TG Telegram Group Link
Channel: •foydalar
Back to Bottom
Ba'zan aytadigan gaplarimga o'zim ishonmayman
Forwarded from Asadulloh Azam
•Seni har narsada ko'raman-u, Seni biror narsada ko'rmayman...Seni biror narsadek ham ko'rmayman.

- Asadulloh Azam
Robbim jumlamizni nafsga og'ir keladigan imtihonlarga qarshi g'olib aylasin
nafs
•foydalar
nafs
`Uni zabt qildim deyolmassan
O'zingni tez yo'qotib, yillab izlab topyapsan va yana juda tez yo'qotyapsan.
Bandalarni bir-birlariga begonaliklari Robbilaridan begonaliklari, agar qalblari Robbilariga oshno bo'lganda, bir-birlariga oshno bo'lardilar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kirish | Mustarshidiyn |...
Shayx Husayn Buxoriy
Foydalar:

- Din asosiy 3ta katta mavzudan iborat: islom, iymon, ehson
Islom - fiqh
Iymon - aqida
Ehson - tazkiya/tasavvuf
(12:03)
- inson faqat tanadan iborat emas, balki unda ruh/jon bor. O'sha ruhda tuyg'u (hislar) va aql yuritish qobiliyati quvvati bor. (12:57)
- islom "to'la taslim bo'lish" degani. Banda Alloh subhanahu va taoloning amrlariga to'la taslim bo'lsa, shu odam musulmon. (14:59)
- iymon "ishonish, tasdiqlash, rost deb bilish" (15:12)
- ehson "bir narsani go'zal suratda bajarish" (15:18)
- islom (fiqh) va iymon (aqida) mukammal ado etilishi uchun ehson sifati (Allohni ko'rib turgandek ibodat qilish) bo'lishi kerak. (15:43)
- Alloh sajdaga nega buyurgan?
Yuzni yerga qo'yishdan maqsad; "Allohga taslimiyatni, uni ulug'lashni izhor qilish" (20:58)
- Butun vujud nega qiblaga yuzlanishi kerak?
Inson butun borlig'i bilan Alloh taologa yuzlanganini ifoda qilish uchun (22:04)
- Agar ibodatlar asli mazmunini yo'qotsa, samara bermaydi.
•foydalar
Shayx Husayn Buxoriy – Kirish | Mustarshidiyn |...
- Rosullulloh sollallohu alayhi va sallam bir chiroq edilar, olamni yoritib turgan. Vafot etdilar-u, olam zimiston bo'ldi. (27:03)
- ilm ma'lumot tashish, ko'p gapirish emas.
- Jala quygan mahal chelakni teskari o'girilsa, unga suv to'planmaydi. Agar u to'g'ri holda turgan bo'lsa, unga suv to'planadi. Qalb teskari bo'lsa ham ta'sir olmaydi. (35:48)
- Imom Muhosibiy vafotlaridan oldin bemor yotganlarida: "Agar o'limim oldida tabassum qilsam, agar menga men istagan narsa ko'rsatilsa, bir tabassum qilaman. Unday bo'lmasa, tabassum qilmayman" deganlar. (Jon achchig'i oson kechishi uchun Alloh taolo ba'zi bandalari o'limi oldidan borar joyini ko'rsatadi) (36:32) Alloh bizga ham shunday yakunni nasib qiladigan o'ziga yaqin bandalaridan qilsin, amin
- "Ma'rifat - Allohni tanish". Ma'rifat Allohning bandalari ustidagi haqqi bo'lsa, Alloh Qodir zot, haqqini undirib oladi (ya'ni o'zini-o'zi tanitib oladi). Agar ma'rifat bandalarning Allohning zimmasidagi haqqi bo'lsa, Alloh bandalarining haqqini poymol qiladigan adolatsiz emas, ma'rifatini o'zi ularga joylaydi. (39:49)
- Banda agar o'zi hidoyatni istamasa, unga Payg'ambar ham nasihat qilib, hidoyatni berolmaydi. (41:51)
- Modom kishi hidoyatni o'zi qalbidan xohlamas ekan, unga Alloh naf bermaydi. (42:57)
- Qaysi bir ishki, Allohning ismi bilan boshlanmasa, orqasi kesikdir. (Noqis) (43:41)
- Ism - atalmishga dalolat qiladi.
Allohning ismi bilan boshlagin degani, Allohning zikri bilan degani. Zikr - mutloq Allohning ismi.
Rasuli Akram alayhissolatu va sallam aytganlarki: "Dunyoning hammasi rahmatdan (inoyat) uzilgandir illo Allohning zikri va ilm bundan mustasno". (44:43)
- Ismi Jalola Alloh subhanahu va taolodan boshqaga qo'llanilmaydi. (46:12)
- Iloh, Rob, tangri, Xudo so'zlari boshqa ma'nolarda ishlashi mumkin, Alloh taolo o'z kalomida, but-sanamlarga iloh(oliha) so'zini ishlatgan.
Ammo Alloh ismi Allohdan boshqa uchun ishlatilmaydi.
(47:08)
- Alloh bandalarini o'zini zikri uchun yaratgan.
©Jaloliddin Rumiy (51:10)
- Alloh ismini ko'p aytish insonni qalbini, axloqini poklaydi. (51:45)
- Allohning oshiqlarini tanalari chirimaydi. (52:02)
- Alloh taoloning azamatini his qilgan holatda "Alloh, Alloh" deb qalbda ko'p aytgan kishi gunohlardan oson to'xtaydi. (52:41)
- Rohman va Rohiym ham bir o'zakdan olingan, "رحم"
Insonlarda "rahmat" qalbning yumshashi, dilning yumshashi deb bilinadi. Ammo Alloh taoloda unday emas, chunki Alloh maxluqlarga o'xshamaydi. "Rahmat"ining kayfiyatini bilmaymiz, Alloh o'zi biladi. Lekin uning "Rahmati" borligiga iymon keltiramiz. "Rahmat"ni biz natijalaridan, alomatlaridan, samaralaridan bilamiz. Rahmati samaralaridan: "Rahm-shavqat ko'rsatishi, mehribonlik qilishi, kechirishi, ne'mat berishi, yaxshiliklar berishi, e'tibor berishi, inoyat ko'rsatishi"
Alloh subhanahu va taoloning "Rahmat"i butun butun borliqni qurshagan bo'ladi. "Rohman" va "Rohiym" ismi ham rahmlilikka dalolat qiladi. Lekin kalima qurilishida bir-biridan bir oz farq qiladi. (53:20)
Farqlari:
رحمان - فعلان

