TG Telegram Group Link
Channel: Mahin's World
Back to Bottom
#nimadir

Barcha sueta, atrof, diktatorlik, ura-ura va “men zo’rman”larni emas, Kadikoyning Moda sohilida toshlarga o’tirgancha cheksiz xayol surishni istardim… IMHO

@mahinsworld
#pain

Yil o’tar, oy o’tar, umr o’tar. Lekin, O’zbekistonda arzirli kitob do’kon paydo bo’lmas. Do’kon bor-u kitob yo’q, kitob bor-u tanlov yo’q, tanlov bor-u vaqt sarflashga arziydigani yo’q.

@mahinsworld
Bir kitobni turli tarjimalari, turli xildagi muqovalar, davr/janr tanlovlari, Zamonaviy o’zbek adabiyotida xilma-xillik.! Hech biri yo’q. Quruqshagan Orol dengizidan ham battar ahvoldamiz. Kitob do’konlariga borgim ham kelmay qolgan. Kirasiz, aylanish ham shart emas. Faqirlik, nochorlik, qashshoqlik bari mujassam.

@mahinsworld
Chin ma’noda havas. Keyingi yil himoya qilishga o’zimga va’da beraman. Va undan keyin o’zim istagan chet universitetlarida o’qib kelish rejamni ham sekin amalga oshirib boshlayman.

@mahinsworld
Kecha Jasurbek, Nazarbeklar bilan million soat suhbatlashdik. Booktalksni hayotga qaytarish haqida bir qarorga keldik📚.

@mahinsworld
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kim aybdor?

Qalbaki kitoblar haqida gapirganim va yozganimda baralla “xalqda pul kam, cho’ntagiga qarab oladi”, deb aytdingiz. Mana endi qalbakini originaldan ham qimmatga sotishyapti.

#shuhamkam

@mahinsworld
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuqoridagi 2 videoni Italiyadagi do’stlarim jo’natishgan. Italiya orzusi, Bella Ciao, partizanlar, ilmiy ishim. Xullas, Italiyada paydo bo’lib qolsam qaniydi🥺

@mahinsworld
#nimadir

Omadim kelganmi?
Adabiyot ustozi haqida gap o’qib qoldim twitterda. O’zimning adabiyot ustozlarim yodimga tushdi. Omadim kelganmikan, deb qoldim. Keling, gapirib beray.

Maktabda adabiyot ustozim bo’lardi. Darslarida o’tilgan muallif/asar/she’rlarni tahlil qildirardi. Muhokama qilardik. Mavzu, g’oyalarini tushuntirardi. O’zimga yaqin sinfdoshlar bilan kitob almashib o’qishni boshlaganmiz shu ustozni qiziqtirishi tufayli. Eslayman, “Jamila”, “Robinzon Kruzo” va boshqalarni o’qigandik. Kruzo juda qattiq ta’sir qilgan menga.

Kollejda 1-2 kursda ozgina sustlashgandek bo’ldi. Ammo 3-kursda O’tkir Hoshimovning rafiqalari O’lmasoy opaning darslari barini yuvib ketdi. “Sinchalak”ka o’xshatganlarini eslayman.

Universitetda 1-kursda Najmiddinovga “uchradik”. Remark, Sartr, Kamyu, Akutagava, Moem va boshqalar dunyosini ochdi. “Hamlet”da yig’laganim, “Devor”da qahramon bilan titraganimni eslayman. Har biriga yozgan taqrizlarimiz, qilgan tahlillarimizga soatlar yetmasdi.

3-kursmiz English and American lit fani. Oxirgi partada jimgina eshityapman. Shunda adabiyot quloqlarim tagida seldek oqa boshladi. Adabiyotga oshiq qilgan ustozimni uchratdim - Nargiza Mahmudova. Birga Shekspir sonneti, Poening yozganlarini yodladik, Gatsby uchun qayg’uga tushdik. Ehe qanchadan-qancha olamlarni kashf etdik. Epoxa, davr, oqimlarni farqlay boshladik.

Magistraturada Anatoliy Stepanovichga uchradik. 20-21-asr adabiyotini tanitdilar. Birgalikda Makkarti, Baksli, Isiguro, Devid Mitchell, Pol Oster va boshqalarni o’qidik. Eng qizig’i biz uchun barcha asarlarni ingliz va rus tilida topib kelib berardi. O’qisak bo’ldi edi.

O’ylanib qolaman, omadim kelganmikan? Adabiyot doim chorlagani va bag’ridan qo’yib yubormaslik uchun borini berganmikan?

@mahinsworld
Tugadi📍
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Oʻzbekistonda ayol-qizlarni azaliy “ayol” qolipida emas, butun bir inson, shaxs sifatida yashashiga yordam beradigan qonun qabul qilinganiga 1 yil toʻldi.

