyul Vern

"O'n besh yoshli kapitan" fransuz yozuvchisi Jyul Vern tomonidan 1878-yilda yozilgan. Asar yosh qahramon Dik Send va uning ekipajining sarguzashtlarini tasvirlaydi. Asarda jasorat, mas'uliyat, do'stlik va insoniy qadr-qimmat kabi mavzular yoritiladi. Asar o‘quvchilarga qiyinchiliklarga qaramay, o‘z yo‘lida qat'iyat bilan harakat qilishni o‘rgatadi.

5. "Bilmasvoyning sarguzashtlari" - Nikolay Nosov

Nikolay Nosovning "Bilmasvoyning sarguzashtlari" asari bolalar adabiyotining durdona asarlaridan biri hisoblanadi. Unda Bilmasvoy nomli qahramonning turli sarguzashtlari hikoya qilinadi. Asar bolalar uchun yozilgan bo‘lsa-da, unda kattalar uchun ham ibratli saboqlar mavjud. Bilmasvoy va uning do‘stlarining qiziqarli va o‘rgatuvchi hikoyalari bolalar qalbini zabt etadi.

mutolaablogs
Har safar YouTube'ga kirganimda shu kanal oldida vijdonim bir qiynalib o'tadi. So'nggi videoni 1 yil oldin qo'ygan ekanman. Boshqa ishlar bilan bo'lib, sevimli hobbiyimga vaqt ajratmay qo'ydim.

Shuni qaytarishim kerak. Kitob haqidagi videokontentga qiziquvchilar ko'pmi?
Ba'zi narsalar borki, ongimizda o'rnashib qolgach, u haqidagi fikrlarimiz o'zgarishi qiyin kechadi. Masalan, hindlar faqat muhabbat haqida kino olishadi (aslida ularda ko'rishga arziydigan boshqa mavzudagi filmlar bisyor), turklar faqat serial ishlashadi (turklarda zanglab qolishiga sal qolgan miyani o'ylashga majburlaydigan kinolari ham bor), Paulo Koelo foydasiz narsalar yozadi ("Alef"da pichoqqa ilinadigan narsalar bor), o'qituvchi doimo haq (faktlar bilan xatolarni keltiradigan talabalar bor). Bunday misollarni ko'plab keltirish mumkin.

Qolipga solingan tarzda fikrlaydiganlarni bu qolipidan chiqarish juda mushkul vazifa. Hozirgi kunda, ayniqsa, insonlarning o'ziga nisbatan bahosi oshib ketgan davrda ularga ba'zi jabhalarda nohaq ekanligini uqtirish qiyin vazifa.

Shuning uchun miyani oziqlantirib turish lozim. Zanglab qolishni oldini olishga kitob "moy" vazifasini o'taydi. Ana shunda "2 karra 2 = 5 bo'ladi, tamom" deb keskin o'zmasdan, balki to'rt bo'lar degan o'y ham xayolga keladi.

@marufjonblogi
Oxirgi paytlarda qog‘oz ko‘rinishidagi kitoblar mutolaasidan ko‘ra audio formatdagi roman yoki hikoyalarni ko‘proq eshitayotgan ekanman. Albatta, qog‘oz kitobga yetmaydi, lekin asosan ishga borishda, ko‘chada yurganda vaqtdan unumli foydalanishga audioformatdagi kitoblar ancha qo‘l kelyapti.

Hozir sizlarga uncha katta bo‘lmagan, lekin eshitsangiz mazza qiladigan, kattaroq xulosa olishga undaydigan ba’zi hikoyalarni tavsiya etib ketaman:

Aziz Nesin. “Adabiyotsevar”. Hikoyani eshitar ekanman, Aziz Nesinning satirasiga yana bir bor qoyil qoldim. U hozirgi kunda bizda ham avj olgan “kitobxon”lar yuziga oyna tutadi.

https://www.youtube.com/watch?v=tV1Ja1FRvLg

Murod Muhammad Do‘st. “Darvoza yonidagi it”. Madina Musayeva tomonidan o‘qilgan ushbu audiohikoya ham meni anchagina o‘yga toldirdi. Juda og‘ir hikoya.

https://www.youtube.com/watch?v=ALafe24LsPQ

Arkadiy Averchenko. “So‘qirlar”. Bu hikoya esa birov birovning o‘rnida bo‘lib ko‘rmaguncha u his qilayotgan narsalarni tushunmasligi, ba’zan odamlarga qilmoqchi bo‘lgan yaxshiliging o‘sha insongacha boshqacha tarzda yetib borishiga sababchi bo‘lishi haqida. Juda qiziq va o‘ylashga undaydigan hikoya.

https://www.youtube.com/watch?v=eA2XxLfRI-E

Agar sizda ham shunga o‘xshash hikoyalar tavsiyasi bo‘ladigan bo‘lsa, marhamat.

@marufjonblogi
HTML Embed Code:
2024/06/07 20:52:56
Back to Top