"فعلان"
- bu vazn mubolag'ani bildiradi.
رحمان - O'ta rahmli" ma'nosida"
(Bu vazndagi so'zlar bir sababdan kelib chiqqan sifatga dalolat qiladi, masalan: "och - جوعان" ovqatsizlikdan kelib chiqadi, "chanqagan - عطشان" suvsizlikdan kelib chiqadi) - 55:36

"Rohman" sifati rahmatga haqdorlarga rahm qilishidir.

إِنَّ رَحْمَتَ ٱللَّهِ قَرِيبٌۭ مِّنَ ٱلْمُحْسِنِينَ
"Albatta Allohning rahmati (yaxshilik qilganlarga, ehson egalariga) muhsinlarga yaqindir" (56:17)
- ularda Allohning rahmatini jalb qilivchi sabab bor. "Rohman" ismi Allohning rahm qilishiga haqli bo'lgan kishilarga rahm qilishidan iboratdir. (56:31)

رحيم - فعيل
- "surunkali rahmli"
Alloh - sababsiz ham doimiy rahm qiluvchi
•foydalar
Shayx Husayn Buxoriy – Kirish | Mustarshidiyn |...
- Alloh Qur'oni Kariymni "بِسْمِ ٱللَّهِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ٱلرَّحِيمِ" bilan boshlagan. U bilan boshlash Allohning sunnatidir. Nega aynan bu so'z bilan boshlangan? "Bandalarga umid baxsh etish uchun, Rahmati g'olib ekanini ko'rsatish uchun va bandalarga o'zining yaqinligini bildirish uchun, ularni o'ziga tortish uchun"  (57:36)
- Alloh taoloning ism sifatlarini ulamolar ikkiga bo'lishgan: jaloliy sifatlar, jamoliy sifatlar.
Qaysi sifatlariki bandalariga kenglik, yengillik olib kelsa, uni "jamoliy" sifatlar deyiladi. Qaysi sifatlariki Allohni quvvatini, shiddatini, ulug'ligini, haybatini ko'rsatsa,  bandalarni Allohning oldida ojizligini isbotlaydigan sifatlari bo'lsa, u "jaloliy" sifatlar deyiladi. "Rohman" va "Rohiym" jamoliy sifatlardan.(58:53)

حمد - مدح
Ushbu ikki so'z ham maqtov ma'nosida, iste'moldagi farqlari:
Hamd - go'zal sifatga maqtov aytish, ammo u ixtiyorsiz sifatga ishlatilinmaydi.
Madh -  u ham maqtash, lekin maqtayotgan sifat ixtiyor bilan bo'lsa ham, ixtiyorsiz bo'lsa ham, madh so'zi ishlatilinaveradi. (Umumiyga foydalaniladi) (01:02:00)
- Alloh subhanahu va taologa doim "hamd" so'zi ishlatilinadi, chunki uning sifatlari o'zinikidir, zotiydir.
(Barcha maqtovlar deyilganda, bizni tildagi barcha maqtovlar emas.  Allohning sifatlariga loyiq, ilohligiga loyiq barcha maqtovlar)
سبحان الله - Alloh barcha nuqsonlardan pok
(01:06:31)

- Alloh taoloning go'zal ismlari "ال" bilan bo'lganda, Allohga xoslanadi. Agar undan "ال" olinsa, Allohdan boshqa uchun ishlatsa bo'ladi. Masalan:
Allohga xos sifat - العزيز
عزيز - insonlarga ism sifatida foydalanish mumkin. (01:10:27)
- Alloh Qodimdir. (Yo'qlik ko'rmagan borlik) 01:14:24
- Alloh taolo zotida, sifatlarida, ishlarida yagona
- Uning ulug'ligiga olqishlar bo'lsin - جل جلاله

- …لَيْسَ كَمِثْلِهِ شَيْءٌ… 
ك -  o'xshash
مثل - o'xshash

Ikki bir xil ma'noli kalima " emas-ليس" nafiy(inkor) qilinishi sababi, "mutlaqo o'xshashi yo'q" deyish uchun.
"U zotga o'xshash hech narsa yo'qdir" (01:26:46)
- (01:29:43)
- (01:32:18) (kitobi sunnatning aqidasi)
- (01:38:19)
سبحان الله وبحمده عدد خلقه ورضا نفسه وزنة عرشه ومداد كلماته
Ustozdan: ilm birdaniga "lop" etib hosil qilinmaydi. Ilm qatra-qatra yig'ilib, hosil bo'ladi.
Sabr
Zikr
Tafakkur
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
- "g'aflat" Allohni qalbidan unutish, bir lahza qalb Allohning zikridan uzilishi
HTML Embed Code:
2024/03/29 05:45:54
Back to Top