TG Telegram Group Link
Channel: Buyuklik sirlari
Back to Bottom
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro o‘zining sehr-jozibasi bilan insonni o‘ziga maftun etadi. Negaki, ko‘p ming yillik bu tarixiy evrilishlar davrini bosib o‘tgan shaharning takrorlanmas me’moriy obidalarida o‘zgacha sehr, mahobatni ko‘rish mumkin.

***
Bukhara fascinates people with its magic. After all, one can see a special magic and magnificence in the unique architectural monuments of the city, which has gone through this period of many thousand years of historical development.

***
Бухара завораживает людей своим волшебством. Ведь в уникальных архитектурных памятниках города, пережившего этот период многотысячелетней исторической эволюции, можно увидеть особое волшебство и великолепие.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shahrisabz - O‘zbekistonning qadimiy va go‘zal shaharlaridan biri bo'lib, tarixiy markazi YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

***
Shahrisabz is one of the ancient and beautiful cities of Uzbekistan, the historical center of which is included in the UNESCO World Cultural Heritage List.

***
Шахрисабз – один из древних и красивых городов Узбекистана, исторический центр которого включен в Список Всемирного культурного наследия ЮНЕСКО.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qadimiy Xorazm mintaqalari hududlarining oʻziga xos tabiati, qadimiy aholining turmush tarzi va bu diyorda yuzaga kelgan qadimiy madaniyati bilan ajralib turadi.
Bundan tashqari bu yerda 32 ta xorijiy investitsiyali qo’shma korxona faoliyat yuritadi.

***
The regions of ancient Khorezm are distinguished by the unique nature of the territories, the lifestyle of the ancient population and the ancient culture that arose in this land.
In addition, 32 foreign-invested joint ventures operate here.

***
Районы древнего Хорезма отличаются уникальной природой территорий, образом жизни древнего населения и древней культурой, зародившейся на этой земле.
Кроме того, здесь действуют 32 совместных предприятия с иностранными инвестициями.
Siz qiyin vazifalarni qismlarga ajratishga va uni navbati bilan bajarishga odatlaning. Ishoning, bu juda samarali usuldir.

Erta turing va muhim bo’lgan ishingizni bajarishga astoydil, shiddat bilan bajarishga harakat qiling. Tongda kamida 1 soat chin dildan ishlasangiz, kun bo’yi o’zingizdan o’zingiz faxrlanib yurasiz.

👉Rasmiy sahifalarimiz:
Veb-sayt | Instagram | Telegram| YouTube | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇨🇳O‘zbekiston - Xitoy bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda

“Bir makon, bir yo‘l” – xalqaro forumi butun insoniyat taraqqiyoti uchun ulkan imkoniyatlar bergan Buyuk Ipak yo‘lining qayta tiklanishidir. Bu nafaqat savdo, balki ilm-fan va madaniyatdir. Bu haqda O‘zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasi raisi Muxtor Umarov Xitoy Xalq Respublikasining CGTN (China Global Television Network) kanali muxbiri bilan suhbat chog‘ida aytib o'tdi.


👇👇👇👇👇👇👇👇👇
https://hottg.com/uzassembly
Mahzun bo'lma! Kasal tuzaladi, musibat ketadi, gunox kechiriladi, qarz to'lanadi, mahbus ozod bo'ladi, kelajak keladi, osiy tavba qiladi, faqir boy bo'ladi.

Mahzun bo'lma ! Аxir qora bulut qanday tarqalganini, qorong'u tun nihoyasiga yetganini, kuchli shamol qanday tin olganini, bo'ron qanday to'xtaganini ko'rmadingmi? Demak, og'ir kunlarning ortidan farovonlik, kenglik va yaxshi hayot bordir.

Mahzun bo'lma ! Chunki quyuq soya quyosh alangasini o'chiradi, toza suv issiqdagi tashnalikni sovutadi, issiq non qattiq ochlikni to'ydiradi, bedor holda iztirob chekish ortida lazzatli orom bordir, dard alamlarini sog'lik lazzati ketkizur, buning uchun sen bir oz sabr qilmog'ing va bir lahza kutishing darkor.
Faqat o'zing uchun mehnat qilsang, o'z qorni g'amida o'tlagan hayvonlardan biri bo'lasan.  Insoniyat ravnaqi uchun mehnat qil.