Shu 1 yil ichida nimalar boʻldi, qonun qanchalar amalda natija berdi degan savollarni chetga surib turaylik-da, hozir bu qonun bizga, oʻzbek jamiyatidagi ayollarga nimalarni asoslab berganini eslaylik:

— Eng ogʻriqli nuqtamiz, oilaviy zoʻravonlikka nisbatan nihoyat qonuniy jazo beriladigan boʻldi;
— Ayol-qizlarni taqib qilish, shahvoniy shilqimlik va homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlaganlik uchun ham jinoiy javobgarlik belgilandi;
— Qonunga koʻra, turmush qurishga, yaqinlikka majburlash holatlari boʻlganida endi yarashtiruv komissiyasi ishga tushirilmaydi, ya’ni ayollar ortiq ham jabr koʻrib ham zulmkor bilan yashashga majburlanmaydi;
— Nafaqat jismoniy zoʻravonlik qilinganda, balki ayol-qizlarni taqib qilish holatlari boʻlganida ham himoya orderi berilishi mumkin.

Bu 2023-yilda imzolangan “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi” qonunning kichik bir qismi xolos.

Masala qonun qabul qilinishi bilan tugamaydi. Hamma gap — biz shu huquqlarimizdan foydalanishimizda, ortiq sukut saqlamasligimiz va yuqoridagi jinoyatlarni “turmush mushti”, “uyat”, “yigitchilik”, “ayolchilik” kabi yorliqlar bilan bezamasdan, oʻz nomi bilan — jinoyat deb atashni boshlashimizga bogʻliq.

Sizda huquq va imkoniyatlar bor. Shunday ekan, foydalaning. Inson kabi yashang.

@mahinsworld
Yetib keldim senga ey Majnun
Blogimda Mutolaa loyihasida faoliyat yurita boshlaganimni yozgan edim. Loyihadan ketdim. Mutolaaga omad tilayman.

Mahin
Mahin's World
Yetib keldim senga ey Majnun
#reading

Biz-chi? Biz nomardmiz: o’zgalar gunohini ovoza qilish orqali o’zimizning pokroq, halolroq, olijanobroq ekanligimizni namoyish qilmoq bo’lamiz; biz munofiqmiz - arzon obro’, soxta shuhratga o’chmiz, o’z tubanligimiz, maydaligimizni ichdan teran his qilib tursak-da yuksaklik, yiriklik niqobida yurishga jirkanmaymiz.

“Majnun”

@mahinsworld
#nimadir

Siz qandayligingizni yolg’izgina U biladi, bandasi emas. Shu sabab boshqalarga emas sizning qanday insonligizni baholash.

@mahinsworld
Esingizdami Olotdagi kutubxona uchun kitob yig’ganimiz? Endi Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tuman uchun harakat qilamizmi?

@mahinsworld
#nimadir

Har bahor oxiri, yozda lagerni eslay boshlayman. Qandaydir bir odatga kirgan, tushunarsiz. 4 yil lagerda vajataya (yetakchi) bo’lib ishlaganman. Lager eshigidan kirganimda direktorning o’zi kutib olganlar. Rahmatli Ismat akaning nurli yuzlari, har birimizga alohida e’tibor bilan qarashlarini haligacha esdan chiqara olmayman. U inson biz uchun boshliq emas, balki otamiz - liderimiz edilar.

Ishimiz yengil emasdi. Doimiy aktiv bo’lish, kreativlik talab qilardi. Turli tadbirlar, yig’inlar bizni tez qaror qabul qilish va chaqqon bo’lishga undardi. Lagerimiz hududi juda katta, bir yeridan ikkinchi nuqtasigacha tez yetib olishingiz uchun anchagina mehnat sarflashingiz kerak bo’lardi. Qisqa qilib aytganda biz uchun katta hayot maktabi rolini bajargan.

Ishimiz og’ir bo’lishiga qaramay doim bahor kelishi bilan jomadonlarimizni taxlardik. Adrenalin, barchamizning teng ekanimiz chorlardi bizni. Ayniqsa ochilish va yopilish marosimlarida “Yalla” ashulasiga baralla o’ynaganlarimizni eslayman.

Balki gaplarim erish tuyilar, balki kitob o’qib miyasi suyilgan, o’zga olamda yashaydi, hozirgi hayot tempi va reallikka tusholmaydi, deb o’ylarsiz. Aslo! Hech birini kitobga aloqasi yo’q. Umuman olganda o’zimni ortiq kitobxon ham sanamay qo’yganman. Sababi juda injiq tarzda kitob tanlaydigan odat chiqardim.

Doim qaytarganimdek - jigarlar bizdan faqatgina hislar qoladi. Bari bekor. Bari sarob.

@mahinsworld
HTML Embed Code:
2024/06/08 02:37:32
Back to Top