TG Telegram Group Link
Channel: Manaviyat.edu.uz
Back to Bottom
Adiblar xiyobonida katta bayram tantanasi bo‘lib o‘tmoqda!

🔹Ayni damda xiyobonda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, Yunus Rajabiy nomidagi Milliy musiqa va san’ati instituti hamda Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati institutlarining “Hamid Olimjon baxt va shodlik kuychisi” nomli hisobot konsert dasturi bo‘lib o‘tmoqda.

🎙 Hisobot konsert dasturi davomida iqtidorli talabalardan tashkil topgan orkestr va ansambllarning jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlari, Respublikadagi tanlov g‘oliblari ijrosidagi taronalar bilan bir qatorda elimiz ardog‘idagi san’atkorlar, O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova ijrosidagi she‘riy chiqish, yana bir zabardast o‘zbek san’atining tirik afsonasi, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov ijrosidagi taronalar taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Barcha poytaxtimizdagi talaba-yoshlarni xiyobonga taklif qilamiz, kelganingizga aniq afsuslanmaysiz!

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#adiblar_xiyoboni

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talaba-yoshlari ishtirokida Adiblar xiyobonida sportning stol tennisi, shaxmat, shashka, armrestling, tosh ko‘tarish, arqon tortish musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Karaoke” ko‘ngilochar musiqiy bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Yuqori saviya va kayfiyatda tashkil etilgan mazkur tadbirda 250 nafardan ortiq talaba-yoshlar faol ishtirok etdi.

Tadbir so‘ngida bellashuvlarda yuqori o‘rinlarni egallagan jamoalar va talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bugun 16-may haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🇺🇳 BMT – Xalqaro birgalikda tinch-totuv hayot kechirish kuni.
🇺🇳 BMT (YUNESKO) – Xalqaro yorug’lik kuni.
🌎 Xalqaro biograflar kuni.
🇮🇶 Iroq – Birodarlik qabrlari kuni.
🇵🇱 Polsha – Chegarachilar kuni.
🇲🇾 Malayziya – O‘qituvchilar kuni.

#voqealar
🔸Sankt-Peterburg shahriga asos solindi (1703).
🔸Qirolicha Yelizaveta Petrovnaning farmoni bilan Rossiya imperiyasida o‘lim jazosi bekor qilindi (1744).
🔸Germaniyada, Berlinning bir chetidan dunyodagi birinchi elektr tramvay o‘tdi. Ark va simli model keyinchalik – 1890-yilda paydo bo'ldi (1881).
🔸Hollywood Roosevelt mehmonxonasida birinchi marta Oskar mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi (1929) .
🔸Yaponiyalik alpinist Junko Tabi Everest cho‘qqisiga chiqqan birinchi ayol alpinist nomini qo‘lga kiritdi (1975).

#tavalludlar
🔹1718-yil: Mariya Agnezi (1799) – italyan matematik-faylasufi, matematika sohasidagi birinchi professor ayol.
🔹1763-yil: Lui Voklen (1829) – fransuz kimyogari, xrom va berilliy moddalarini ochgan.
🔹1804-yil: Elizabet Palmer Pibodi (1894) – AQShdagi birinchi bolalar bog‘chasining asoschisi.
🔹1831-yil: Edvard Xyuz (1900) – amerikalik fizik, mikrofon ixtirochisi.
🔹1930-yil: Nuriddin Shukurov (1995) – adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor.
🔹1963-yil: Fatxulla Ma’sudov (2020) – aktyor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist.
🔹1977-yil: Umid Ahmadjonov – Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti (2018-2019).

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
#milliy_qadriyatlar_sayli

Oliy ta’lim muassasalarida “Milliy qadriyatlar sayli” festivali bo'lib o'tmoqda.

Festivalda talaba-yoshlar tomonidan kurash, tosh ko‘tarish, arqon tortish, stol tennisi, shaxmat va shashka musobaqalari, zakovat intellektual o‘yini shuningdek, talabalar teatr-studiyalarining chiqishlari tashkil etilib, folklor qo‘shiqlar, milliy liboslar, hunarmandchilik buyumlari namoyish qilinmoqda.

📹 Batafsil videolavhalarda.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
HTML Embed Code:
2024/06/03 10:50:36
Back to Top