✍️ Аbay
Hurmatli "Buyuklik sirlari" kanali obunachilari! Sizlarga shu tarzda taqdim etilayotgan materiallar ma'qul keladimi? Qanday yo'nalishda materiallar tayyorlashimni hohlaysiz?
Anonymous Poll
57%
Buyuklarning iqtiboslari
17%
Video shaklida fikrlar
26%
Matnli tarzda fikrlar
Yaxshilik ham, yomonlik ham qaytadi

Inson hayot yo'lidan faqat bir marta o'tadi. Umrimizning har bir oni g'animat. O'tayotgan har bir daqiqa o'z egasidan ma'no-mazmun so'raydi. Eng qimmat boylik – vaqtdan unumli foydalanish kerak. Inson umrining har lahzasini mazmun bilan to'ldirish, oilasi, mehribonlari, xalqi uchun yaxshiliklar qilishga intilishi lozim.

Yoshim sakson birga kirganda hayot to'g'risida chiqaradigan eng qisqa xulosam shuki, dunyoga bir marta keladigan odam ezgulik bilan umr kechirishi shart. Negaki, yomonlik qaytgani kabi yaxshilik xam kutilmagan joydan va kutilmagan odamlardan qaytadi.

Pirimqul Qodirov (1928-2010)
-  Iroda bobida suvdan o'rnak olishlaringizni istayman, -  dedi bir kuni Suqrot o'z shogirdlariga.

-  Suvning irodasi qanday bo'ladi? - deb so'rashdi shogirdlari.

- Suvning yo'lini chapdan to'ssalar, o'ngdan oqadi, o'ngdan to'ssalar, chapdan oqadi, ko'ndalangiga to'ssalar esa ko'kka yuksaladi, lekin olg'a borish istagidan hech qachon kechmaydi, -  deb javob berdi Suqrot.

Kuningiz hayrli bo'lsin!
♦️​​Miyasi mayda-chuyda orzularga to'la odamlar bilan uzoq suhbat qurmang. Ular sizning katta orzu-maqsadlaringizni cho'ktiradi.

♦️Hayotdan alamzada va norozi insonlar bilan muloqot qilmang. Undaylar sizning hayotga bo'lgan qiziqishingizni, umidingizni so'ndiradi.

♦️Juda ham ehtiyotkor va qo'rqoqlarni fikrlariga quloq solmang. Ular tufayli tavakkalga qo'l urolmaysiz.

♦️Katta orzular qiling, maqsadlar qo'ying. Unga yetish rejasini tuzing va bu yo'lda siz bilan yelkama-yelka muammolaringizni hal qiluvchi, quvonchingizga sherik bo'luvchi do'stlar orttiring!
Boshqalarga yordam berishga intiladigan odamgina muvaffaqiyatga erishadi. Faqat o'z foydasini o'ylaydiganlar esa mag'lubiyatga uchrayveradi.

Brayan Treysi
​​Go‘zal gulni, osuda kechani, durust do‘stni hamma xohlaydi. Muhimi, gulni tikani bilan, kechani asrori bilan, do‘stni dardi bilan qabul qila olmoqlikdir.
©Shams Tabriziy

Eng yaxshi narsaga ega bo'lgan odam baxtli emas, balki bor narsasini eng yaxshisi deb biladigan kishi baxtlidir.
©Konfutsiy

Hayotda inson uchun muvaffaqiyatning sirlaridan biri, qulay vaziyat kelganda undan foydalanmoqlikka tayyor turishdir.
© Aleksandr Dyuma

Ertangi rejamizni bajarishda eng katta to'siq bizning bugungi shubhalarimiz bo'lishi mumkin.
©F. Ruzvelt
#Hurmatli_kanalimiz_obunachilari!

O’zbekiston Iqtisodiyot Assambleyasining rasmiy telegram ijtimoiy tarmog’ini siz azizlarga taqdim etamiz.

Bunda siz:⤵️

🔹Jahon va O’zbekiston iqtisodiyotidagi muhim yangiliklar;
🔸Yurtimizda faoliyat olib borayotgan mahalliy tadbirkor va ishbilarmon doiralar hamda soha vakillariga oid yangiliklar;
🔹O’zbekistonga qiziqish bildirayotgan xalqaro investorlar;
🔸Amalga oshirilayotgan yirik loyihalar;
🔹Tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish uchun biznes takliflar va iqtisodiyotga oid qiziqarli faktlarni bilib borasiz.


❗️Barcha yurtimiz tadbirkorlariga kerakli maslahatlar, taklif va tavsiyalarni berishdan mamnunmiz

Bizga obuna bo’ling!
👇👇👇👇👇👇👇
https://hottg.com/+fWYr7NITGPczNDZi
https://hottg.com/+fWYr7NITGPczNDZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Umarov Muhtor blogi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kelajak avlodga qanday javob beramiz?
HTML Embed Code:
2024/04/28 18:54:58
Back to Top